Bekmirov Tolib Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onalardagi nevrotik holatlarni farzandlardagi yosh inqirozi kechishiga ta’sirining psixologik xususiyatlari», 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P573.
Ilmiy rahbar: Melibaeva Ruzaxon Nasirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ilhamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Omonova Umida Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: onalardagi nevrotik holatlarni hamda mazkur holatning farzandlardagi yosh inqirozi kechishiga ta’sirini psixologik xususiyat sifatida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onalarning faoliyat yo‘nalishiga bog‘liq nevrotik holatlarni differensial tafovutlari hamda oilaviy munosabatlardagi psixoemotsional holatning ustuvorligiga ko‘ra, ikkinchi farzandlari tug‘ulgach rasmiy tashkilotlarda ishlovchi ayollarda ma’suliyat, rollar ziddiyati nevrozni, uy bekalarida esa bo‘sh vaqt resursining ko‘pligi xavotirlanish va depressiyaning ortishi o‘rta yosh inqirozi ta’sirida kuchli ifodalanishi dalillangan;
“Ona-bola” munosabatlaridagi ziddiyatlarda nevrotik holat depressiv buzulishlarda teskari, agressiya bilan to‘g‘ri bog‘liqlik qonuniyatiga ega bo‘lib, onalar “kichik omadsiz” deb qabul qilishi farzandlardagi frustratsiya, agressiya, rigidlikni intensiv ifodalanishi onalarda xavotir darajasining ortishi fonida nevroz holatini kuchayishiga olib kelishi isbotlangan;
onalardagi nevrotik holatni yosh inqirozi kechayotgan farzandlar bilan munosabatida o‘zaro keskin psixologik distansiya o‘rnatish, intilish va ehtiyojlarini inobatga olmasligi bolalarda adovatning kuchli ifodalanishi, xavotirlanishni ortishi, oilaviy munosabatlardan qoniqish xissining pasayishi fonida namoyon bo‘lib, oila xavotir manbayi, kelishmovchiliklar maskani sifatida tilqin qilinishi asoslangan;
ona tomonidan ko‘rsatilgan xulq-atvor shakli bola tomonidan qabul qilinib, javob reaksiyasi shakllanishida xissiyotlar muvozanati buziladi va agressiv xulq-atvor, frustratsiya, rigidlik shakllanishida asosiy omil xavotirlanish hissiyoti ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Onalardagi nevrotik holatlarni farzandlardagi yosh inqirozi kechishiga ta’sirining psixologik xususiyatlarini o‘rganish orqali olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
onalarning faoliyat yo‘nalishiga bog‘liq nevrotik holatlarni differensial tafovutlari hamda oilaviy munosabatlardagi psixoemotsional holatning ustuvorligiga ko‘ra, ikkinchi farzandlari tug‘ulgach rasmiy tashkilotlarda ishlovchi ayollarda ma’suliyat, rollar ziddiyati nevrozni, uy bekalarida esa bo‘sh vaqt resursining ko‘pligi xavotirlanish va depressiyaning ortishi o‘rta yosh inqirozi ta’sirida kuchli ifodalanishi dalillanganligiga oid takliflar (“Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 16-apreldagi №01-09/1888 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oila va mahalla qumitalari orqali onalardagi nevrotik holatlarning psixologik asoslari haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi;
“Ona-bola” munosabatlaridagi ziddiyatlarda nevrotik holat depressiv buzulishlarda teskari, agressiya bilan to‘g‘ri bog‘liqlik qonuniyatiga ega bo‘lib, onalar “kichik omadsiz” deb qabul qilishi farzandlardagi frustratsiya, agressiya, rigidlikni intensiv ifodalanishi onalarda xavotir darajasining ortishi fonida nevroz holatini kuchayishiga olib kelishi isbotlanganligiga oid takliflar (“Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 16-apreldagi №01-09/1888 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak onalar va farzand tarbiyalayotgan oilalalar uchun, oila psixologlari uchun kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi;
onalardagi nevrotik holatni yosh inqirozi kechayotgan farzandlar bilan munosabatida o‘zaro keskin psixologik distansiya o‘rnatish, intilish va ehtiyojlarini inobatga olmasligi bolalarda adovatning kuchli ifodalanishi, xavotirlanishni ortishi, oilaviy munosabatlardan qoniqish xissining pasayishi fonida namoyon bo‘lib, oila xavotir manbayi, kelishmovchiliklar maskani sifatida tilqin qilinishi asoslanganligiga oid takliflar (“Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 16-apreldagi №01-09/1888 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada oilada ona-bola munosabatlarini to‘g‘ri psixologik yo‘lga qo‘yish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi;
ona tomonidan ko‘rsatilgan xulq-atvor shakli bola tomonidan qabul qilinib, javob reaksiyasi shakllanishida xissiyotlar muvozanati buziladi va agressiv xulq-atvor, frustratsiya, rigidlik shakllanishida asosiy omil xavotirlanish hissiyoti ekanligi isbotlanganligiga oid takliflar (“Oila va gender” ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 16-apreldagi №01-09/1888 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada nevroz kasalligi onalar tomonidan bolalarga psixologik ta’sirlar yordamida shakllanishi haqidagi gepotezalar ilmiy tadqiqotlarimiz asosida isbotlanib oilaviy shifokorlar va psixologlar uchun metodik tavsiyalar berildi.