Rashidov Niyoz Nizom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Choch va Ustrushona tog‘li hududlari o‘rta asr aholisi jismoniy xususiyatlari», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar785
Ilmiy rahbar: Maqsudov Farhod Alijonovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, 01/10.01.2024. Tar. 169. 01.
Rasmiy opponentlar: Raimqulov Abdusabur Azzamovich, tarix fanlari doktori; Mustafoqulov Samariddin Istatpulatovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Arxeologik qazishmalar jarayonida qo‘lga kiritilgan antropologik topilmalarni zamonaviy bioarxeologik yondashuvlar bilan tadqiq qilish, aholining o‘z davri va yashash sharoitlari uchun xos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, turmush tarzidagi o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Ilk o‘rta asrlarda Evrosiyo ko‘lamida sodir bo‘lgan migratsiyalar natijasida G‘arbiy Tangritog‘ chorvador aholisi kraniometrik xususiyatlarining o‘zgargani yuz skeleti yassiligi indeksining IV-V asrlarga tegishli So‘ngak-1 bosqichi individlarida past ko‘rsatkichi (-7,71), VII-VIII asrlarga tegishli So‘ngak-2 bosqichi individlarida esa yuqori (36,34) ko‘rsatkichi kabi farqlar asosida isbotlandi;
- Ilk va rivojlangan o‘rta asrlar tog‘li Ustrushona aholisining ko‘chmanchilikdan o‘troq turmush tarziga o‘tishi jarayoni natijasida Toshbuloqning voyaga etgan individlarida karies (68,8%), hayotligida tish tushishi (83,3%), abssess (69,6%), tish toshi to‘planishi (100%), periodontit (84,6%) kabi og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalarining yuqori darajali ko‘rsatkichlari asosida isbotlandi;
- Ilk va rivojlangan o‘rta asrlar tog‘li Ustrushona aholisi o‘rtasidagi ozuqa taqsimotida tengsizlik (erkaklarning ayollar va bolalarga nisbatan ustuvorligi) porotik giperostozning erkaklarda 0%, ayollarda 12,5%, bolalarda 15,4% hamda tish emali gipoplaziyasining erkaklarda 25%, ayollarda 53,3%, bolalarda 55,6% kabi “stress-marker” ko‘rsatkichlari asosida isbotlandi;
- Ilk va rivojlangan o‘rta asrlar G‘arbiy Tangritog‘ (So‘ngak) va tog‘li Ustrushona (Toshbuloq) aholisining kundalik turmushida ot minish muhim o‘rin egallagani individlarda kuzatilgan chanoq-son mushaklari enteziti, quymuch kosaning vertikal ovalizatsiyasi, Puarre fasetkasi mavjudligi va Shmorli tugunlarining mavjudligi kabi “otliq sindromi” ko‘rsatkichlari asosida isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Choch va Ustrushona tog‘li hududlari o‘rta asr aholisining jismoniy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
So‘ngak qabristoni topilmalarining kraniometriya ma’lumotlari va Toshbuloq qabristoni antropologik ma’lumotlari asosida qilingan ilmiy yangiliklari Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida, Samarqand shahar tarixi muzeyida joriy etilishi O‘rta Osiyo hududlarida yashagan qadimgi ajdodlarimizning turmush tarzi, xo‘jaligi, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga yangi ma’lumotlar berishda hamda yoshlarni vatanparvarlik, o‘tmish, tarix va ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalashda xizmat qildi (Madaniy meros agentligining 2024-yil 30-iyul 04-07/2840-sonli ma’lumotnomasi). Shuningdek, muzey ekskursovka matnlariga ham kiritilgan. Bu bilan muzeyga tashrif buyurganlarga O‘rta Osiyo hududidagi migratsion jarayonlarning aholi jismoniy antropologiyasi va turmush tarziga ta’sirlari tushuntirilgan.
Tadqiqot natijalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Samarqand arxeologiya instituti tarixi” ko‘rsatuv ssenariylarini tayyorlashda So‘ngak va Toshbuloq yodgorliklari bioarxeologiyasi – shu vaqtgacha olib borilgan jismoniy antropologiya izlanishlar, So‘ngak va Toshbuloq qabristoni materiallari kraniometriyasi, Toshbuloq yodgorligining aholisi turmush-tarzi va iqtisodiy holatini bioarxeologik jihatdan tahlili, O‘rta Osiyoda otlardan transport vositasi sifatida foydalanish haqidagi muhim xulosalaridan ma’lumot sifatida foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi” ning 2024-yil 6-sentyabrdagi 02.31-988-sonli ma’lumotnomasi). Kishilarning yashash sharoitlari va jismoniy faolliklari natijasida kelib chiquvchi suyaklardagi belgilar va paleopatologik xulosalar bo‘yicha yangi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilgan.