Kasparov Armen Radionovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sopolli madaniyati nekropollaridagi dafn etish urf-odatlarini veda va avesto manbalar bilan tasdiqlash», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar934
Ilmiy rahbar: Avanesova Nina Armaisovna, tarix fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, 01/10.01.2024. Tar. 169. 01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, akademik; Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Jarqo‘ton 4V, Bo‘ston VII va Bo‘ston VI qabristonlari misolida Sopolli madaniyatining dafn va boshqa diniy marosimlarini Veda va Avesto manbalaridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash hamda arxeologik ma’lumotlarni qadimgi manbalarda qayd etilgan hind-oriy an’analari bilan o‘zaro taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ilk marta Sopolli madaniyati dafn marosimlarini Veda va Avestoning Videvdat matnlari bilan o‘zaro taqqoslagan holda o‘rganish mumkinligi asoslandi;
Jarqo‘ton 4V, Bo‘ston VII va Bo‘ston VI qabristonlari materiallari asosida ikkilamchi, fraksion dafn etish va kremasiya, shuningdek, hayvonlar va loydan yasalgan buyumlar dafn etilgan qabrlarni Veda va Avestoning mifologik va marosim tasvirlarida uchraydigan holatlarga mos kelishi ilmiy isbotlangan;
protozardushtiylik an'analaridagi dafn marosimining asosiy elementlari va mafkuraviy o‘zgarishlarda Evrosiyo dashtlari oriy qabilalarining roli isbotlangan;
o‘rganilgan ashyolar, dafn va ritual-marosim aktlari asosida Shimoliy Baqtriya hududi veda madaniyati shakllangan mintaqa doirasiga kiritildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqoti natijalari mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida Baqtriyada sodir bo‘lgan mafkuraviy jarayonlar va yangi dafn marosimlarining shakllanishi haqida ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 637 ta obekt to‘liq o‘rganilib, ular asosida dafn marosimlari va marosim rituallarining rang-barangligini hisobga olgan holda to‘liq axborot bazasi yaratildi. Hind-Oriyo yozma an'analariga asoslanib, marhumning jasadini munosabat ko‘rinishlari talqin qilindi. Ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston respublikasi davlat tarix va madaniyat muzeyida joriy etilishi Sopolli madaniyati aholisining dafn marosimlari va moddiy madaniyati haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga zarur ma’lumotlarni berishda xizmat qilmoqda. (2024-yil 12-iyun 04.05/2246-sonli ma’lumotnoma).
Dissertatsiya tadqiqoti natijalarini amaliyotga tatbiq etish “OLTIN MEROS” xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilmoqda. Sopolli madniyatidagi dafn marosimlarini qadimgi yozma manbalar bilan qiyoslashshning nazariy va uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilib, ushbu tadqiqotni olib borishda ahamiyati, tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan ma’lumotlar ilmiyligi ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekiston hududidagi Sopolli madaniyati yodgorliklarining Vedalar va Avesto bilan tasdiqlangan arxeologik materiallariga asoslanib, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning ikkinchi yarmida Evroosiyo chorvador jamoalarining Shimoliy Baqtriyaga ko‘chishi va o‘troq dehqon jamolari bilan integratsiyasi sodir bo‘lganligi isbotlangan. (2024-yil 29-mart 01-20/1-29-03-24-sonli ma’lumotnoma).