Xodjaev Shoxrux Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Odillik prinsipining jinoyat qonuni normalariga tatbiq etilishi (nazariy va amaliy jihatlar)”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1482.
Ilmiy rahbar: Xolikulov Umid Shodievich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Xujakulov Siyovush Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlar instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi odillik prinsipining jinoyat qonuni normalariga tatbiq etilishini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat qonuni normalariga odillik prinsipini tatbiq etish zaruriyati jinoiy javobgarlikni aniq va asosli belgilash talabidan kelib chiqqani bois, Jinoyat kodeksining 248-moddasi birinchi qismi dispozisiyasida tegishli lisenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish kabi alohida harakatlarga ajratib chiqish zarurati asoslab berilgan;
jinoyat qonuni normalariga odillik prinsipini tatbiq etish zaruriyati jinoyat va jazo o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash hamda adolat mezonlariga muvofiq huquqiy tartibni mustahkamlash talabidan kelib chiqqani bois, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tajovuz qilganlik hamda o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyati uchun jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda suiqasd qilganlik uchun jazoning miqdori yoki muddati Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi haqidagi qoidaning qo‘llanilmasligi lozimligi isbotlangan;
Jinoyat qonuni normalariga odillik prinsipini tatbiq etish zaruriyati jinoiy huquqning fundamental asoslarini mustahkamlash hamda jazoning adolatli va differensiatsiyalangan tarzda qo‘llanilishini ta’minlash talabidan kelib chiqqani bois, O‘zbekiston Respublikasi JK 5-moddasida belgilangan fuqarolarni qonun oldida tengilgi prinsipini, ushbu prinsip aslida odillik prinsipining tarkibi hisoblanganligi sababli JKdan chiqarish asoslab berilgan.
Jinoyat qonuni normalariga odillik prinsipini tatbiq etish zaruriyati jinoiy javobgarlikni shaxsiy aybdorlik tamoyili asosida belgilash va ijtimoiy xavfli qilmish uchun javobgarlikni aniqlashtirishni talab etgani bois, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida odillik prinsipini “Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi” mazmunidagi qoidani kiritish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
JK 248-moddasining birinchi qismi dispozisiyasini tegishli lisenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, ta’mirlash, olish, saqlash, olib yurish, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, ulardan foydalanish degan tahrirda bayon qilish to‘g‘risidagi takliflardan 2022-yil 31-maydagi
O‘RQ-772–son “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun 2-moddasining 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01/Q-08 – 63-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi JKning 248-moddasi birinchi qismi dispozisiyasida noqonuniy harakatlarning aniq ajratilishiga va jazo tayinlashda sudlar faoliyatida odillik prinsipiga rioya etilishida huquqiy asos yaratgan;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish, voyaga etmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik maxsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik uchun jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda suiqasd qilganlik uchun jazoning miqdori yoki muddati ushbu JK Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi haqidagi qoidaning qo‘llanilmasligi haqidagi takliflardan 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829–son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun”ning 3-moddasi 2-bandi (JKning 58-moddasi moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan o‘zgartirishlar)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01/Q-08 – 63-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi voyaga etmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikning odilligini ta’minlashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi JK 5-moddasida belgilangan fuqarolarni qonun oldida tengilgi prinsipini, ushbu prinsip aslida odillik prinsipining tarkibi hisoblanganligi sababli JKdan chiqarish haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi JKga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi matnini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01/Q-08 – 63-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sudlar tomonidan hukm chiqarilishida odillik prinispini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida belgilangan odillik prinsipini “Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi” mazmunidagi qoidani kiritish borasidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi JKga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01/Q-08 – 63-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sudlar tomonidan hukm chiqarilishida odillik prinispini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.