Bilolov Abbosbek Bilolovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritishda ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo‘llash tartibini takomillashtirish”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1090.
Ilmiy rahbar: Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlar bo‘yicha doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Saidov Baxrom Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qo‘shaev Nurali Maxmudovich, yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat prosessida ushlab turishning 
jinoyat-protsessual tartiblarini takomillashtirishga qaratilgan taklif 
va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida rag‘batlantiruvchi normalarni qo‘llash doirasini yanada kengaytirish maqsadida, shaxs o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir yoki og‘ir jinoyati to‘g‘risida, u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasidan va unga ayblov e’lon qilinmasidan oldin aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilib, o‘rtantilgan tartibda murojaat qilgan holatlarda unga nisbatan ushlab turish protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmasligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarining ta’minlanishini yanada kuchaytirish maqsadida, shaxsni ushlash chog‘ida uning qonunda belgilangan huquqlarini va ushlash asoslarini unga tushunarli bo‘lgan tilda tushuntirilishi lozimligini jinoyat-protsessual qonun normalarida aks ettirish zarurati asoslantirilgan;
jinoyat prosessida shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalada bo‘lish bilan bog‘liq xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida, ushlab turish asoslarini tekshirish davomida ushlangan shaxsning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlarda yoxud ushlangan shaxs tomonidan unga nisbatan tahdidlar yoki tan jarohatlari etkazish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat qilinganida ushlangan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanishi shartligi asoslantirilgan;
ushlab turilgan shaxslarga nisbatan ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida, shaxs ushlangan vaqtda jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va prokurorlar uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yohud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart ekanligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritishda ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo‘llash tartibini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo‘llash borasidagi jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan asoslarini takomillashtirish, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan yoki og‘ir jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasidan va unga ayblov e’lon qilinmasidan oldin aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilib murojaat qilgan holatlarda unga nisbatan ushlab turish protsessual majburlov chorasi qo‘llanilmasligi masalasini amaldagi qonunchilikda aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi ikkinchi qismi bilan to‘ldirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 8-iyuldagi 3/08-112-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida rag‘batlantiruvchi normalarni qo‘llash doirasini kengaytirishga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarining ta’minlanishini yanada kuchaytirish maqsadida, shaxsni ushlash chog‘ida uning qonunda belgilangan huquqlarini va ushlash asoslarini unga tushunarli bo‘lgan tilda tushuntirilishi lozimligi masalasini amaldagi qonunchilikda aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi birinchi qismini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 8-iyuldagi 3/08-112-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo‘llash jarayonida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek fuqarolarni qiynoqqa solish, ularga shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lish amaliyotiga barham berilishiga xizmat qilgan;
jinoyat prosessida shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalada bo‘lish bilan bog‘liq xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida, ushlab turish asoslarini tekshirish davomida ushlangan shaxsning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlarda yoxud ushlangan shaxs tomonidan unga nisbatan tahdidlar yoki tan jarohatlari etkazish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat qilinganida ushlangan shaxsga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanishi shartligi amaldagi qonunchilikda aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
225-moddasi beshinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 8-iyuldagi 3/08-112-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi ushlab turish protsessual majburlov chorasini qo‘llovchi organlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, shaxs huquq va erkinliklarini yanada samarali ta’minlashga xizmat qilgan;
ushlab turilgan shaxslarga nisbatan ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida, shaxs ushlangan vaqtda jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi va prokurorlar uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek bu haqda ish yohud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart ekanligi masalasini amaldagi qonunchilikda aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Pleniumining 2022-yil 14-maydagi “Ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 9-sonli qarorining 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2024-yil 1-apreldagi №03-23-243-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi ushlab turish protsessual majbulov chorasi qo‘llangan shaxsga nisbatan konstitusion huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish