Yuldashev Kamol Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda mustaqil turizm uchun infratuzilmani rivojlantirish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3675
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Ma’mun universiteti i.f.d., professor Matyoqubov Umidjon Raximovich hamda Buxoro davlat unversiteti Turizm va mehmondo‘stlik kafedrasi, i.f.d., dotsent Xidirova Gavhar Rustamovna.   
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarda mustaqil turizm uchun infratuzilmani rivojlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli turizm yondashuviga ko‘ra “mustaqil turizm” tushunchasi amalga oshirish shakllari, tashkil etish usullari, sayohat marshrutning turi va murakkabligi, maqsadi, demografik tarkibidan kelib chiqib tasniflanish usulini kiritish orqali takomillashtirilgan;
sayohatni mustaqil ravishda uyushtirish destinatsiyani tanlash va o‘rganish, xizmatlarni band va xarid qilish, sayohat jarayonidagi, sayohatdan keyingi bosqichlardan iborat raqamli-ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi ekanligi ilmiy asoslangan;
mustaqil turistlar ehtiyoj sezadigan xizmatlar muhimlik darajasini aniqlash metodikasi asosida Buxoro viloyati hududida band qilish markazlari “Reservation Center” va avto turistlar uchun avtoturargohlar “Camping & Auto Parking Area” xizmatlarini joriy etish orqali mustaqil turizm infratuzilmasini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan; 
mustaqil turistlarni jalb qilishda davlatlarning viza siyosati ta’siri darajasini miqdoriy baholash metodikasi asosida xorijiy turistlar sonining 2029-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda mustaqil turizm uchun infratuzilmani rivojlantirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida: 
raqamli turizm yondashuviga ko‘ra “mustaqil turizm” tushunchasi amalga oshirish shakllari, tashkil etish usullari, sayohat marshrutning turi va murakkabligi, maqsadi, demografik tarkibidan kelib chiqib tasniflanish usulini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son qonunining 3-moddasida berilgan “mustaqil turizm” kategoriyasining iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini tadbirkorlik subektlari o‘rtasida targ‘ib qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral 03-10-17-1383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil turistlar ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlarining soni oshishiga asos bo‘lgan; 
sayohatni mustaqil ravishda uyushtirish destinatsiyani tanlash va o‘rganish, xizmatlarni band va xarid qilish, sayohat jarayonidagi, sayohatdan keyingi bosqichlardan iborat raqamli-ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida ilmiy asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmonning 18-ilova 2020-2022-yillarda sport va turizm sohalarini raqamli transformatsiya qilish dasturining 12-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral 03-10-17-1383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil turistlar uchun muhim bo‘lgan band va xarid qilish raqamli marketing taklif tizimlarining takomillashishi orqali ushbu sayyohlar segmenti nazarida mamlakat jozibadorligi oshishiga xizmat qilgan;
mustaqil turistlar ehtiyoj sezadigan xizmatlar muhimlik darajasini aniqlash metodikasi asosida Buxoro viloyati hududida band qilish markazlari “Reservation Center” va avto turistlar uchun avtoturargohlar “Camping & Auto Parking Area” xizmatlarini joriy etish orqali mustaqil turizm infratuzilmasini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qarorining 4a-ilovada ko‘rsatilgan turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral 03-10-17-1383-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida, Buxoro viloyatida mustaqil turistlarning ehtiyojlarini qondirishga moslashgan infratuzilmaning shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan; 
mustaqil turistlarni jalb qilishda davlatlarning viza siyosati ta’siri darajasini miqdoriy baholash metodikasi asosida xorijiy turistlar sonining 2029-yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 3-ilovasining  “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral 03-10-17-1383-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatga tashrif buyuradigan mustaqil turistlar ulushini 14%ga oshirish imkoniyati yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish