Ikromov Ibroxim Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek jamiyatida milliy ijtimoiy xotira va qadriyatlar uyg‘unligi” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Fal1147
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norqo‘ziev Sodiqjon Xakimovich falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor, Abilov O‘rol Murodovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy xotira va qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash va unga ta’sir etuvchi omillarning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy xotira va qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashda ma’naviy indifferent (loqayd)lik xususiyatlarini funksional tahlil qilish orqali jamiyatda milliy o‘zlikni identifikatsiyalovchi ijtimoiy qadriyatlar, kvantifikatsiya, ma’rifiy kuzatuv kabi ijtimoiy paradigmalar ma’naviy xavfsizlikni ta’minlovchi sotsial atributlar ekanligi asoslangan;
jamiyatda kishilar milliy mansubligini ifodalovchi identifikatsion kodlar, milliy qadriyatlarni shakllantiruvchi o‘ziga xos institusional (jamoaviylik, o‘ziga xoslik, ijtimoiy konsolidatsiya) asoslarining relyasion ta’siri orqali sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlarni keltirib chiqishi, jamiyat ijtimoiy xotirasini yuksaltiruvchi diterminant ekanligi falsafiy ochib berilgan;
ijtimoiy xotiraning konstruktiv, rekonstruktiv kompotentlari globallashuv sharoitida milliy-madaniy dunyoqarashning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini rivojlantiruvchi zaruriyati sifatida, zamonaviy o‘zbek jamiyatining sotsiumlararo munosabatlar paradigmasini ta’minlovchi indikator ekanligi ochib berilgan;
jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatilayotan o‘zgarishlar, o‘zlikni anglashning polifonik, passeistik va futuristik jihatlari yoshlarda aksiologik faoliyatni rivojlantirib, ijtimoiy xotira va jamoaviy ongning etnopsixologik temperamentlari sotsiumlararo ijtimoiy makon strukturasida o‘sib borishini ta’minlashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy ijtimoiy xotiraning rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ijtimoiy xotira va qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashda ma’naviy indifferent (losayd)lik xususiyatlarini ochib berishga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 6-iyundagi 256-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda milliy o‘zlikni identifikatsiyalovchi ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy paradigmalar ma’naviy xavfsizlikni ta’minlovchi sotsial mexanizmlar ekanligi zamonaviy o‘zbek jamiyatida milliy ijtimoiy xotira va qadriyatlar uyg‘unligini tahlil etishga xizmat qilgan;
kishilardagi milliy mansublik tuyg‘usining identifikatsiya jarayonlari milliy qadriyatlarning ijtimoiy o‘ziga xos institusional (jamoaviylik, o‘ziga xoslik, ijtimoiy birdamlik) xususiyatlarini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘hrisida” gi hamda 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dastulari loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024-yil 14-maydagi 2/1165-son ma’lumotnomasi) Natijada, ushbu xususiyatlar jamiyatda sotsiokreativ (kumulyativ, aksiologik, akmeologik) qonuniyatlarni keltirib chiqishi jamiyat ijtimoiy xotirani yuksaltiruvchi diterminant ekanligi falsafiy dalillashga xizmat qilgan;
ijtimoiy xotiraning konstruktiv, rekonstruktiv kompotentlari globallashuv sharoitida milliy-madaniy dunyoqarashning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini rivojlantirishga oid ilmiy-nazapiy xulocalaridan Respublika Ma’naviyat va m a’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o ʼzligidan fahrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 6 iyundagi 256-son ma’lumotnomasi). Natija, zamonaviy o‘zbek jamiyatining sotsiumlararo munosabatlar paradigmasini ta’minlovchi indikatorlarni ochib berishga xizmat qilgan;
jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayot dinamikasida kuzatilayotan o‘zgarishlar o‘zlikni anglashning polifonik, passeistik, futuristik jihatlariga ijtimoiy ta’sir etishiga doir taklif va tavsiyalaridan tavsiyalaridan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-avgust kunidagi “Ichki ishlar organlarida Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida” gi hamda 2023-yil 11-aprel kunidagi “Ma’naviyat oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dastulari loyihasini ishlab chiqishda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy – ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 21-avgustdagi 342-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda aksiologik faoliyat mexanizmlarini rivojlantirish, shaxs ma’naviy dunyoqarashining shakllanishida milliy o‘ziga xoslik tuyg‘usining konstruktiv atributlarini dalillashga xizmat qilgan.