Norkulov Suxrob Turakulovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metropoliten transportida yo‘lovchi tashishning iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt316
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Yusupxodjaeva Gulchehra Baxadirxodjaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mashal Samadovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaev Javlon Sultonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi metropoliten transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat transportining asosiy turlaridan hisoblangan Metropoliten transportida yo‘lovchi tashish faoliyatiga bo‘lgan talabni tadqiq qilish asosida Toshkent shahrida raqamlashtirilgan yangi metro liniyalarini qurish sxemasi taklif qilingan;
“Toshkent metropoliteni” DUK elektropoezdlar parkini yangilash asosida korxonada sarf xarajatlarni kamaytirish hisobiga “Toshkent metropoliteni” DUKning moddiy texnik bazani mustahkamlash taklif qilingan;
metropoliten transporti faoliyatini yanada rivojlantirishning oltita yo‘nalishdagi strategik maqsadlar tizimni yagona texnologik jarayoni va tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyasini joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlarini (0,39-1) oraliqdagi me’yoriy chegara ajratish yondashuvi ilmiy asoslangan;
metropoliten transportida bo‘lgan talab va taklif hajmlari o‘rtasidagi muvozanatning aholini tashishdagi faoliyatini samarali amalga oshirish mexanizmida “cost+” tizimi va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish taklifi berilgan;
“Toshkent metropoliteni” DUKning daromad, kapital samaradorligi, elektr energiya tejamkorligi, asosiy fondlar samaradorligi va mehnat unumdorligi koeffisientlaridagi o‘zgarishlarning 2040-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi metropoliten transporti korxona boshqaruv salohiyati samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent shahrida raqamlashtirilgan yangi metro liniyalarini qurishda zamonaviy transformatorlar, zamonaviy elektr avtomatika himoyalash uskunalari va tortish transformator nimstansiyalarni o‘rnatish asosida ehtiyojdagi xonalar maydonini 70% ga qadar qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish taklifi “Toshkent metropoliteni” DUKdagi “Metropoliten liniyalarini qurish direksiyasi”ning faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKning 2024-yil 12-iyuldagi 11-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 136-sonli Rayosati majlisi bayoniga Yunusobod yo‘nalishining “Ming O‘rik” bekatidan Toshkent “Janubiy” vokzaligacha er osti metro yo‘nalishini qurish loyihasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi ijrosini samarali va natijador tashkil etish chora-tadbirlari to‘gʻrisida” rejasiga kiritilgan ham mazkur bekatlarining qurilishi natijasida bekatlar soni 12% oshib, yo‘lovchi tashish qobiliyati 120 000 nafarga ortib, daromad 360 mln. so‘m (kunlik) ko‘payishiga olib kelgan;
“Toshkent metropoliteni” DUK elektropoezdlar parkini yangi avlod, kam energiya sarflovchi va ekotizimga mos keluvchi modeldagi elektropoezdlar hisobiga yangilash asosida korxonada sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga parkdan foydalanish xarajatlarini optimallashtirish chegarasi (20%≤XOp≤30%)ni ta’minlash orqali moddiy-texnik bazani mustahkamlash taklifi “Toshkent metropoliteni” DUKning “Chilonzor” hamda “O‘zbekiston” elektrodepolariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKning 2024-yil 12-iyuldagi 11-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida 2024-yilning 1-2 choragida “Metrovagonmash” AJ bilan imzolangan shartnoma doirasida yangi 14 dona harakat tarkibi (56 vagon) keltirilib, ishga tushirilib, harakat tarkiblari parki 16,6%ga yangilangan, “Toshkent metropoliteni” DUKning yo‘lovchi tashish surʼati ortib, iqtisodiy daromadlari kunlik 30%ga oshishiga erishilgan, harakat tarkiblari parkini yangilash orqali 48,8% korxona mablagʻlarining tejalishiga erishilgan;
metropoliten transporti faoliyatini yanada rivojlantirishning strategik maqsadlar tizimni yagona texnologik jarayoni va tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyasini joriy etish ta’sirida yuzaga keluvchi sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari me’yoriy chegarasining (0,39≤MCh≤1) diapazonini ta’minlash orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish taklifi “Toshkent metropoliteni” DUKning “Iqtisod, moliya va mehnatni tashkil qilish” xizmati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKning 2024-yil 12-iyuldagi 11-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga xizmat qilgan;
Metropoliten transportida bo‘lgan talab va taklif hajmlari o‘rtasidagi muvozanatning aholini tashishdagi faoliyatini samarali amalga oshirish mexanizmiga “cost+” tizimi va resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish asosida o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi (1,8%≤MUo‘y≤3,2%) va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasi (15%≤IRDm≤20%) ni oshirish taklifi “Toshkent metropoliteni” DUKning “Iqtisod, moliya va mehnatni tashkil qilish” xizmati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKning 2024-yil 12-iyuldagi 11-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida “cost+” tizimi va resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish tavsiya etish orqali “Toshkent metropoliteni” DUKda o‘rtacha yiliga mehnat unumdorligini 2,5 foizga va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasini 15-20 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“Toshkent metropoliteni” DUKning daromad, kapital samaradorligi, elektr energiya tejamkorligi, asosiy fondlar samaradorligi va mehnat unumdorligi koeffisientlaridagi o‘zgarishlarning 2040-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari “Toshkent metropoliteni” DUKning “Iqtisod, moliya va mehnatni tashkil qilish” xizmati faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUKning 2024-yil 12-iyuldagi 11-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024-yil 1-noyabrdagi 1-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amalga oshirilishi natijasida “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasini transformatsiya qilish, 2025-2040-yillarda yangi metro liniyalarini qurish hamda metro tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ID-91778(V-1) ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan mazkur qaror loyihasi orqali korxonani foyda oluvchi korxonaga aylanishini isbotlash imkoni yaratilgan.