Buriev Mansur Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston jamiyatining modernizatsiyalashuvida milliy mentalitetda kechayotgan transformatsion jarayonlar” mavzuidagi 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (siyosat falsafasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fal796
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Atamuratov Sadulla Otamuratovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor Bekmuratov Mansur Bobomuratovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yangi O‘zbekistonda milliy-ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va milliy o‘zlikni saqlab qolish uchun milliy mentalitetda kechayotgan transformatsion jarayonlarni siyosiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston jamiyati modernizatsiyasida milliy mentalitetda kechayotgan transformatsion jarayonlarda xalqning milliy-ma’naviy olamining in’ikosi sifatida namoyon bo‘lgan va davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishi asoslangan, hamda millatning milliy tili, madaniyati, milliy o‘zligi, an’anaviy qadriyatlari, milliy ruhiyati va xarakterining mujassamligida amalga oshishi dalillangan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida fuqarolarda yangicha ruhiyat, qarashlar va xususiyatlar shakllanishi va ijtimoiy, iqtisodiy, ta’lim sohalaridagi muammolariga echim sifatida paydo bo‘lishi, so‘ngra milliy mentalitet transformatsiyasiga aylanishi ochib berilgan, hamda globallashuv va modernizatsiya jarayonida milliy mentalitet transformatsiyasini amalga oshirish millatning milliy tili, madaniyati, milliy o‘zligi, urf-odati, an’anaviy qadriyatlari, milliy ruhiyati va milliy xarakteri mujassamligida amalga oshishi dalillangan;
Milliy mentalitetdagi ijobiy o‘zgarishlarning asosiy omili inson islohotlarni faqat ongida emas, balki farovonroq hayot kechirishiga ma’nan ishonch hosil qilgandagina, amaliy islohotlarning qatnashchisiga aylanishi, hamda yangicha real voqelik, imkoniyat va salohiyat asosida ijtimoiy-siyosat olib borish lozimligi va innovatsion siyosiy menejment sohalarida jamiyat yuksalishi uchun foydalanish nazariy jihatdan ochib berildi;
Milliy mentalitet transformatsiyasi jarayonida «ommaviy madaniyatga» va milliylikka begona bo‘lgan madaniyatga taqlidchilikning oldini olish uchun milliy xarakterda milliy o‘zlikni saqlab qolish hamda shaxsni milliy ma’naviy betakrorligini asrab qolish masalalarining ilmiy-nazariy jihatdan mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston jamiyati modernizatsiyalashuvi sharoitida milliy mentalitetda kechayotgan transformatsion jarayonlarni siyosiy-falsafiy jihatdan tahlil etishning ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston jamiyati modernizatsiyalashuvida milliy mentalitetda kechayotgan transformatsion jarayonlar ilmiy jihatdan tahlil qilinib, yuksalish, rivojlanish, taraqqiyot islohotlar talablariga mos inson va jamiyat mentalitetini shakllantirish orqali ro‘y berishi siyosiy-falsafiy, mantiqiy jihatdan ilmiy asoslanganligi, jamiyat modernizatsiyalashuvi sharoitida yuksak taraqqiyot eskicha ekstraktiv strategiya emas, bugungi innovatsion metodologiya-inklyuzivlik prinsipi doirasida bo‘lishi va barqaror rivojlanishga erishishda mexanik taqlidchilik, ko‘r-ko‘rona qabul qilish emas, kreativlik, innovatsion yondashuv orqali erishish mumkinligi siyosiy-falsafiy asoslangan xulosalardan va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023–2024-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etildi. Markazning 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha chet el tajribasini o'rganish” mavzusidagi nazariy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanildi. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 11-mart 97-sonli dalolatnomasi). O‘zbekiston jamiyati modernizatsiyasida milliy mentalitetda yuz berayotgan transformatsiya jarayonida xalqning ma’naviy yuksalishi, rivojlanishi, taraqqiyot talablariga mos inson mentalitetini shakllanishida xizmat qildi;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida fuqarolarda yangicha ruhiyat, qarashlar va xususiyatlar shakllanishi va ijtimoiy, iqtisodiy, ta’lim sohalaridagi muammolariga echim sifatida paydo bo‘lishi, so‘ngra milliy mentalitet transformatsiyasiga aylanishi ochib berilgan, hamda globallashuv va modernizatsiya jarayonida milliy mentalitet transformatsiyasini amalga oshirish millatning milliy tili, madaniyati, milliy o‘zligi, urf-odati, an’anaviy qadriyatlari, milliy ruhiyati va milliy xarakteri mujassamligida oid taklif va tavsiyalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024-yilgi ish rejasida “Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va farovonlik darajasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” deb nomlangan III bobining 17- va l9-bandlari ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 12-martdagi 01-09/1823-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar jamiyat modernizatsiya jarayonida milliy mentalitet transformatsiyasini amalga oshirishda xalqning milliy tili, madaniyati va milliy o‘zligini mujassamligini amalga oshishida xizmat qilgan;
Milliy mentalitetdagi ijobiy o‘zgarishlarning asosiy omili inson islohotlarni faqat ongida emas, balki farovonroq hayot kechirishiga ma’nan ishonch hosil qilgandagina islohotlarga daxldorlik va yangicha fikrlash tarzining oila va ta’lim muassasalari, shuningdek, ushbu jarayonda bevosita yoshlar bilan ishlaydigan tashkilotlarning hamkorlikda faoliyat olib borishi orqali yanada rivojlantirilish mumkinligi, yoshlarda ushbu xususiyatlarni qaror toptirish orqali jamiyat hayotining ham taraqqiy etib borishiga asoslangan. Xususan, yoshlarning mentalitet transformatsiyasida milliy o‘zligini saqlab qolish, yoshlarning milliy ma’naviy tarbiyasini mustahkamlash, milliy g‘urur va milliy iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish zamon talabi ekanligi ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2022–2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ga asosan tadqiqotda oila va ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda, oila va ta’lim tizimlarini o‘zaro uyg‘unligi asosida, yoshlarning milliy mentalitetda transformatsion o‘zgarishlarining mazmun-mohiyati, ahamiyatini keng targ‘ib etishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ishlari Agentligining 2024-yil 14-mart 2-13-21-1034-sonli dalolatnomasi). Yoshlarda milliy mentalitet transformatsiyasi jarayonida milliy o‘zligini saqlab qolish, hamda ma’naviy tarbiyani mustahkamlash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishda xizmat qildi;
Milliy mentalitet transformatsiyasi jarayonida «ommaviy madaniyatga» va milliylikka begona bo‘lgan madaniyatga taqlidchilikning oldini olish uchun milliy xarakterda milliy o‘zlikni saqlab qolish hamda shaxsni milliy ma’naviy betakrorligini asrab qolish masalalari tahlil qilingan hamda yuksalish, rivojlanish, taraqqiyot, islohotlar talablariga mos jamiyat mentalitetini shakllantirish orqali ro‘y berishi mumkinligi va buning siyosiy-falsafiy jihatdan asoslanganligi, jamiyat modernizatsiyalashuvi sharoitida yuksak taraqqiyot eskicha qarashlar bilan emas, bugungi innovatsion metodlar prinsipi doirasida bo‘lishi, barqaror rivojlanishga mexanik taqlidchilik, ya’ni ko‘r-ko‘rona qabul qilmasdan, kreativlik, innovatsion yondashuv orqali erishish mumkinligi va taraqqiyot strategiyasi iqtisodiy islohotlar va siyosiy islohotlar dialektik birlikda amalga oshishi lozimligi haqida keltirilgan taklif va tavsiyalardan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi faoliyatida partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanildi. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 23-fevraldagi 02/02-16-sonli dalolatnomasi). Natijada milliy mentalitet transformatsiyasini amalga oshirishda milliy urf-odatlar, an’anaviy qadriyatlar orqali amalga oshirish mumkinligi dalillangan.