Buriev Xakim Toshimovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti, 08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt742.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Mash’al Samadovich, iqtisod fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda sifat menejmentining uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligi, innovasion faolligi, bozor pozisiyasi, moliyaviy barqarorligi, tashkiliy boshqaruvi kabi omillarini uyg‘unlashtirgan holda bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish hamda ko‘zlangan strategik maqsadlarga erishish bo‘yicha mavjud ichki va tashqi imkonlari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
qurilish sanoati korxonalarida sifatni ta’minlash uchun umumiy xarajatlar (SUX), rejalashtirilgan o‘rtacha xarajatlar (RO‘X), marjinal qiymati (MQ), qoniqarsiz sifatdan o‘rtacha yo‘qotishlar (SO‘Y)ning ta’siri ostida shakllanuvchi qurilish mahsuloti sifatining me’yoriy darajasini uch ballik shkalada baholash asosida uzlyuksiz oshirish nazariy jihatdan asoslangan;
mintaqaviy qurilish sanoatining raqobatda ustunlik strategiyasini amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan korxonalarning ixtisoslashuviga mos ravishda sifat menejmenti konsepsiyasi (SMK), sifat menejmenti modeli (SMM), sifat menejmenti tizimi (SMT), sifatni oshirish mexanizmi (SOM) dan iborat yaxlit uslubiy tizimi asoslangan;
qurilish sanoatining turli pog‘onadagi korxonalarida sifatni kafolatlash tizimini samarali ishlashini ta’minlaydigan A (D, DD, DDD reytingli), B (C, CC, CCC reytingli), V (milliy raqobatbardosh), G (ISO 9001, ISO14001ga ega), D (sifat bo‘yicha raqobatbardosh) tashkiliy modellar asosida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
qurilish sanoatida raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida O‘zbekiston qurilish sanoat korxonalari raqobatbardoshligining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish sanoati korxonalari raqobatbardoshligini boshqarishda sifatni oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish korxonalari raqobatbardoshligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni qurilish sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligi, innovasion faolligi, bozor pozisiyasi, moliyaviy barqarorligi, tashkiliy boshqaruvi kabi omillarini uyg‘unlashtirgan holda bozor sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish hamda ko‘zlangan strategik maqsadlarga erishish bo‘yicha mavjud ichki va tashqi imkonlari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha taklifdan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish”, “Iqtisodiy o‘sish” nomli darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Kengashining 2024 yil 26 iyundagi qarori). Mazkur ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida fanlarni o‘qitishda talabalarda raqobatbardoshlikka doir bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish va chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
qurilish sanoati korxonalarida sifatni ta’minlash uchun umumiy xarajatlar (SUX), rejalashtirilgan o‘rtacha xarajatlar (RO‘X), marjinal qiymati (MQ), qoniqarsiz sifatdan o‘rtacha yo‘qotishlar (SO‘Y)ning ta’siri ostida shakllanuvchi qurilish mahsuloti sifatining me’yoriy darajasini uch ballik shkalada baholash asosida uzlyuksiz oshirishning nazariy jihatlari bo‘yicha tavsiyalar Samarqand viloyati qurilish korxonalarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 noyabrdagi 06/12171-sonli, Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2024 yil 22 oktyabrdagi №3433/24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilik viloyat qurilish korxonalarida sifat strategiyasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
mintaqaviy qurilish sanoatining raqobatda ustunlik strategiyasini amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan korxonalarning ixtisoslashuviga mos ravishda sifat menejmenti konsepsiyasi (SMK), sifat menejmenti modeli (SMM), sifat menejmenti tizimi (SMT), sifatni oshirish mexanizmi (SOM) dan iborat yaxlit uslubiy tizimi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №2928/02-21 sonli ma’lumotnomasi) hamda Samarqand viloyati “Univer Pro Stile” MChJ, “Universal Proekt Plus” MChJ, “Kamilla” MChJ, Temp xususiy korxonasi, “JBI-monolit” MChJ qurilish sanoati korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 19 noyabrdagi 06/12171-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi loyiha tashkilotlarida nuqsonlik darajasi 8-10% ga, qurilishda esa sifat xarajatlarining 1,4-1,5% ga pasayishiga olib kelgan;
qurilish sanoatining turli pog‘onadagi korxonalarida sifatni kafolatlash tizimini samarali ishlashini ta’minlaydigan A (D, DD, DDD reytingli), B (C, CC, CCC reytingli), V (milliy raqobatbardosh), G (ISO 9001, ISO14001ga ega), D (sifat bo‘yicha raqobatbardosh) tashkiliy modellar asosida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2024 yil 15 oktyabrdagi №2928/02-21 sonli ma’lumotnomasi) hamda Samarqand viloyati “Univer Pro Stile” MChJ, “Universal Proekt Plus” MChJ, “Kamilla” MChJ, Temp xususiy korxonasi, “JBI-monolit” MChJ qurilish sanoati korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 19 noyabrdagi 06/12171-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklarning joriy etilishi natijasida sifat menejmenti tizimlarini takomillashtirishga hamda boshqaruv samaradorligining loyihalash jarayonida 1-2% ga, ishlab chiqarishda 2-3% ga oshirishga erishilgan;
qurilish sanoatida raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida O‘zbekiston qurilish sanoat korxonalari raqobatbardoshligining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tizimidagi qurilish sanoat korxonalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 noyabrdagi 06/12171-sonli, Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2024 yil 22 oktyabrdagi №3433/24-sonli, Samarqand viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” Davlat unitar korxonasining 2024 yil 22 oktyabrdagi №01-07/01-22-2624-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qurilish sanoatini raqobatbardoshlik strategiyasini takomillashtirishga, korxonalarda sifat xarajatlarini 5 foizgacha kamaytirishga erishilgan.