Aliqulov Aziz Haydarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Korporativ tuzilmalarda antikrizisli boshqaruvni tashkil etish masalalari”, 
08.00.13 – Menejment, 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2022.2.PhD/Iqt2297 
Ilmiy rahbar: Sodiqov Avazbek Madaminovich,.iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03 
Rasmiy opponentlar: N.M.Rasulov iqtisodiyot fanlari doktori.
iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent Xalilov Nurillo Xamidullaevich, 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korporativ tuzilmalarda antikrizisli boshqaruvni tashkil etish bo’yicha ilmiy - amaliy takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inqirozli vaziyatlarni oldini olishda paxtachilik klasterlari korporativ boshqaruvida ISO 9001:2015 - “Sifat menejmenti tizimi” xalqaro sifat standartini tadbiq etish zarurati asoslangan;
korporativ tuzilmalarda ish jarayonini tartibga solish (xodim zimmasiga yuklatilgan vazifaning bajarilishi, ijro intizomi, resurslarni samarali boshqarish, mahsulot sifati), nazorat qilishda “kanban” kartochkalari elektron tizimini joriy etish taklifi asoslangan;
Blokcheyn, Big Data kabi maxsus moliyaviy texnologiyalardan foydalanish asosida korxonada inqirozga qarshi kurashish imkonini beruvchi, muammoli vaziyatlarni oldindan aniqlash imkonini beradigan Fintech dastur ishlab chiqilgan;
“Samarqand paxta klasteri” MChJning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2030-yilga qadar “barqaror”, “inqiroz xavfi past”, “o‘rta xavf” va “yuqori xavf” mezonlari asosida prognoz hisob - kitoblari bajarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korporativ tuzilmalarda antikrizisli boshqaruvni tashkil etish masalalari bo’yicha dissertatsiya ishida olingan ilmiy natijalar asosida:
inqirozli vaziyatlarni oldini olishda paxtachilik klasterlari korporativ boshqaruvida ISO 9001:2015 - “Sifat menejmenti tizimi” xalqaro sifat standartini tadbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 14-mart 03/25-619-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni uyushma tarkibidagi korxonalarda standartni tatbiq etish, muammolarni oldindan aniqlash va inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni boshqarishni ta’minlash mahsulot sifatini oshirish resurslarni boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, va yangi bozorlarga chiqishga yordam beradi;
korporativ tuzilmalarda ish jarayonini tartibga solish va nazorat qilishda “Kanban” kartochkalari elektron tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 14-mart 03/25-619-sonli ma’lumotnomasi). Uning natijasi xodimlarga yuklatilgan vazifalar real vaqt rejimida kuzatib boriladi, ish jarayonlarining barcha bosqichlarini shaffofligini. jarayonlarni avtomatlashtirilishi, inson xatoliklarini kamaytirish va resurslardan optimal foydalanishi imkonini beradi, “Kanban” kartochkalari har bir jarayonning holatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi, bu esa nazoratni soddalashtiradi va tezkor qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi;
korxonalarda antikrizisli strategik qarorlarni qabul qilishda maxsus moliyaviy texnologiyalardan, jumladan Blokcheyn, Big Data dan foydalanish orqali korxona holatini tizimli - tanqidiy tahlil qilgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni oldindan aniqlash imkonini beradigan Fintexlarga asoslangan dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 14-mart 03/25-619-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif korporativ tuzilmalarda antikrizisli strategik qarorlar qabul qilishda maxsus moliyaviy texnologiyalardan foydalanish, ma’lumotlarning shaffofligi va ishonchliligini ta’minlash, buxgalteriya hisobi va hisobotini optimallashtirish, smart shartnomalar, katta hajmdagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish, monitoring qilish orqali kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni prognoz qilish imkoniyatini yaratadi;
“Samarqand paxta klasteri” MChJning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 2030-yilga qadar “barqaror”, “inqiroz xavfi past”, “o‘rta xavf” va “yuqori xavf” mezonlari asosida bajarilgan prognoz hisob - kitoblari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilindi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 14-mart 03/25-619-sonli ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, “Barqaror” holatda inqiroz xatari deyarli yo‘qligi, “Inqiroz xavfi past” holatda korxonada moliyaviy va boshqaruv muammolarining past darajada ekanligini, “O‘rta xavf” holatda korxona muayyan moliyaviy va ishlab chiqarish muammolarini boshdan kechirayotganligini, “Yuqori xavf” holatda inqirozga duch kelish ehtimolining yuqoriligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Prognoz natijalaridan o‘rta muddatli istiqbol davrida “Samarqand paxta klasteri” MChJ ning ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda foydalaniladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish