Kirgizaliev Kobiljonning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tijoratchi yuridik shaxslar majburiyatlari bo‘yicha ular ta’sischilarning subsidiar javobgarlik masalalari”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1530.
Ilmiy rahbar: Okyulov Omonbay – yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Doniyor Baxtiyorovich – yuridik fanlar doktori, professor; Yuldashev Jaxongir Inomovich – yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijoratchi yuridik shaxslar majburiyatlari bo‘yicha ta’sischilarining subsidiar javobgarlik masalalari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda qonunchilikni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarzdor fuqaroni sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda amalga oshirgan uchinchi shaxslar qarzdor bilan yoxud foydasiga to‘lov amalga oshirgan uchinchi shaxslar bilan qarindosh ekanligi faktidan qat’iy nazar agar ular qarzdorni qarshi majburiyatidan umidvor emasligi isbotlanmasa, begona shaxs manfaatini ko‘zlab, topshiriqsiz harakat qilgan shaxs maqomidan foydalanishligi asoslantirilgan;
qarzdor majburiyatini ijro etish uchinchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olish tartibi va oqibatlari, qarzdor ta’sischi va mulkdorlarining to‘lov imkoniyatini, to‘lovdan bo‘yin tovlash oqibatlari aniqlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurligi asoslangan;
ta’sischi va mulkdorlarni qarzlarini ixtiyoriy to‘lashi holatida kelgusida Fuqarolik kodeksining 47-bobida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq o‘z xarajatlarini undirish bo‘yicha qonuniy huquqlarga ega bo‘lishi, qarzdor bilan uchinchi shaxslar (qarzdorning yaqin qarindoshlari) o‘rtasida qarzdorga yordam ko‘rsatish hamda kelishuv tuzilishiga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish lozimligi asoslantirilgan;
ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning mol-mulki yo‘qligi, qarzdor qaerdaligi noma’lum bo‘lgan xollarda bu bo‘yicha mas’ul xodimlar qarzdorning qarindosh urug‘larini aniqlab, ular bilan suhbat o‘tkazishi choralarini ko‘rishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
qarzdor fuqaroni sud hujjatlari va boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda amalga oshirgan uchinchi shaxslar qarzdor bilan yoxud foydasiga to‘lov amalga oshirgan uchinchi shaxslar bilan qarindosh ekanligi faktidan qat’iy nazar agar ular qarzdorni qarshi majburiyatidan umidvor emasligi isbotlanmasa, begona shaxs manfaatini ko‘zlab, topshiriqsiz harakat qilgan shaxs maqomidan foydalanishi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 826-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 11 iyundagi 3/08-97-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar tijoratchi yuridik shaxslar ta’sischilari va mulkdorlarining javobgarligini yanada aniqlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
qarzdor majburiyatini ijro etish uchinchi shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga olish tartibi va oqibatlari haqidagi takliflaridan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunini yanada takomillashtirishda qonun ijodkorligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 11 iyundagi 3/08-97-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar qarzdor ta’sischi va mulkdorlarining to‘lov imkoniyatini, to‘lovdan bo‘yin tovlash oqibatlari aniqlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’sischi va mulkdorlarni qarzlarini ixtiyoriy to‘lashi holatida kelgusida Fuqarolik kodeksining 47-bobida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq o‘z xarajatlarini undirish bo‘yicha qonuniy huquqlarga ega bo‘lishi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 yanvardagi PF-1-sonli «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonini ishlab chiqishda inobatga olindi (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil
3 iyuldagi 27/2-164-24-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar qarzdor bilan uchinchi shaxslar (qarzdorning yaqin qarindoshlari) o‘rtasida qarzdorga yordam ko‘rsatish hamda kelishuv tuzilishiga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning mol-mulki yo‘qligi, qarzdor qaerdaligi noma’lum bo‘lgan xollarda bu bo‘yicha mas’ul xodimlar qarzdorning qarindosh urug‘larini aniqlab, ular bilan suhbat o‘tkazishi choralarini ko‘rishi haqidagi takliflaridan «Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi sababli mol-mulkiga undiruv qaratilgan qarzdorlar majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoriy subsidiar javobgarligini qo‘llash tartib-tamoyillari to‘g‘risida»gi Nizom ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 11 iyuldagi 6-660/17-24-41-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning mol-mulki yo‘qligi, qarzdor qaerdaligi noma’lum bo‘lgan xollarda bu bo‘yicha mas’ul xodimlar qarzdorning qarindosh urug‘larini aniqlab, ular bilan suhbat o‘tkazishi choralarini ko‘rishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.