Sayt test rejimida ishlamoqda

  INDIAMINOV Ravshan Shukurovich: «Оrtotrop elektr o`tkazuvchanlikni hisobga olgan holda tok tashuvchi aylanma qobiq magnitoelastiklik nazariyasini rivojlantirish» (01.02.04) – Toshkent davlat texnika universiteti (100095, Toshkent sh., Оlmazor tumani, Universitet ko`chasi 2-uy. Теl.: (99871) 246-46-00; fax: (99871) 227-10-32; e-mail: tadqiqitchi@tdtu.uz), (dissertatsiya rus tilida).  

Ilmiy maslahatchilar: T.Sh. Shirinkulov, L.V. Mol`chenko   

Ish bajarilgan tashkilotlar: O`zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.

Rasmiy opponentlar: B.M. Mardonov, I.I. Safarov, B.G. Karnauxov

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo`l muhandislari instituti   

Dissertatsiya yo`nalishi: nazariy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: Anizotrop elektr o`tkazuvchan anizotrop tok tashuvchi jismlar chiziqlimas magnitoelastikligi nazariyasini rivojlantirish, kuchlanganlik-deformtsiyalanganlik holatini tatqiq qilishga imkon beruvchi magnitoelastiklikning yangi sinf masalalarini matematik modellashtirish va ularni yechish, anizotrop elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni hisobga olgan holda, anizotrop aylanma qobiqda elektromagnit effektlar tahlilini o`tkazishdan iborat.      

    II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:

Ilk marotaba anizotrop elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni, shuningdek, geometric chiziqlimaslikni  hisobga olgan holda, tok tashuvchi qobiqlar magnitoelastikligi bog`liqli dinamik masalalarining matematik qo`yilishi shakllantirilgan;

Ilk marotaba chekli ortotrop  elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni hisobga olgan holda, tok tashuvchi ortotrop qobiqlar magnitoelastikligi chiziqlimas ikki o`lchamli modeli yaratilgan;  

Nostatsionar mexanik va elektromagnit kuchlar ta`siri ostida bo`lgan, ortotrop  elektr o`tkazuvchan, bikirligi ikki koordinata yo`nalishida o`zgaruvchan, yupqa tok o`tkazuvchi aylanma qobiqning simmetrik bo`lmagan deformatsiyalanishini ifodalaydigan hal qiluvchi sistemasi olingan; 

ortotrop  elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni hisobga olgan holda nostatsionar mexanik va elektromagnit yuklanishlar ta`sirlari ostida joylashgan, ixtiyoriy meridianli  yupqa tok o`tkazuvchi aylanma qobiqning deformatsiyalanishini ifodalaydigan magnitoelastiklikning chiziqlimas differentsial tenglamalari bog`liqli hal qiluvchi sistemasi olingan;

Ilk marotaba ortotrop  elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni hisobga olgan holda ortotrop aylanma qobiq magnitoelastikligi bog`liqli chiziqlimas qo`yilgan  masalalarini еchish uslubiyati va algoritmlari yaratilgan;

chekli ortotrop  elektr o`tkazuvchanlik, magnit va dielektrik singdiruvchanliklarni hisobga olgan holda, elektromagnit maydoni bilan deformatsiyaning magnit maydoni bog`liqligi yangi effektlari aniqlangan;

ortotrop  elektr o`tkazuvchanlikni hisobga olgan holda, tashqi begona tokning yo`nalishi va zichligi miqdorini tanlab ortotrop tok tashuvchi qobiqning kuchlanganlik-deformtsiyalanganlik holati optimallashtirilgan.   

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: tadqiqotda  olingan nazariy natijalar fundamental ilmiy loyiha FA-F8-Ф089 - «Uch o`lchamli dinamik elastiklik nazariyasi doirasida plastinka va qobiqlar shaklidagi konstruktsiyalar kuchlanganlik-deformtsiyalanganlik holatlarini hisoblash nazariy asoslarini ishlab chiqish» (O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi xulosasi 26.06.2007y.); hamda 48-08 - «Elastik asos bilan o`zaro ta`sirda bo`lgan anizotrop plastinka va qobiqlarning kuchlanganlik-deformtsiyalanganlik holatlarini tadqiq qilish usullarini ishlab chiqish» (O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi kengashi qarori 18.01.2008y.) loyihalarda nostatsionar mexanik va elektromagnit yuklanishlar ta`sirlari ostida bo`lgan anizotrop plastinka va qobiqlarning deformatsiyalanishi chiziqlimas nazariyalarini rivojlantirishda  foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish