Xamrakulova Kamola G‘ayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oiladagi zo‘ravonliklarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va oldini olish yo‘llari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P343.
Ilmiy rahbar: Shoumarov Gʻayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Tovbaeva Muqaddam Safarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar misolida oilaviy zo‘ravonlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida zo‘ravonlikni oldini olishning samarali psixologik yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkaklar xulq-atvoridagi addiksiya, er-xotinlarning ma’lumotlik darajasidagi tafovutlar, bolalikdagi oilalarida zo‘ravonlik sodir etilganligi, oilaviy munosabatdagi nomutanosibliklarning o‘zaro integratsiyasi asosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi «asotsial yoki addiktiv xulq-atvorlar», «zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi iqtisodiy jihatlar», «oiladagi ijtimoiy me’yorlarning nomutanosib shakllanganligi» singari ijtimoiy-psixologik omillar mavjudligi aniqlangan.
jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonliklarda erkaklarda dipersonallashuv natijasida ayollarga nisbatan tan jarohatlar, qadriyat va shaxsiyatiga zarar etkazilishi, haddan ortiq hammadan rashk qilish va ayblash angedoniyaning kuchayishiga olib kelishi empirik dalillangan.
zo‘ravonlik sababli ayollarning jinsiy, maishiy-xo‘jalik, emotsional-psixoterapevtik, tashqi jozibadorlik bilan bog‘liq oilaviy qadriyatlariga putur etishi ta’sirida shaxslararo munosabatlar xarakterida ijobiy bog‘lanishlarning yo‘qolishi sababli ayollarda o‘ziga va erkakka nisbatan befarqlik, qo‘rquv va hadiksirash, turmush o‘rtog‘i va oilaga salbiy munosabat kuchayib borishi isbotlangan.
operativ, izchil va strategik maqsadlarda ayollarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik oldini olish ta’minlanishining psixoprofilaktik va reabilitatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga mo‘ljallangan psixologik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Oiladagi zo‘ravonlik muammosining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari va ularning oldini yo‘llarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha quyidagi natijalar joriy qilingan:
erkaklar xulq-atvoridagi addiksiya, er-xotinlarning ma’lumotlilik darajasidagi tafovutlar, bolalikdagi oilalarida zo‘ravonlik sodir etilganligi, oilaviy munosabatdagi nomutanosibliklarning o‘zaro integratsiyasi asosida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi «asotsial yoki addiktiv xulq-atvorlar», «zo‘ravonlikka sabab bo‘luvchi iqtisodiy jihatlar», «oiladagi ijtimoiy me’yorlarning nomutanosib shakllanganligi» singari ijtimoiy-psixologik omillar aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 07-oktyabrdagi PM-291son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10- dekabrdagi PM- 291a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fan moduli oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan ilmiy ma’lumotlar va xulosalar bilan boyitilgan.
jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonliklarda erkaklarda dipersonallashuv natijasida ayollarga nisbatan tan jarohatlar, qadriyat va shaxsiyatiga zarar etkazilishi, haddan ortiq hammadan rashk qilish va ayblash angedoniyaning kuchayishiga olib kelishi empirikdalillanganligi bo‘yicha tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 07-oktyabrdagi PM-291-son sonli buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10- dekabrdagi PM- 291 a- sonli ma’lumotnomasi). Natijada fan modulida oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan.
zo‘ravonlik sababli ayollarning jinsiy, maishiy-xo‘jalik, emotsional-psixoterapevtik, tashqi jozibadorlik bilan bog‘liq oilaviy qadriyatlariga putur etishi ta’sirida shaxslararo munosabatlar xarakterida ijobiy bog‘lanishlarning yo‘qolishi sababli ayollarda o‘ziga va erkakka nisbatan befarqlik, qo‘rquv va hadiksirash, turmush o‘rtog‘i va oilaga salbiy munosabat kuchayib borishi isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent 07-oktyabrdagi. 10 dagi PM-291-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10- dekabrdagi PM- 291 a -sonli ma’lumotnomasi). Natijada fan modulida oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan.
operativ, izchil va strategik maqsadlarda ayollarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik oldini olish ta’minlanishining psixoprofilaktik va reabilitatsiya imkoniyatlarini takomillashtirishga mo‘ljallangan psixologik model ishlab chiqilganligi bo‘yicha ilmiy natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 07-oktyabrdagi PM-291-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda «Oila psixologiyasi» moduliga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 10-dekabrdagi PM- 291 a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fan modulida oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik usullar miqdori ortgan.