Sahieva Matluba Toshpulat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/P118.
Ilmiy rahbar: Kadirov Kamolidin Batirovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Norqulova Nargiza Toshpoʻlatovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini oʻrganish va yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni takomillashtirish bo‘yicha trening dasturi ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishi, asosan, “jamiyatga foyda keltirish”, “shaxsiy qiziqish” omillari ta’sirida jamoat tadbirlarida faol ishtirok etish istagi bilan bog‘liqligi, ammo real hayotda yoshlar, asosan, internet tarmoqlari orqali “tomoshabin” sifatida ishtirok etish bilan chegaralanishlari aniqlangan.
shaxsning norozilik faoliyati bilan bog‘liq “negativizm”, “emansipatsiya”, “oppozisiya”, “nigilizm”, “eskapizm” xislatlari yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar ekanligi empirik jihatdan dalillangan.
shaxsning psixoemotsional xususiyatlari bilan bog‘liq “muloqotmandlik”, “muvozanatlashganlik”, “maskulinizm” fazilatlari yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi barobarida “asabiylik”, “spontan agressivlik”, “depressivlik”, “jizzakilik”, “emotsional o‘zgaruvchanlik” kabi sifatlar salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirish boʻyicha trening dasturi maqsadli va hayotiy qadriyatlar shakllanishini samarali tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyati samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishi, asosan, “jamiyatga foyda keltirish”, “shaxsiy qiziqish” omillari ta’sirida jamoat tadbirlarida faol ishtirok etish istagi bilan bog‘liqligi, ammo real hayotda yoshlar, asosan, internet tarmoqlari orqali “tomoshabin” sifatida ishtirok etish bilan chegaralanishlari aniqlanganligiga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kursi rejasining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-302-sonli buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-302-a-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishiga taʼsir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tizimini yaratish texnologiyasini yaratish samaradorligini oshirishga erishilgan;
shaxsning norozilik faoliyati bilan bog‘liq “negativizm”, “emansipatsiya”, “oppozisiya”, “nigilizm”, “eskapizm” xislatlari yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillar ekanligi empirik jihatdan dalillangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kursi rejasining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-302-sonli buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-302-a-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faollikning kognitiv farqlari va xususiyatlarini tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
shaxsning psixoemotsional xususiyatlari bilan bog‘liq “muloqotmandlik”, “muvozanatlashganlik”, “maskulinizm” fazilatlari yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollik shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi barobarida “asabiylik”, “spontan agressivlik”, “depressivlik”, “jizzakilik”, “emotsional o‘zgaruvchanlik” kabi sifatlar salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kursi rejasining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-302-sonli buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-302-a-sonli dalolatnomasi). Natijada psixologiya yo‘nalishi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi namoyon bo‘lish xususiyatlari orasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarning kengayishiga sharoit yaratilgan;
yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirish boʻyicha trening dasturi maqsadli va hayotiy qadriyatlar shakllanishini samarali tartibga solish va to‘g‘ri yo‘naltirish imkoniyati samaradorligi isbotlangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kursi rejasining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-302-sonli buyrug‘i asosida “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-302-a-sonli dalolatnomasi). Natijada yoshlarda ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirish tarkibiy qismlari psixologiya fanidagi zamonaviy ma’lumotlar asosida ta’lim sifatini oshirish imkoni kengaytirilgan.