Mo‘minova Dilrabo Murodillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir qizlarda deviant xulq shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P290.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obid Safarovich , psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  o‘smirlik davridagi qizlarda namoyon bo‘ladigan deviant xulq-atvorning psixologik xususiyatlarini aniqlash hamda uni oldini olish va susaytirish bo‘yicha psixoprofilaktik, psixokorreksion chora-tadbirlarni takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarbiyasi qiyinlikning yuksak shakli o‘smir qizlar orasida kam bo‘lsa-da uchrashi asosida, ularda asosan deviantlikning quyi darajasi ko‘proq hamda uning namoyon bo‘lishida kichik va katta o‘smir qizlarda ahamiyatli farqlar mavjud emasligi aniqlangan;
ota-ona ustanovkasida demokratik munosabatlarning etishmasligi tufayli farzandlarda agressivlik ortishi, jumladan ota-onalarning qizi bilan muloqotda qarovsizlik va taʻzyiq, o‘smirni kichik omadsiz ekanini taʻkidlash o‘z navbatida deviantlikni ham kuchaytirishi asoslangan;
kichik o‘smir qizlarda shubhalanuvchanlik va o‘z -o‘ziga zarar etkazish hamda hissiy reaksiyalar orasida manfiy, bilvosita agressiya va tajovuzkorlikka yoʻnalganlik orasida musbat bog‘lanish, katta o‘smirlarda faqat ustuvorlik va addiktiv axloq hamda emotiv tip va delikvent xulq-avtor orasida manfiy aloqadorlik mavjudligi Pirson korrelyasion mezoni asosida aniqlangan; 
o‘smir qizlarning kognitiv, emotsional va konativ sohasiga taʻsir etish orqali deviantlikni susaytirish, profilaktika qilish mumkin ekanligi aniqlovchi va nazorat tajribalari natijalarini differensiallash asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:   
O‘smirlik davridagi qizlarda  namoyon bo‘ladigan deviant xulq-atvorning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tarbiyasi qiyinlikning yuksak shakli o‘smir qizlar orasida kam bo‘lsa-da uchrashi asosida, ularda asosan deviantlikning quyi darajasi ko‘proq hamda uning namoyon bo‘lishida kichik va katta o‘smir qizlarda ahamiyatli farqlar mavjud emasligi haqida ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-297-son buyrugʻiga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-297-son maʻlumotnomasi). Natijada pedagog-psixologlarning o‘smirlik davrida deviantlik rivojlanishiga taʻsir etuvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan amaliy ishlar samaradorligini takomillashtirishga erishilgan;
ota-ona ustanovkasida demokratik munosabatlarning etishmasligi tufayli farzandlarda agressivlik ortishi, jumladan ota-onalarning qizi bilan muloqotda qarovsizlik va taʻzyiq, o‘smirni kichik omadsiz ekanini taʻkidlash o‘z navbatida deviantlikni ham kuchaytirishi asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi  PM-297-son buyrugʻiga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-297-son maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-psixolog mutaxassislarni oilada ota-ona-bola munosabatlari psixologiyasiga oid o‘quv mashgʻulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
kichik o‘smir qizlarda shubhalanuvchanlik va o‘z -o‘ziga zarar etkazish hamda hissiy reaksiyalar orasida manfiy, bilvosita agressiya va tajovuzkorlikka yoʻnalganlik orasida musbat bog‘lanish, katta o‘smirlarda faqat ustuvorlik va addiktiv axloq hamda emotiv tip va delikvent xulq-avtor orasida manfiy aloqadorlik mavjudligiga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-297-son buyrugʻiga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil  10-dekabrdagi  PM-297-son maʻlumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi natijasida pedagog-psixologlarning o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda deviantlikni paydo bo‘lish shart-sharoitlaridan biri sifatida ota-onaning farzandga demokratik munosabatda bo‘lish haqidagi bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
o‘smir qizlarning kognitiv, emotsional va konativ sohasiga taʻsir etish orqali deviantlikni susaytirish, profilaktika qilish mumkin ekanligi aniqlovchi va nazorat tajribalari natijalarini differensiallash asosida dalillanganligi haqida ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil  7-dekabrdagi PM- 297-buyrugʻiga asosan «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya»  moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi  PM-297-son maʻlumotnomasi). Mazkur modelning joriy etilishi natijasida bo‘lajak psixolog kadrlarning «o‘smir yoshidagi o‘quvchilarda delikventlikni korreksiyalash» borasidagi amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida «Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya» o‘quv fani doirasidagi mavzular mazmuni va o‘quv uslubiy majmua takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish