Azimova Sayora Gulamjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.04 - Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni - “Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4490
Ilmiy rahbar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Erkaklar shaklbarqaror ustki trikotaj kiyimlarini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
charm mato qoldiqlari va lastik to‘qima asosli import o‘rnini bosuvchi eksportbop, ikki tomonlama kiyishga mo‘ljallangan erkaklar ust kiyim konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
ilk bora milliy “to‘n” bichimini erkaklar ustki trikotaj kiyimiga qo‘llab, takomillashgan “kardigan” loyiha – konstruksiya chizmalari ishlab chiqilgan;
aralash tolali trikotaj to‘qimalarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, erkaklar ustki kiyimining resurstejamkor texnologiyasini texnologik ketma-ketligi sxemasi ishlab chiqilgan;
tikish jarayonida choklar sonini kamaytirish, vaqt sarfi va gazlamalarni tejash hisobiga biriktirma choklari berkitilgan ikki tomonlama kiyish uchun tavsiya etiladigan erkaklar to‘nining konstruktorlik echimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkaklar ustki trikotaj kiyimlarini ekspluatatsion ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
charm mato qoldiqlari va lastik to‘qima asosli erkaklar milliy to‘nini resurstejamkor texnologiyasini Namangan viloyatidagi “YaNTEKS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 23 dekabrdagi №03/25-3462 son ma’lumotnomasi). Natijada erkaklar ustki kiyimiga tavsiya etiladigan astarlar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada astarsiz ustki kiyimlarga bo‘lgan ehtiyoj eng yuqori 37%, trikotaj to‘qimasiga bo‘lgan ehtiyoj eng yuqori 49% hamda aralash tolali matolarga bo‘lgan talab eng yuqori 37% ekanligi aniqlangan. Taklif etilgan “erkaklar to‘n bichimidagi kardigan” ni ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni kamayishi hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 1 smenada 396 800 (uch yuz to‘qson olti ming sakkiz yuz) so‘mni, 1 oyda 20 633 600 (yigirma million olti yuz o‘ttiz uch ming olti yuz) so‘mni tashkil qilgan;
aralash tolali trikotaj to‘qimalaridan erkaklar zamonaviy kardiganini “YaNTEKS” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 23 dekabrdagi №03/25-3462 son ma’lumotnomasi). Natijada erkaklar kardiganini yangi assortimenti yaratilishi hisobiga iste’molchilar talab va extiyoji qondirilgan hamda eksport salohiyatini oshirishga erishilgan.