Obidova Irodaxon Nozimjonovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4917 
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich texnika fanlari doktori, dotsent; Gulyaeva Gulfiya Harisovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tuzilishdagi naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali trikotaj mahsulotlari assortimentini kengaytirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mashinaning texnologik parametrlarini yani ignadon joylashuvini o‘zgartirish orqali issiqlik va shakl saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli - naqshli trikotaj to‘qimasini olish texnologiyasini ishlab chiqilgan;
naqshli trikotaj to‘qima namunalarini tuzilish rapportlarini o‘zgartirib tarkibiga arqoq ipini kiritish hamda qatlamlarida xomashyo ulushini o‘zgarish orqali to‘qimaning texnologik parametrlari aniqlangan;
trikotaj to‘quv mashinasida arqoq ipini tashlovchi moslamani turli usullarda joylashtirib, naqshli to‘qimalarning tarkibida arqoq ipi ortirib, glad halqa qatorlarini lastik qatoriga o‘zgartirish hisobiga havo o‘tkazuvchanlik, kirishish, uzish kuchi va deformatsiya xususiyatlarini kompleks baholash orqali maqbul qiymatlar aniqlangan;
naqshli trikotaj to‘qimasining halqa balandligi, halqa ipi uzunligi va qalinligini hajm zichligi hamda havo o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ta’sir etuvchi maqbul qiymatlarini regression matematik model asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Trikotaj mashinalarining imkoniyatlari va texnologiyasi tahlili natijasida naqshli trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
issiqlik va shakl saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lgan ikki qatlamli - naqshli trikotaj to‘qimasini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “FORESTCOLOR” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga (“O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasining 2024-yil 16-sentyabrdagi №03/25-938 ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Natijada ishlab chiqarilgan trikotaj to‘qimalarining turli usullarda olinganligi hisobiga xomashyo sarfini asos to‘qimasiga qaraganda 9 % dan 23% gacha tejashga erishilgan hamda 1000 kilogramm mahsulot olish uchun iqtisodiy samaradorlik 14 036 302 so‘mni tashkil etgan.
        naqshli trikotaj to‘qima namunalarini tuzilish rapportlarini o‘zgartirib tarkibiga arqoq ipini kiritish hamda qatlamlarida xomashyo ulushini o‘zgarish texnologiyasi “Textile and light industry center” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan(“O‘zto‘qimachilik sanoati” uyushmasining 2024-yil 16-sentyabrdagi №03/25-938 ma’lumotnomasi). Natijada xomashyo ulushini o‘zgarish texnologiyasini qo‘llash hisobiga xom ashyo sarfini asos to‘qima (I-variant)ga nisbatan 4,9-12,6 % gacha kamaytirishga erishilgan hamda xajm zichligi kamayib, matoning havo o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish