Sobirov Qo‘ziboy Erkinovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yangi yaratilgan mahalliy duragay pillalarni qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasi” 05.06.02–“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T637 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxodjaeva Nilufar Raximovna,  texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulam Nabidjanovich texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi yaratilgan mahalliy duragay pillalarni qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi yaratilgan mahalliy duragaylardan ikkinchi takroriy mavsumda etishtirilgan pillalarni saralashda nuqsonli pillarni keyingi jarayonga o‘tkazmaslik asosida chuvish texnologik jarayonlari takomillashtirilgan;
pillalardan yuqori sifatli “3A” va “4A” sinfiga mos xom ipak olish uchun ularning qobiq xususiyatlari-suv o‘tkazuvchanligi, qattiqligi, g‘ovakdorligini tahlili asosida, pilla ipini qobiqdan ajralish adgeziya kuchini kamaytirish orqali texnologik rejimlar ishlab chiqilgan; 
navsiz pillalar nuqsonlarini va qattiqligini bug‘lash jarayoniga ta’sirini aniqlash asosida iplarning chiziqli zichligini nazorat qilmasdan bir tekis parallel  joylashgan ipak kalavasini olish texnologiyasi hamda pilla ilgichlarini 10 tadan 3 taga qisqartirish orqali chuvish  dastgohi  takomillashtirilgan;
bikomponent ip mustahkamligiga uning tarkibidagi ipak tolalar ulushi, buramlar soni va pilta cho‘zilishini ta’siri isbotlangan hamda aralash tolali yigirilgan iplarni ishlab chiqarishni takomillashtirilgan texnologiyasi yaratilgan; 
takomillashtirilgan ipak ishlab chiqarish va navsiz pillalarni qayta ishlash texnologiyalarida olinadigan xom ipak va bikomponent yigirilgan ipining sifatiga ta’sir qiluvchi omillarning ratsional qiymatlari qurilgan regression modellarning tahlili asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi yaratilgan mahalliy duragay pillalarni qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki kiyimlarga mo‘ljallangan trikotaj ishlab chiqarish uchun xomashyo tayyorlash usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Intellektual mulk Agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 7697, 2024 y.), natijada navsiz pillalarni chuvishni (NPChD) dastgohi takomillashtirilgan;
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarida, jumladan, Xorazm viloyatining Xiva shahridagi “Khiva Silk Fabric” MChJ, Yangiariq tumanidagi “XORAZM PILLA XOLDING” MChJ da joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2024 yil 15 avgustdagi 4-3/977-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda davlat standarti talablari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan “2A” sinfiga mos xom ipak sifati bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanib, davlat standarti talablari bo‘yicha “3A” sinfiga mos yuqori sifatli xom ipak olish imkoniyati yaratilgan. Pillalarni chuvish jarayonidagi pillalarning solishtirma sarfi 2,8 dan 2,7 kg gacha kamaytirilib bir kilogramm xom ipak olish uchun sarflanadigan pilla xomashyosi sarfi 3,57% ga kamaytirilishiga erishilgan;
bikomponent yangi turdagi gazlamalar uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan, “TEXTILE FINANCE KHOREM” MChJ, “KOBOTEX” MChJ, “GLASUN TASHKENT” MChJ shaklidagi xorijiy korxonalarida (“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasining 2024 yil 29 avgustdagi 03/25-2291 sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada, aralash tolalardan yigirilgan ip olish yangi texnologiya va usulda ishlab chiqarilgan yigirilgan iplar assortimentini qo‘llashda 100% paxta ipiga nisbatan sifat ko‘rsatkichi 17,3% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish