To‘xtasinov Davronbek Xoshimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta pnevmotransporti ventilyatori ishchi parametorlarining ilmiy asoslari” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3340
Ilmiy rahbar: Sharibaev Nosirjon Yusupjanovich, Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abdiramatovich, texnika fanlar doktori, dotsent; Usmanov Shuxrat Kamolxonovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani qayta ishlash korxonalaridagi Jin mashinasini ekspert tizimlari asosida takomillashtirilgan mexatronik, diagnostik tizimini ishlab chiqishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitdan tolani ajratib beruvchi arrali jin mashinasining dvigatelidagi tovush, tebranish va elekrtomagnit maydon parametrlarini hisobga olib, real vaqt ichida nosozliklarni aniqlab beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
paxta navi va namligi qiymatlari bo'yicha sun'iy intellektga asoslangan qayta xisoblash usuli orqali xom-ashyo valigi zichligini rostlovchi dasturiy ta'minot yaratilgan;
noaniq mantiq asosida jin mashinasi asinxron dvigatelini kuzatish tizimidagi anomaliyalarni ajratish, tahlil qilish orqali dvigatel rotori va stratoridagi nosozliklarni aniqlashning mexatronik tizimi yaratilgan;
jin mashinasi unumdorligini oshiruvchi va energiya sarfini kamaytirishni ta’minlovchi xom ashyo valigi zichligini optimal darajada saqlab qolishni amalga oshiruvchi integral elektron modul taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekspert tizimlari yordamida jin mashinasi dvigatelini diagnostika qilishni mexatronik tizimini yaratishga doir olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta tozalash korxonalarida jin qurilmalari elektromexanik qismlarini diagnostika qilish va ularni yuklama ta’sirida ishdan chiqishini oldini olish maqsadida yaratilgan yangi mehatronik tizim "Art soft teks" MChJning "Gigant paxta tozalash" korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 30-oktyabridagi №03/25-2884-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizim yordamida jin qurilmalarining ishdan chiqish holatlari kamayishiga, elektr energiyasi iste’moli optimallashtirishga, jin qurilmasining elektrodvigatel ishlash davri 6,94% dan 20.1% gacha oshirilishiga hamda korxonada yillik 64464,12 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.