Xamdamov Sherali Abdixamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet fonida o‘pka absesslarida VAC-terapiya ffektivligini morfologik baholash», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3041.
Ilmiy rahbarlar: [Israilov Rajabbay], tibbiyot fanlari doktori, professor; Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamarajabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: VAC terapiyasi samaradorligini tajriba sharoitida morfologik jihatdan asoslash orqali o‘pka absessi bilan xastlangan bemorlarni qandli diabet negizida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet negizida absess rivojlanishida o‘pka to‘qimalaridagi dastlabki morfologik o‘zgarishlar qon tomirlarining diffuz ko‘payishi, qon tomir devorining dezorganizatsiyasi, shish va perivaskulyar qon ketishning rivojlanishi, interalveolyar septaning leykotsitar infiltratsiyasi, o‘pka to‘qimalarining qon ketishi va disatelektazining ko‘chayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslangan;
qandli diabet negizida o‘pka absessining tajriba modeli bo‘lgan hayvonlarda zararlanish o‘choqlarini sanatsiya qilishda vakuum terapiyasining morfologik samaradorligi qandli diabet uchun xarakterli bo‘lgan ekssudativ faza va destruktiv o‘zgarishlarning so‘rilishi jadalashishi shaklida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qandli diabet negizida o‘pka absesslarini sanatsiya qilish maqsadida vakuum terapiyasini qo‘llash orqali davolashning dastlabki bosqichlarida endotelial hujayralar migratsiyasi va proliferatsiyasi, angiogenezi tezlashishi, granulyasiya to‘qimalarining jadal shakllanishi natijasida regenerativ jarayonlarning yaxshilanishi isbotlangan;
chuqur joylashgan yiringli-nekrotik jarayonlarni davolashda boshqariladigan vakuum terapiyasini o‘tkazish moslamasi asosida qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda o‘pka absessini davolashda boshqariladigan salbiy bosim usulini VAC terapiyasi perfekal yallig‘lanish va infiltratsiyani kamaytirish orqali regenratsiya jarayonini kuchaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet negizida o‘pka absesslarida VAC-terapiya samardorligini morfologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet negizida absess rivojlanishida o‘pka to‘qimalaridagi dastlabki morfologik o‘zgarishlar qon tomirlarining diffuz ko‘payishi, qon tomir devorining dezorganizatsiyasi, shish va perivaskulyar qon ketishning rivojlanishi, interalveolyar septaning leykotsitar infiltratsiyasi, o‘pka to‘qimalarining qon ketishi va disatelektazining ko‘chayishi bilan namoyon bo‘lishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 30 yanvarda 7-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda o‘pka absessini davolashda VAC-terapiyani qo‘llash» va «Morfo-strukturnie izmeneniya v legkix pri ix gnoyno-destruktivnix zabolevaniyax na fone saxarnogo diabeta» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 98-son hamda Bekobod shahar markaziy shifoxonasi bo‘yicha 27.04.2024 yildagi 88-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet negizida o‘tkir o‘pka absessi bilan xastalangan bemorlarni erta davrlarda tashxislash va davolashda VAC-terapiya qo‘llash orqali bemorlarning klinik jixatdan sog‘ayishi, yiringli-destruktiv jarayonning surunkali shaklga o‘tish holatlari va o‘limga olib keladigan bemorlar sonining kamayishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘pka patalogiyalarida bajariladigan radikal ya’ni, organlarni olib tashlash operatsiyalarini o‘tkazish zaruratidan qochish, shifoxonada yotoq kunlarini qisqartirish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada erta muddatlarda yaxshilash imkonini berganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitda o‘rtacha 7 kundan 21 kungacha davolash va operativ davoga sarflanadigan 2578000 so‘mdan 6440000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari qandli diabet kasalligi ta’sirida o‘pka to‘qimasida qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet negizida o‘pka absessining tajriba modeli bo‘lgan hayvonlarda zararlanish o‘choqlarini sanatsiya qilishda vakuum terapiyasining morfologik samaradorligi qandli diabet uchun xarakterli bo‘lgan ekssudativ faza va destruktiv o‘zgarishlarning so‘rilishi jadalashishi shaklida namoyon bo‘lishini isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 30 yanvarda 7-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda o‘pka absessini davolashda VAC-terapiyani qo‘llash» va «Morfo-strukturnie izmeneniya v legkix pri ix gnoyno-destruktivnix zabolevaniyax na fone saxarnogo diabeta» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 98-son hamda Bekobod shahar markaziy shifoxonasi bo‘yicha 27.04.2024 yildagi 88-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet negizida o‘pka absessining tajriba modeli bo‘lgan hayvonlarda zararlanish o‘choqlarini sanatsiya qilishda vakuum terapiyasining morfologik samaradorligi qandli diabet uchun xarakterli bo‘lgan ekssudativ faza va destruktiv o‘zgarishlarning so‘rilishi jadalashishi shaklida namoyon bo‘lishini isbotlash natijasida, qandli diabetga chalingan bemorlarda yiringli-destruktiv o‘pka kasalliklari o‘pka to‘qimalarida nekrobitik jarayonlar rivojlanishining yuqori qismi uning zararlanishining gangrenoz shakllari shakllanishi bilan namoyon bo‘lishi ochib berish va qandli diabet negizida o‘tkir o‘pka absessi bilan xastalangan bemorlarni erta davrlarda tashxislash va davolashda VAC-terapiya qo‘llash orqali bemorlarning klinik jixatdan sog‘ayishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitda o‘rtacha 7 kundan 21 kungacha davolash va operativ davoga sarflanadigan 2578000 so‘mdan 6440000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari qandli diabet kasalligi ta’sirida o‘pka to‘qimasida qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qandli diabet negizida o‘pka absesslarini sanatsiya qilish maqsadida vakuum terapiyasini qo‘llash orqali davolashning dastlabki bosqichlarida endotelial hujayralar migratsiyasi va proliferatsiyasi, angiogenezni tezlashishi, granulyasiya to‘qimalarining jadal shakllanishi natijasida regenerativ jarayonlarning yaxshilanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 30 yanvarda 7-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda o‘pka absessini davolashda VAC-terapiyani qo‘llash» va «Morfo-strukturnie izmeneniya v legkix pri ix gnoyno-destruktivnix zabolevaniyax na fone saxarnogo diabeta» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 98-son hamda Bekobod shahar markaziy shifoxonasi bo‘yicha 27.04.2024 yildagi 88-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet negizida o‘pka absesslarini sanatsiya qilish maqsadida vakuum terapiyasini qo‘llash orqali davolashning dastlabki bosqichlarida endotelial hujayralar migratsiyasi va proliferatsiyasi, angiogenezni tezlashishi, granulyasiya to‘qimalarining jadal shakllanishi natijasida regenerativ jarayonlarning yaxshilanishida yuzaga keladigan qon ketishlarni hamda organizmda kechadigan funksional o‘zgarishlarni oldini olishga asos bo‘lishning patomorfologik modeli yaratilganligi bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitda o‘rtacha 7 kundan 21 kungacha davolash va operativ davoga sarflanadigan 2578000 so‘mdan 6440000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari qandli diabet kasalligi ta’sirida o‘pka to‘qimasida qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: chuqur joylashgan yiringli-nekrotik jarayonlarni davolashda boshqariladigan vakuum terapiyasini o‘tkazish moslamasi asosida qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda o‘pka absessini davolashda boshqariladigan salbiy bosim usulini VAC terapiyasi perfekal yallig‘lanish va infil`tratsiyaning kamaytirish orqali regenratsiya jarayonini kuchaytirish isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2023 yil 30 yanvarda 7-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet kasalligi bor bemorlarda o‘pka absessini davolashda VAC-terapiyani qo‘llash» va «Morfo-strukturnie izmeneniya v legkix pri ix gnoyno-destruktivnix zabolevaniyax na fone saxarnogo diabeta» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 07.09.2023 yildagi 98-son hamda Bekobod shahar markaziy shifoxonasi bo‘yicha 27.04.2024 yildagi 88-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan xastlangan bemorlarda o‘pka to‘qimalarining bu turi yiringli yallig‘lanish jarayonini umumiylashtirish shaklida asoratlarning yuqori qismi bilan birga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan va buning natijasida qandli diabet fonida o‘pka absesslarini sanatsiya qilish uchun VAC terapiyasidan foydalanishning samarali usuli o‘rtacha manfiy bosim rejimi - 62,5 mm.simust.teng ekanligi baholash tartibi ishlab chiqish va uning amaliyotga tatbiq natijasida o‘pka absessida bajariladigan operatsiyalarini o‘tkazish zaruratidan qochish, shifoxonada yotoq kunlarini qisqartirish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitda o‘rtacha 7 kundan 21 kungacha davolash va operativ davoga sarflanadigan 2578000 so‘mdan 6440000 so‘mgacha byudjet mablag‘lari qandli diabet kasalligi ta’sirida o‘pka to‘qimasida qayta tiklanmas tuzilmaviy o‘zgarishlar yuzaga kelgandan so‘ng paydo bo‘lgan og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.