Azizova Nodira Abduvaxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy populyasiyadagi ona asalarilarni biotexnologik usulda qo‘shimcha oziqlantirishning ta’sirini baholash (Buxoro viloyati sharoitida)», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V946.
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Zahro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Farhod Xojiqurbonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida mahalliy populyasiyadagi ona asalarilarni shakllanishi, morfologik belgilari hamda mahsuldorlikgini oshirishda qo‘shimcha oziqlantirishning ta’sir darajasini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
donli va dukkakli urug‘larga Fitovak biostimulyatori yordamida ishlov berish orqali ular tarkibidagi moddalar miqdorining haroratga, undirish vaqti va biostimulyator konsentratsiyasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor ona asalarilar fruktozoga boy urug‘ shiralari bilan oziqlantirildi hamda urug‘ shirasi tarkibidagi uglevodlar, vitaminlar, oqsillarning tarkibi solishtirma ravishda biokimyoviy baholangan;
fitovak biostimulyatori yordamida ishlov berilgan donli va dukkakli urug‘ o‘simtalaridan asalari oilasi uchun qo‘shimcha, sifatli, bioxavfsiz ozuqa ishlab chiqilgan;
mahalliy asalari oilasiga biotexnologik usulda tayyorlangan qo‘shimcha ozuqalar alohida va kombinatsiyasilangan holda berilib, asalari oilasidagi mahsuldorlik darajasiga hamda ona asalarilarining eksterer va interer ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri variantlar kesimida baholangan;
asalari oilasiga bug‘doy va soya shirasidan iborat kombinatsiya, asalari xo‘jaliklarida qo‘shimcha ozuqalar sifatida berilganda yuqori samaradorlik qayd etilib, yilning to‘rt mavsumi, ayniqsa qishlash davrida foydalanish meyorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati sharoitida ona asalarni qo‘shimcha biotexnologik usulda oziqlantirish ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Buxoro viloyatining tabiiy iqlim sharoitida mahalliy populyasiyadagi asalari oilalaridan ona asalarilar etishtirishda morfometrik ko‘rsatgichlariga jumladan, qanot uzunligi, kengligi, ishchi arilarda xartum uzunligi ona asalarilarning vazniga ta’sir ko‘rsatuvchi soya, qand jo‘xori va bug‘doy donlari shiralaridan tayyorlangan qo‘shimcha ozuqa “Saidov Samad Sanoevich” dehqon fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Asalarichilari uyushmasining 2025 yil 16 maydagi 55-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ona asalarilarni morfometrik ko‘satgichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va nazoratga nisbatan tajriba variantlaridan 15-18 % yuqori sifatli asal olish imkonyatini bergan;
mahsuldor ona asalar etishtirishda biotexnologik usulda tayyorlanagan qo‘shimcha ozuqalar tarkibidagi fruktoza, oqsil, aminokislotalar, vitaminlar hamda mineral moddalar tahlil qilingan va oziqlantirish meyorlari Buxoro viloyatidagi “Shamsi Rajab toza asal” fermer xo‘jaligi amalyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 20 maydagi 02/23-1112-son ma’lumotnomasi). Natijada, asalarilarning mahsuldorlik ko‘rsatgichlarini nazoratga nisbatan 8-12 % ga oshirish imkonini bergan.