Aripov Baxtiyor Farmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro viliyati turli tuproq sharoitlarida paxta etishtirishning samarali agrobiotexnologiyasi asoslarini yaratish», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/V570.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xo‘jjiev Sodiq Oltievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm mamun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida “Mikrozim-2” fermentli organik o‘g‘it orqali sho‘rlangan tuproqlar unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati ikki tumanidagi sho‘rlangan tuproqlari o‘rganilib, ularning real holatlariga baho berilgan va ularning sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli sho‘rlanish tiplarga kirishi hamda mikrobiologik holati aniqlangan va eng ko‘p miqdorda bakteriyalar, zamburug‘lar, so‘ngra esa aktinomisetlar keng tarqalganligi asoslangan;
Streptomyces sp 166 aktinomiset kulturasini arzon chikindilarda (spirtli bug‘doy bardasi) o‘stirish sharoitlarini optimallashtirish orqali maksimal miqdorda oqsil va antibiotik moddalar sintez qilish imkoniyati yaratilgan;
“Mikrozim-2” biopreparati yordamida g‘o‘za chigitlarga ekish oldi ishlov berish, g‘o‘za barglari orqali oziqlantirish, tuproq unumdorligi, biologik faolligini ta’minlovchi gumus va mikroorganizmlarning miqdori 30% oshganligi isbotlangan;
Ilk marotaba Buxoro viloyatining (Buxoro, Jondor tumanlarida) sho‘rlangan tuproqlar tarkibida stressga chidamli bo‘lgan patogen va foydali mikroorganizmlar peyzaji va ularning miqdorlari baholangan;
Ilk bor “Mikrozim-2” biopreparatidan Buxoro viloyati sharoitlarida g‘o‘za etishtirishda foydalanishning mavjud texnologiyaga nisbatan samarali usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati turli tuproq sharoitlarida g‘o‘za etishtirishning samarali agrobiotexnologiyasi asoslarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Buxoro viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida “Porloq-2”, “Buxoro-10” va “Buxoro-6” g‘o‘za navlari ekishdan oldin tuksiz chigitlariga ekologik xavfsiz enzimli organik o‘g‘it “Mikrozim-2” biopreparati Jondor tumanidagi “Latif Sharif Ergash” va “Ibod-Obod” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2023 yil 1 martdagi 01/03-0441-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chigitlarning unib chiqishi nazorat variatiga nisbatan 2-3 kunga tezlashganligi, ko‘saklar soni 2-3 donaga ortganligi hamda g‘o‘zadan nazorat variantiga nisbatan qo‘shimcha 2,0-3,0 sentner hosil olish imkonini bergan;
“Porloq-2, “Buxoro-10” va “Buxoro-6” g‘o‘za navlarining hosildorligini oshirish va kasalliklarini kamaytirish maqsadida, ekishdan oldin chigitlarga “Mikrozim-2” biopreparati bilan ishlov berish me’yorlari (30 l/t) va muddatlari (12-24 soat) Buxoro tumanidagi “Sayfillo-Bobo Zirabodi” va “IGX Zirabod” fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 1 iyundagi 05/06/515-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biopreparat qo‘llanilgan ekin maydonlarda chigitning unuvchanligi 24% oshgan va gektariga qo‘shimcha 3,0-4,0 sentner hosil olish imkonini bergan.