Kadirova Durdona Furkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari », 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P920.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Komoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Salomova Guli Shodimuradovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ochib berish asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning lingvistik qobiliyatlari ularning ta’lim yo‘nalishiga bog‘liq ravishda kuchliroq ifodalanganlishi talabalar shaxsiy o‘sish darajasida ikki va undan ortiq tillarni o‘rganishga o‘zlarini safarbar etishlari ulardagi tilning fonetik, leksik, grammatik va stilistik tuzilmasiga nisbatan intellektual ta’sirchanlikni kuchliligi, nutqning tinglash, gapirish, o‘qish va yozma shakllariga bog‘liq faollikni ustuvorligiga bog‘liqligi asoslangan;
talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishi tilga oid senzitivlik kognitiv omillarning ustuvor ta’sirida so‘zlarni kombinatsiyalash xususiyati, so‘z-mantiqiy hamda kreativ fikrlashga bog‘liq tafakkur tipi bilan ijobiy korrelyasiyalanganligi isbotlangan;
talabalardagi lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishiga motivatsion omillarning ta’siri tufayli xorijiy tillarni o‘rganishga nisbatan hissiy-qadriyatli va pragmatik motivlarning ustuvorligiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun nutq faoliyatining gnostik, kollaborativ (hamkorlikka asoslangan), konstruktiv kompetensiyalarini shakllanishi til o‘rganish sezgirligini ortishiga olib kelishi tufayli metakognitiv texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
talabalarning lingvistik qobiliyatlari ularning ta’lim yoʻnalishiga bog‘liq ravishda kuchliroq ifodalanganligi talabalar shaxsiy o‘sish darajasida ikki va undan ortiq tillarni o‘rganishga o‘zlarini safarbar etishlari ulardagi tilning fonetik, leksik, grammatik va stilistik tuzilmasiga nisbatan intellektual ta’sirchanlikni kuchliligi, nutqning tinglash, gapirish, o‘qish va yozma shakllariga bog‘liq faollikni ustuvorligiga bog‘liqligi asoslanganligiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-268-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-268a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishi tilga oid senzitivlik kognitiv omillarning ustuvor ta’sirida so‘zlarni kombinatsiyalash xususiyati, so‘z-mantiqiy hamda kreativ fikrlashga bog‘liq tafakkur tipi bilan ijobiy korrelyasiyalanganligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-268-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-268a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishiga kognitiv omillarning ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
talabalardagi lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishiga motivatsion omillarning ta’siri tufayli xorijiy tillarni o‘rganishga nisbatan hissiy-qadriyatli va pragmatik motivlarning ustuvorligiga bog‘liq ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-268-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-286a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi lingvistik qobiliyatlarni rivojlanishiga motivatsion omillarning ta’siri tadqiq etilgan.
talabalarda lingvistik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun nutq faoliyatining gnostik, kollaborativ (hamkorlikka asoslangan), konstruktiv kompetensiyalarini shakllanishi til o‘rganish sezgirligini ortishiga olib kelishi tufayli metakognitiv texnologiyalarni bosqichma-bosqich qo‘llash zarurati asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-noyabrdagi PM-286-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 28-noyabrdagi PM-286a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda lingvistik qobiliyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.