Sattarova Gulnora Ikromovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi «Imkoniyati cheklangan o‘smirlar hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirishda tizimli yondashuv (tayanch harakati a’zolarida nuqsoni borlar misolida)», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/P63.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Avlaev Orif Umirovich psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ismoilova Nurjaxon Zuxuriddinovna psixologiya fanlari doktori(DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tizimli yondashuv asosida imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirish hamda takomillashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlikning o‘rta va katta yosh bosqichida bo‘lgan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hissiy- irodaviylik holati sog‘lom o‘smirlar hissiy-irodaviylik darajasiga qiyoslab o‘rganilgani holda; nogiron o‘smirlarda “psixoemotsional beqarorlik”, “xavotirlanish”, “fatal impunitivlik” holatlarining ortishi “tashabbuskorlik” “mustaqillik”, “qat’iyatlilik” “mas’uliyatlilik” sifatlarining dezintegratsiyasiga; “mustaqillik”, ”mas’uliyatlilik”, ”ziyraklik” sifatlarining integratsiyasi “emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish”, “ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish” ning kuchlanishiga; sog‘lom o‘smirlarda “emotsional kassonanslik”, “emotsional intellekt”, “emotsional simpatiya” kabi senzitivlikka xos jihatlari “muloqotda va ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish”, “muammoni hal qilish” xususiyatlari bilan bog‘liqlikda ifodalanishida “mas’uliyatlilik, ”qat’iyatlik”, ”mustaqillik”, ”matonat” kabi sifatlari ustuvor psixodinamik regulyatorlar ekanligi natijasida sog‘lom o‘smirlarning hissiy barqarorligi va irodaviylik holati nogiron tengdoshlaridan yuqoriroq ifodalanishi aniqlangan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy sifatlari shakllanishida emotsional intellekt, lokus nazorat, koping xulq-atvor va shaxslilik komponentlarining aloqadorlik darajasi aniqlangani holda, ularda “ziyraklik”ning zaiflashuvi va“tobelik”ning kuchayishi natijasida, “mas’uliyatlilik”, “g‘ayratlilik” komponentlarida situatsiyon regress holati sodir bo‘lishi; “o‘z his tuyg‘ularini anglash”, “mustaqillik” va “ziyraklik”ning ortishi natijasida esa, “emotsiyonal holatlarda o‘z o‘zini nazorat qilish” ning “internal lokus nazorat” bilan kohsentratsiyalashuvi, buning oqibatida, “muammolardan qochish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qidirish”, “hissiy-beqarorlik” va “zo‘riqish” insidentlarida pasayish dalillangan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy shakllanishini ijobiy ta’minlovchi predikatlar: “mustaqillik”, “ziyraklik”, “o‘z his-tuyg‘ularini anglash”, “o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish”, “boshqalarning his tuyg‘ularini anglash”, “shaxslararo munosabatda emotsional bilimdonlik” va koping xulq atvorga xos stimullar muhim ekanligi isbotlangan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy jihatlarini baholashga qaratilgan so‘rovnomalarning psixotreninglarni qo‘llashga qadar va psixotreninglarni qo‘llagandan so‘ng o‘zgarishlar ijobiy ravishda farqli natijalarni aks ettirganligi aniqlanganligi holda, kompensatorlik xususiyatiga ega ”Psixoemotsional irodaviy rivojlanish” dasturi shakllantirilgan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirishning konseptual modeli kognitiv, xulq-atvor va psixofiziologik jihatlarni differensial baholash imkoniyatiga asoslanib hissiy-irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik shart sharoitlari takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tayanch harakati a’zolarida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarda hissiy-irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlikning o‘rta va katta yosh bosqichida bo‘lgan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning hissiy- irodaviylik holati sog‘lom o‘smirlar hissiy-irodaviylik darajasiga qiyoslab o‘rganilgani holda; nogiron o‘smirlarda “psixoemotsional beqarorlik”, “xavotirlanish”, “fatal impunitivlik” holatlarining ortishi “tashabbuskorlik” “mustaqillik”, “qat’iyatlilik” “mas’uliyatlilik” sifatlarining dezintegratsiyasiga; “mustaqillik”, ”mas’uliyatlilik”, ”ziyraklik” sifatlarining integratsiyasi “emotsional holatlarda o‘zini nazorat qilish”, “ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish” ning kuchlanishiga; sog‘lom o‘smirlarda “emotsional kassonanslik”, “emotsional intellekt”, “emotsional simpatiya” kabi senzitivlikka xos jihatlari “muloqotda va ijtimoiylashuvda o‘zini nazorat qilish”, “muammoni hal qilish” xususiyatlari bilan bog‘liqlikda ifodalanishida “mas’uliyatlilik, ”qat’iyatlik”, ”mustaqillik”, ”matonat” kabi sifatlari ustuvor psixodinamik regulyatorlar ekanligi natijasida sog‘lom o‘smirlarning hissiy barqarorligi va irodaviylik holati nogiron tengdoshlaridan yuqoriroq ifodalanishi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-307 buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-307-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oʻsmirlikning oʻrta va katta yosh bosqichidagi imkoniyati cheklangan va sogʻlom oʻquvchilarning hissiy-irodaviy holatlarini differensiyal empirik tadqiq etish hamda ifodalanishidagi tafovutlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy sifatlari shakllanishida emotsional intellekt, lokus nazorat, koping xulq-atvor va shaxslilik komponentlarining aloqadorlik darajasi aniqlangani holda, ularda “ziyraklik”ning zaiflashuvi va“tobelik”ning kuchayishi natijasida, “mas’uliyatlilik”, “g‘ayratlilik” komponentlarida situatsiyon regress holati sodir bo‘lishi; “o‘z his tuyg‘ularini anglash”, “mustaqillik” va “ziyraklik”ning ortishi natijasida esa, “emotsiyonal holatlarda o‘z o‘zini nazorat qilish” ning “internal lokus nazorat” bilan kohsentratsiyalashuvi, buning oqibatida, “muammolardan qochish”, “ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qidirish”, “hissiy-beqarorlik” va “zo‘riqish” insidentlarida pasayish dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-307 buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-307-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan oʻsmirlar va sogʻlom oʻquvchilarning hissiy-irodaviy komponentlarini emotsional kosonanslik, emotsional intellekt, koping xulq-atvor va shaxslilik omillari bilan bogʻliqligini aniqlashtirilgan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy shakllanishini ijobiy ta’minlovchi predikatlar: “mustaqillik”, “ziyraklik”, “o‘z his-tuyg‘ularini anglash”, “o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish”, “boshqalarning his tuyg‘ularini anglash”, “shaxslararo munosabatda emotsional bilimdonlik” va koping xulq atvorga xos stimullar muhim ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-307 buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-307-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan oʻsmirlar hissiy-irodaviy sifatlari shakllanishini ijobiy ta’minlovchi predikatlari ochib berilgan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy jihatlarini baholashga qaratilgan so‘rovnomalarning psixotreninglarni qo‘llashga qadar va psixotreninglarni qo‘llagandan so‘ng o‘zgarishlar ijobiy ravishda farqli natijalarni aks ettirganligi aniqlanganligi holda, kompensatorlik xususiyatiga ega ”Psixoemotsional irodaviy rivojlanish” dasturi shakllantirilgan ma’lumotlar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-307 buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-307-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan oʻsmirlarning hissiy-irodaviylik holatlarini baholashga qaratilgan soʻrovnomalarning psixotreninglarni qoʻllashga qadar va psixotreninglarni qoʻllagandan soʻng oʻzgarishlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
imkoniyati cheklangan o‘smirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirishning konseptual modeli kognitiv, xulq-atvor va psixofiziologik jihatlarni differensial baholasj imkoniyatiga asoslanib hissiy-irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik shart sharoitlari takomillashtirilgan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-307 buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM-307-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan oʻsmirlarning hissiy-irodaviy sifatlarini shakllantirishning konseptual modeli va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.