Atamuratova Zamira Ikramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P738.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Kamoliddin Batirovich psixologiya fanlari doktori, professor; Sultanova Saida Muhiddin qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda aybdorlik hissining yosh xususiyatlari va xulq-atvorda namoyon bo‘lishini o‘rganib, aybdorlikni adekvat baholash ko‘nikmasini shakllantirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrining yoshga oid xususiyatiga ko‘ra aybdorlik hissini sabr-toqatlilik va egosentrizm bilan uzviy hissiy kechinma sifatida ifodalanishi shaxsning o‘zini qabul qilishi hamda adekvat baholashi (me’yor ko‘rsatkichida) shaxs xulq-atvorida ijobiy sifatlarni tarkib toptirishga xizmat qilishi aniqlangan.
aybdorlik hissining namoyon bo‘lishiga asosan kichik o‘smirlarda katta o‘smirlarga nisbatan yuqori darajasida, ulardagi egosentrizmning pasayishi bilan bog‘liqligi, katta o‘smirlik yosh davrida esa irodaviy sifatlar rivojlanishi yosh bilan bog‘liq omil ekanligi dalillangan.
o‘smirlardagi jabrlanuvchi xulq pozisiyasining yoshga oid xususiyatlarga bog‘liq holda ifodalanishi o‘zaro munosabatlarda mustaqillikning etishmasligi, agressiv harakatlarni kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy statusga integrativ tarzda aybdorlik hissining etarlicha namoyon bo‘lmasligi oqibatida yuzaga kelishi aniqlangan.
o‘smirlik davrida aybdorlik hissini korreksiya qilishda egosentrik assosiasiyalar hamda jabrlanuvchi xulq pozisiyasini bartaraf etish muhimligiga asoslanib, “hissiyotlar olami” korreksion modelini kiritish zarurati isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smirlik davrida aybdorlik hissi orqali namoyon bo‘ladigan emotsional holatlarni psixologik tadqiq qilish natijasida: 
o‘smirlik davrining yoshga oid xususiyatiga ko‘ra aybdorlik hissini sabr-toqatlilik va egosentrizm bilan uzviy hissiy kechinma sifatida ifodalanishi shaxsning o‘zini qabul qilishi hamda adekvat baholashi (me’yor ko‘rsatkichida) shaxs xulq-atvorida ijobiy sifatlarni tarkib toptirishga xizmat qilishi aniqlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-iliy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-153 buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-153-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aybdorlik hissi muammosi yoritilgan nazariy psixologik adabiyotlarni tahlil qilish va uning kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga sharoit yaratilgan;
aybdorlik hissining namoyon bo‘lishiga asosan kichik o‘smirlarda katta o‘smirlarga nisbatan yuqori darajasida, ulardagi egosentrizmning pasayishi bilan bog‘liqligi, katta o‘smirlik yosh davrida esa irodaviy sifatlar rivojlanishi yosh bilan bog‘liq omil ekanligi dalillangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-153 buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-153-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aybdorlik hissini tashxislovchi metodikalarini saralab, kichik va katta o‘smirlik davridagi o‘quvchilarda metodikalarni o‘tkazib, empirik ma’lumotlarni to‘plashga erishilgan;
o‘smirlardagi jabrlanuvchi xulq pozisiyasining yoshga oid xususiyatlarga bog‘liq holda ifodalanishi o‘zaro munosabatlarda mustaqillikning etishmasligi, agressiv harakatlarni kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy statusga integrativ tarzda aybdorlik hissining etarlicha namoyon bo‘lmasligi oqibatida yuzaga kelishi aniqlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-153 buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-153-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aybdorlik hissining egosentrizm, o‘z-o‘zini baholash, jabrlanuvchi xulq pozisiyasi va irodaviy sifatlar bilan bog‘liqligini o‘rganish samaradorligi oshgan;
o‘smirlik davrida aybdorlik hissini korreksiya qilishda egosentrik assosiasiyalar hamda jabrlanuvchi xulq pozisiyasini bartaraf etish muhimligiga asoslanib, “hissiyotlar olami” korreksion modelini kiritish zarurati isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 28-iyundagi PM-153 buyrug‘i bilan  «Ontogenez psixologiyasi. Differensial  psixologiyasi» va «Psixologik maslahat. Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-iyundagi PM-153-a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdagi aybdorlik hissini adekvatlashtirishga qaratilgan korreksion dastur ishlab chiqib va samaradorligi tekshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish