Avazyazova Dilfuza Shovkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimiga xorijiy talabalar moslashishining psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/892.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Baxtigul Bobojonovna, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Mahmudova Dilorom Ahmadovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashish bilan bog‘liq psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida moslashish darajasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy talabalarni oliy ta’limga moslashishi asosida, birinchi bosqichda moslashish darajasi boshqalarni tan olish, o‘z-o‘zini qabul qilish, guruhga moslashishning yuqoriligi, dominantlikka intilish pastligi, nazorat lokusining eksternalligi, jamoaga yo‘nalganlik kabi xususiyatlar bilan, uchinchi bosqichda esa dominantlikka intilishning yuqoriligi, o‘ziga va faoliyatga yo‘nalganlikning ustuvorligi bilan ifodalanganligi tufayli, birinchi va uchinchi bosqichlarida ahamiyatli statistik farqlar aniqlangan.
xorijiy va mahalliy talabalarda oliy ta’limning dastlabki bosqichidagi moslashish darajasini namoyon bo‘lishida hudud bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra, xorijiy talabalarda mahalliy talabalarga nisbatan umumiy va ta’limga moslashish darajasi, emotsional qulaylikning pastligi, xolislik va o‘z-o‘zini nazorat qilishning yuqoriligi dalillangan.
xorijiy talabalarning ijtimoiy moslashish, psixologik moslashish va kognitiv sohalariga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish natijasida ularning oliy ta’limga moslashish, o‘z-o‘zini qabul qilish, emotsional qulaylik va oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati imkoniyatlaridan foydalanish darajasini kuchaytirganligi tufayli xorijiy talabalarni oliy ta’limga adaptatsiya darajasini oshirishga erishish mumkinligi asoslangan.
xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashishini ta’minlashda, ularning ijtimoiy moslashish, psixologik moslashish va kognitiv sohalariga ta’sir etish orqali moslashish darajasi, o‘z-o‘zini qabul qilish, emotsional qulaylik kabi xususiyatlarini rivojlantirish muhimligi tufayli oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi “Universitet umumiy uyimiz” rivojlantiruvchi dasturini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashishida namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish asosida:
xorijiy talabalarni oliy ta’limga moslashishi asosida, birinchi bosqichda moslashish darajasi boshqalarni tan olish, o‘z-o‘zini qabul qilish, guruhga moslashishning yuqoriligi, dominantlikka intilish pastligi, nazorat lokusining eksternalligi, jamoaga yo‘nalganlik kabi xususiyatlar bilan, uchinchi bosqichda esa dominantlikka intilishning yuqoriligi, o‘ziga va faoliyatga yo‘nalganlikning ustuvorligi bilan ifodalanganligi tufayli, birinchi va uchinchi bosqichlarida ahamiyatli statistik farqlar aniqlangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 225 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM- № 225a -son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashishining psixologik xususiyatlarini o‘rganish va tavsiflash imkoniyati yaratilgan;
xorijiy va mahalliy talabalarda oliy ta’limning dastlabki bosqichidagi moslashish darajasini namoyon bo‘lishida hudud bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligiga ko‘ra, xorijiy talabalarda mahalliy talabalarga nisbatan umumiy va ta’limga moslashish darajasi, emotsional qulaylikning pastligi, xolislik va o‘z-o‘zini nazorat qilishning yuqoriligi dalillangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 225 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM- № 225a -son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashishida turli bosqichlar kesimida differensial farqlarni aniqlash uchun sharoit yaratilgan;
xorijiy talabalarni oliy ta’limga moslashish darajasiga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyatlarini rivojlantirishga ta’sir etish natijasida ularning ijtimoiy, psixologik moslashish hamda kognitiv sohaariga ta’sir ko‘rsatish orqali xorijiy talabalarni oliy ta’limga moslashish darajasini oshirish, o‘z-o‘zini qabul qilish va emotsional qulaylik darajasini va oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmati imkoniyatlaridan foydalanish darajasini kuchaytirganligi tufayli xorijiy talabalarni moslashish darajasini oshirishga erishish mumkinligi asoslangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 225 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM- № 225a -son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashish darajasini oshirish uchun ijtimoiy, psixologik moslashish hamda kognitiv sohalariga kompleks ta’sir etish muhimligi ilmiy tadqiq etilgan;
xorijiy talabalarning oliy ta’limga moslashishini ta’minlashda, ularning ijtimoiy moslashish, psixologik moslashish va kognitiv sohalariga ta’sir etish orqali moslashish darajasi, o‘z-o‘zini qabul qilish, emotsional qulaylik kabi xususiyatlarini rivojlantirish muhimligi tufayli oliy ta’lim muassasasi psixologik xizmat ko‘rsatish tizimi “Universitet umumiy uyimiz” rivojlantiruvchi dasturini kiritish asosida takomillashtirilgan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-№ 225 sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM- № 225a -son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy talabalarning o‘z-o‘zini qabul qilish, emotsional qulaylik, ta’limga moslashish darajasini oshirishga ijobiy ta’sir qiladigan rivojlantiruvchi dasturni qo‘llash orqali ularda oliy ta’limga moslashish darajasini oshirish imkoniyati yaratilgan.