Malikzoda Abdulatif Abdubannon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boks sport turi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga seleksiya qilishning psixologik mexanizmlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P383.
Ilmiy rahbar: Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Tadjibaeva Shaxista Mamatqulovna, psixologiya fanlari bo‘yicha PhD.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boks sport turi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhiga bokschilarni seleksiya qilish jarayonining psixologik mexanizmlarini o‘rganish va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarni guruhga saralab, olishda foydalanish uchun bokschilarning maqsadga yo‘nalganlik ustanovkalarini, sportga oid bilimlarni kognitiv xususiyatlarda namoyon bo‘lishini, shaxsning hissiy-emotsional sohasini diagnostika qilishga qaratilgan “Boks sport turiga seleksiya qilish savolnomasi” ishlab chiqilgan;
boks sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlarni ijtimoiy qiziqishlarini yuqoriligi, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini kuchliligi, reaksiyasini kuchliligi, xolerik va flegmatik temperamentiga mansubligi, sport musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatayotganligi musobaqa natijalari asosida dalillangan;
boks sport guruhlaridagi sportchilarning motiv va shaxsiy sifatlariga ko‘ra “O‘quv-mashg‘ulot guruhlari”da shug‘ullanayotgan sportchilarda tirishqoqlik, maqsadga yo‘nalganlik, ziyraklilik, mustaqillik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik xususiyatlari va muvaffaqiyatga erishish, sportni bilish, jismoniy o‘z-o‘zini tasdiqlash, axloqiy motivlari, “Sport sog‘lomlashtirish guruhlari”da shug‘ullanayotgan sportchilarda esa matonatlilik, g‘ayratlilik, kognitiv jihatlari va emotsional zavqlanish motivining ustuvorligi tufayli differensial va hududiy farqlarning mavjudligi isbotlangan;
boks sport turiga seleksiya qilish jarayonida sportchilarni guruhlarga saralash imkoniyatlarini aniqlashda ota-onalar, sport psixologlari va trener-o‘qituvchilarning ishtirokini ijobiy hamda salbiy jihatlari bilan tahlil qilib, ushbu jarayonni diagnostika qilish va korreksiyalash mezonlari asosida “Ota-ona, sport psixologi va trener-o‘qituvchi” hamkorlik modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: boks sport turi boshlang‘ich tayyorlov guruhlariga seleksiya qilishning psixologik mexanizmlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari:
sportchilarni guruhga saralab, olishda foydalanish uchun bokschilarning maqsadga yo‘nalganlik ustanovkalarini, sportga oid bilimlarni kognitiv xususiyatlarda namoyon bo‘lishini, shaxsning hissiy-emotsional sohasini diagnostika qilishga qaratilgan “Boks sport turiga seleksiya qilish savolnoma”si ishlab chiqilgan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM 310-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-yanvardagi PM-310a-son ma’lumotnomasi). Natijada boks sport turiga seleksiya qilish jaryonida “Boks sport turiga seleksiya qilish savolnomasi”dan foydalanish imkoni yaratilgan.
boks sporti bilan shug‘ullanayotgan yoshlarning ijtimoiy qiziqishlari yuqori bo‘lib, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi kuchli ekanligi aniqlangan, reaksiyasini kuchliligi, xolerik va flegmatik temperamentiga mansubligi, sport musobaqalarida yuqori natijalar ko‘rsatayotganligi musobaqa natijalari asosida dalillangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM 310-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-yanvardagi PM-310a-son ma’lumotnomasi). Natijada boks sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan yoshlarni ijtimoiy qiziqishlarini farqlash imkoniyati yaratilgan.
Boks sport guruhlaridagi sportchilarning motiv va shaxsiy sifatlariga ko‘ra “O‘quv-mashg‘ulot guruhlari”da shug‘ullanayotgan sportchilarda tirishqoqlik, maqsadga yo‘nalganlik, ziyraklilik, mustaqillik, vatanparvarlik, mas’uliyatlilik xususiyatlari va muvaffaqiyatga erishish, sportni bilish, jismoniy o‘z-o‘zini tasdiqlash, axloqiy motivlari, “Sport sog‘lomlashtirish guruhlari”da shug‘ullanayotgan sportchilarda esa matonatlilik, g‘ayratlilik, kognitiv jihatlari va emotsional zavqlanish motivining ustuvorligi tufayli differensial va hududiy farqlarning mavjudligi isbotlangananiqlangan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM 310-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduli kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-yanvardagi PM-310a-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport maktablarining boks bo‘limlariga yangi kelgan yoshlar orasidan temperament jihatidan mos sportchilarni jalb etish orqali, sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Boks sport turiga seleksiya qilish jarayonida sportchilarni guruhlarga saralash imkoniyatlarini aniqlashda ota-ona, sport psixologlari va trener-o‘qituvchilarning ishtirokini ularni ijobiy hamda salbiy jihatlari tahlil qilinib, ushbu jarayonni diagnostika qilish va korreksiyalash mezonlari asosida “Ota-ona, sport psixologi va trener-o‘qituvchi” hamkorlik modeli ishlab chiqilgan yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 24-yanvardagi PM 310-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduli kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-yanvardagi PM-310a-son ma’lumotnomasi). Natijada - bokschilarni guruhga seleksiya qilishda ota-ona, sport psixologi, trener-o‘qituvchi hamkorligi modeli ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish