Shokirova Xabibaxon Xudoyberdi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya  mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumning introduksiya qilingan urug‘siz navlarini agrobiologik xususiyatlari va o‘sishi, hosildorligiga mikroelementlarni ta’siri”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx909
Ilmiy rahbar: Fayziev Jamoliddin Nasirovich, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Shuxrat Maxmutovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumning urug‘siz introduksiya qilingan navlarining agrobiologik xususiyatlari va mikroelementlarning uzum hosildorligi va sifatiga ta’sirini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor uzumning urug‘siz navlari kolleksiyasidagi o‘simliklarni qimmatli xo‘jalik va agrobiologik xususiyatlari asosida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan istiqbolli Kishmish simus, Kishmish Moon Drop navlari tanlab olingan;
uzumning urug‘siz navlarini vegetatsiya davri davomiyligi eng qisqa bo‘lishi aniqlanib, ertapishar navlar – Qora kishmish, Kishmish yupiter va Kishmish yutalda 115-130 kun bo‘lishi aniqlangan;
uzumning urug‘siz navlarida uzum boshining og‘irligi 400 g dan 950 g gacha tashkil qilib, eng yuqori uzum boshlarning og‘irligi Kishmish simus 950 g, Kishmish ratatuy 900 g Kishmish Moon Drop 750,0 g, Kishmish ararat 650,0 g bo‘lishi aniqlangan;
uzumning urug‘siz navlari – Kishmish Moon Drop va Kishmish simus navlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun mikroelementlardan rux va mis 0,5 mg/l, kompleks B (0,3 mg/l + Mn (1,0 mg/l) + Mo (0,2 mg/l) + Zn (0,5 mg/l) + Cu (0,5 mg/l) eritmalari bilan gullashdan 12 kun keyin ishlov berish yuqori natija berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzumning urug‘siz introduksiya qilingan navlarining agrobiologik xususiyatlari va mikroelementlarning uzum  hosildorligi va sifatiga ta’sir bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
uzumchilik fermer xo‘jaliklari uchun «Uzumning introduksiya qilingan urug‘siz navlarini o‘sishi va hosildorligiga mikroelementlarni ta’siri» mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-678 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida uzumning urug‘siz navlari tokzorlarini barpo qilish va ularni etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
uzumning urug‘siz istiqbolli navlarini tanlash ishlanmasi Farg‘ona viloyati Quvasoy shahardagi “Oltin vodiy uzumlari” fermer xo‘jaligida Kishmish yupiter navi bo‘yicha 1,0 ga, Kishmish simus navi bo‘yicha 1,0 ga, jami 2,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-678 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaligida istiqbolli navlarning tokzori barpo qilingan;
uzumning introduksiya qilingan urug‘siz navlarini o‘sishi va hosildorligiga mikroelementlarni ta’siri ishlanmasi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi «Mindon meva fermer xo‘jaligi» da 2,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-678 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 1,7 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik darajasi 125% ni tashkil etgan.
uzumning urug‘siz navlari hosildorligi va sifatiga mikroelementlarni ta’siri ishlanmasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi «Ota» nomli fermer xo‘jaligida 1,8 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-04-678 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektariga 1,6 tonna qo‘shimcha hosil etishtirishga erishilgan, rentabellik darajasi 130% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish