Xalilova Kamola Abdulxodi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pirakanta (Pyracantha) ko’chatlarini jadal etishtirish va uning plantatsiyasini barpo qilish texnologiyasi”, 06.03.01 – O’rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko’kalamzorlashtirish. O’rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o’rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx780
Ilmiy rahbar: Yuldashov Yakubjon Xotamovich, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Eshankulov Bobomurod Inoyatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Baltaniyazov Jaksibay Sarsenbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Ekologiya, atrof-muxitni muhfaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qizil pirakanta ko‘chatlarini etishtirishning jadallashgan agrotexnikasini va plantatsiyasini barpo etish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor pirakanta urug‘larini 1 kun mobaynida Vitovaks fungisidida ivitilib ekilsa 60%gacha unish natijasiga erishish mumkinligi aniqlangan;
pirakanta butasi uch yillik urug‘ko‘chatlari o‘sishni boshqaruvchi Soil roots preparati bilan ishlov berilganda bo‘yiga 18,3 sm o‘sishi, yoki nazoratga nisbatan 8,9 barobarga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
pirakanta butasini vegetativ ko‘paytirishda eng maqbul 18 sm uzunlikdagi qalamchalari ekilganda o‘rtacha yillik o‘sishi 47,2 sm ni tashkil etishi aniqlangan;
pirakanta ko‘chatlarini parvarishlash uchun kompleks mineral o‘g‘itlarning
N13%, P40%, K13%+ME me’yoridan foydalanish o‘rtacha 67,6 sm yillik o‘sishni ta’minlashi isbotlangan;
pirakanta ko‘chatlarini yopiq ildiz tizimida etishtirish uchun substrat tarkibi Kokos torfi+SKO’ variantida yillik o‘sish 66,7 sm ni, diametri 9,43 mm ni tashkil etishi aniqlangan;
pirakantaning plantatsiyalarini 3x3 m sxemada barpo etish eng yaxshi natija berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pirakanta ko’chatlarini intensiv etishtirish texnologiyasi va uning plantatsiyasini yaratish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Qizil pirakanta butasini urug‘idan va vegetativ ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-04-214-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘rmon xo‘jaliklarida pirakanta ko‘chatlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
pirakanta ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanidagi “Xujaobod Maxsutbek-Maxmudbek” fermer xo‘jaligining 0,1 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-04-214-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida pirakanta ko‘chatlarini etishtirish orqali 25 mln so’m/ga daromad olishga erishilgan;
pirakanta plantatsiyasini barpo qilish ishlanmasi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Aziz Raxmon” fermer xo‘jaligining 1 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/06-04-214-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida qo’shimcha 25 mln so’m/ga daromad olishga erishilgan.