Boltaeva Mohichehra Jamshid qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim muhitida tarix ta’limining didaktik asoslari va innovatsion metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped892.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ismoilov Temur Islomovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmanova Muqaddas Kaxramonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Jumaniyozova Muhayyo Tojievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Urakov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik va metodik ta’minotini raqamli ta’lim muhiti talablariga muvofiq takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim muhitida tarix fanlari didaktik ta’minotining tashkiliy-pedagogik asoslari kompetensiyaviy yondashuvning interaktiv-viziual talablariga ustuvorlik berish hamda interfaol platformalar va virtual o‘quv muhitlari orqali ta’lim jarayonini tashkil qilishning didaktik ssenariylarini metodologik negizda shakllantirish orqali yaratish asosida takomillashtirilgan;
tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari raqamli ta’lim ekotizimini va tarix ta’limida raqamli kontentlarni innovatsion ta’lim muhiti talabiga muvofiq yaratish va boshqarish imkoniyatlarini didaktik jarayonlarni raqamlashtirish sintaksisiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
“Raqamli tarix” va “Tarix o‘qitish metodikasi” fanlarini o‘qitishning raqamli ta’lim metodlari va texnologiyalari mediakontent orqali ta’lim resurslarini personallashtirish, kreativ muloqot muhitini yaratish, elektron baholash tizimlarini joriy etish hamda ta’limda virtual reallik (Virtual Reality) va kengaytirilgan reallik (Augmented Reality) imkoniyatlaridan foydalanishni qamrab olgan holda funksional didaktika qoidalariga tizimli implementatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini rivojlantirish modeli raqamli ta’lim platformalarida virtual trenajyorlardan foydalanish imkoniyatlarining metodik tuzilmasini ishlab chiqish hamda ta’lim jarayonida intellektual tavsiya tizimlarini integratsiya qilishda ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlik asosida joriy etish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim jarayonida raqamli qo‘llanmalar yaratish, mobil ta’lim texnologiyalarini joriy etish, intellektual o‘quv assistentlaridan foydalanish, onlayn-keyslar orqali muammoli o‘qitishni amalga oshirish hamda adaptiv ta’lim tizimini shakllantirish orqali raqamli ta’lim muhitida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir ilmiy-pedagogik taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik va metodik ta’minotini raqamli ta’lim muhiti talablariga muvofiq takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
raqamli ta’lim muhitida tarix fanlari didaktik ta’minotining tashkiliy-pedagogik asoslari kompetensiyaviy yondashuvning interaktiv-viziual talablariga ustuvorlik berish hamda interfaol platformalar va virtual o‘quv muhitlari orqali ta’lim jarayonini tashkil qilishning didaktik ssenariylarini metodologik negizda shakllantirish orqali yaratish asosida takomillashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-191-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli ta’lim muhitida tarix fanini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish tashkiliy-pedagogik asoslari va imkoniyatlari aniqlashtirilgan.
tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari raqamli ta’lim ekotizimini va tarix ta’limida raqamli kontentlarni innovatsion ta’lim muhiti talabiga muvofiq yaratish va boshqarish imkoniyatlarini didaktik jarayonlarni raqamlashtirish sintaksisiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-191-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Raqamli tarix” va “Tarix o‘qitish metodikasi” fanlari asosida tarix fanini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish mexanizmlari ochib berilgan;
“Raqamli tarix” va “Tarix o‘qitish metodikasi” fanlarini o‘qitishning raqamli ta’lim metodlari va texnologiyalari mediakontent orqali ta’lim resurslarini personallashtirish, kreativ muloqot muhitini yaratish, elektron baholash tizimlarini joriy etish hamda ta’limda virtual reallik (Virtual Reality) va kengaytirilgan reallik (Augmented Reality) imkoniyatlaridan foydalanishni qamrab olgan holda funksional didaktika qoidalariga tizimli implementatsiya qilish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i asosida berilgan 333-191-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada raqamli ta’lim muhitida tarix fanini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirish modeli takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini rivojlantirish modeli raqamli ta’lim platformalarida virtual trenajyorlardan foydalanish imkoniyatlarining metodik tuzilmasini ishlab chiqish hamda ta’lim jarayonida intellektual tavsiya tizimlarini integratsiya qilishda ratsional dualizatsiya muhitiga reproduktivlik asosida joriy etish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalidan efirga uzatilayotgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariylari tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Marifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasi tomonidan 2025-yil 4-fevraldagi 01-33/36 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “raqamli ta’lim” “raqamli ta’lim texnologiyalari”, “raqamli tarix”, “tarix o‘qitish metodikasi” tushunchalarining mazmun-mohiyati va ilmiy-didaktik asoslari ochib berilgan;
ta’lim jarayonida raqamli qo‘llanmalar yaratish, mobil ta’lim texnologiyalarini joriy etish, intellektual o‘quv assistentlaridan foydalanish, onlayn-keyslar orqali muammoli o‘qitishni amalga oshirish hamda adaptiv ta’lim tizimini shakllantirish orqali raqamli ta’lim muhitida tarix fanlarini o‘qitishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga doir ilmiy-pedagogik oid takliflari “60111100 –Tarix” yo‘nalishining malaka talabiga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025-yil 3-mart kuni 02/01-01-85 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, “Raqamli tarix” va “Tarix o‘qitish metodikasi” fanlariga asoslangan raqamli ta’lim metodlari va texnologiyalari orqali tarix fanini o‘qitishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish