Madraximov Qaxramon Egamberganovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning innovatsion modelini shakllantirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12–“ Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt815
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraximova Saida Ahmadjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy nomutanosib o‘sish sharoitida mintaqaviy iqtisodiy siyosatning innovatsion modelini shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat investisiyalari va subsidiyalar berish, dasturlarni moliyalashtirish asosida hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni sinergetik yondoshuvi taklif etilgan;
Xorazm viloyati hududlari iqtisodiy rivojlanish dinamikasi uchun “qoloqlik krateri” usuli yordamida miqdor ko‘rsatkichi va iqtisodiy o‘sishining tarkibiy o‘zgarishlarini baholashni tuzilmaviy sxemasi taklif etilgan;
tarkibiy siljishlar sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan alohida subektlar yoki ularning guruhlarining ma’lum iqtisodiy manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq holda hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi taklif etilgan;
Xorazm viloyatining yuqori va past rivojlanayotgan hududlarining o‘zgartirilgan rivojlanish darajasini baholashning tanlab olingan stimulyator va destimulyator omillari bo‘yicha bosh to‘plamga asoslangan R^bosh=f(F1,F2,F3,F4,F5,F6,F7,F8) kompleks modeli taklif etilgan;
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirishning nomutanosibliklarini strategik tartibga solishning konseptual modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosatning innovatsion modelini shakllantirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat investisiyalari va subsidiyalar berish, dasturlarni moliyalashtirish asosida hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishni sinergetik yondoshuvi bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 20-yanvardagi 07-4-09/670-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Xorazm viloyati tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanishini kamaytirish, iqtisodiyotini modernizatsiya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalliy va mintaqaviy darajada iqtisodiy o‘sishni faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Xorazm viloyati hududlari iqtisodiy rivojlanish dinamikasi uchun “qoloqlik krateri” usuli yordamida miqdor ko‘rsatkichi va iqtisodiy o‘sishining tarkibiy o‘zgarishlarini baholashni tuzilmaviy sxemasi bo‘yicha taklifi Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 20-yanvardagi 07-4-09/670-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy disporsiyaning yuzaga kelishini asosiy sababi sifatida ichki bozor sharoitida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishlari aniqlanib, barqaror pul-kredit siyosatining muvozanatini ta’minlash, eksportni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishishning barqaror yo‘nalishini ta’minlashga erishilgan;
tarkibiy siljishlar sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan alohida subektlar yoki ularning guruhlarining ma’lum iqtisodiy manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog‘liq holda hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foudalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 20-yanvardagi 07-4-09/670-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida Xorazm viloyatida iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgarishlar ta’siriga asosan, 2010-2023-yillar davomida ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik (4,64 %), savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (1,24 %), sanoat (1,24 %), qurilish (0,62 %), ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmat tarmoqlari (2,38 %), transport, omborxona, pochta va kur’erlik faoliyatida sezilarli tarkibiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga erishilgan;
Xorazm viloyatining yuqori va past rivojlanayotgan hududlarining o‘zgartirilgan rivojlanish darajasini baholashning tanlab olingan stimulyator va destimulyator omillari bo‘yicha bosh to‘plamga asoslangan R^bosh=f(F1,F2,F3,F4,F5,F6,F7,F8) kompleks modeli bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab shiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 20-yanvardagi 07-4-09/670-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmi va kapital qo‘yilmalar (3,3 barobar) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi (3,2 barobar) farq qilib, oldingi kuzatilgan qiymat o‘zgarishiga nisbatan 0,1 barobarga o‘sganligini salbiy natijani ifoda etishi asoslangan;
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirishning nomutanosibliklarini strategik tartibga solishning konseptual modeli bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 20-yanvardagi 07-4-09/670-son ma’lumotnomasi) Ushbu taklif orqali Xorazm viloyatining hududiy joylashuvi va uning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida hududiy rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy siyosat ishlab chiqilib, tarixiy rivojlanish jarayonida mintaqaviy tizimlar genezisini shakllantirishga imkon bergan.