Boymirzaev Kaxramon Xasanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Abdulloh Rudakiyning axloqiy qarashlarida adolat talqini: tarixiy-falsafiy tahlil”, 09.00.03 – Falsafa tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal834
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Abdulloh Rudakiy axloqiy qarashlaridagi adolat konsepsiyasining falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Abdulloh Rudakiy axloqiy qarashlaridagi adolat konsepsiyasi insonning o‘z-o‘ziga nisbatan adolati (axloqiy raxez), insonlar o‘rtasidagi adolat va boshqaruvdagi adolat tarzida tasniflanishi hamda bu konsepsiyaning o‘z-o‘zini tarbiyalash, ichki poklikka intilish kabi insoniy, tenglik, huquq va burchlarini anglash, mehr-shafqat kabi shaxslararo hamda boshqaruvda adolatni asosiy mezon sifatida ko‘rish, tinchlik va farovonlik kabi siyosiy tamoyillari ochib berilgan;
mutafakkirning adolatga oid g‘oyalari insonning nazariy va amaliy faoliyati kamoloti uchun ilmiy bilishni amaliy ehtiyojlarga yo‘naltirish, faol ijobiy faoliyat sifatida “yaxshi ish” – axloq va e’tiqod uyg‘unligiga erishishga olib borishi hamda shaxsni muvaffaqiyat va kamolot sari etaklashi asoslab berilgan;
Abu Abdulloh Rudakiyning “Modari may” qasidasidagi ilmning insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, hayotdagi haq va nohaqlikni anglash, adolatli qaror qabul qilish kabi adolat, hikmat – hayotiy tajriba va donolikni shakllantiruvchi vosita kabi hikmatni sayqallovchi kuch, ezgu yo‘lni tanlash, ma’naviy yuksalish, axloqiy komillikka etaklash kabi hayot yo‘lini yorituvchi nur mezonlari hamda madaniy kontekstdagi aql, bilim, ma’rifat, san’atga oid xususiyatlari mantiqiy isbotlangan;
adolat kategoriyasining lirik-ruhiy va ma’naviy-axloqiy tahlili asosida “haq”, “meyor”, “haqiqat”, “burch” kabi omillari hamda jamoa manfaati, tartib-intizom, e’tiqod va ma’naviylik kabi prinsiplari aniqlashtirilgan hamda ulardan ma’rifiy jamiyat barpo etishda adolat tarbiyasining yuksak axloqiy g‘oyalarga sodiqlik, axloqan pok, ma’nan boy, vijdonli, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni etishtirish, milliy iftixor va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashda foydalanish zarurati asoslangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Abdulloh Rudakiyning axloqiy qarashlarida adolat talqining tarixiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Abu Abdulloh Rudakiy axloqiy qarashlaridagi adolat konsepsiyasi insonning o‘z-o‘ziga nisbatan adolati (axloqiy raxez), insonlar o‘rtasidagi adolat va boshqaruvdagi adolat tarzida tasniflanishi hamda bu konsepsiyaning o‘z-o‘zini tarbiyalash, ichki poklikka intilish kabi insoniy, tenglik, huquq va burchlarini anglash, mehr-shafqat kabi shaxslararo hamda boshqaruvda adolatni asosiy mezon sifatida ko‘rish, tinchlik va farovonlik kabi siyosiy tamoyillari doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-son “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining electron-transdisiplinr platformasini yaratish” (2021-2022 yy) amaliy loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 15-noyabrdagi 04/11-10705-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkirning axloqiy qarashlarida insonning kamoloti uchun ilmiy bilishning o‘rni va ahamiyati, faol ijobiy faoliyat sifatida axloq va e’tiqod uyg‘unligiga erishish samaradorligini ochib berishga xizmat qilgan;
mutafakkirning adolatga oid g‘oyalari insonning nazariy va amaliy faoliyati kamoloti uchun ilmiy bilishni amaliy ehtiyojlarga yo‘naltirish, faol ijobiy faoliyat sifatida “yaxshi ish” – axloq va e’tiqod uyg‘unligiga erishishga olib borishi hamda shaxsni muvaffaqiyat va kamolot sari etaklashiga doir nazariy umumlashma va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 4-apreldagi 02-31-456-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning mutafakkirning axloqiy qarashlarida insonning kamoloti uchun ilmiy bilishning o‘rni va ahamiyati, faol ijobiy faoliyat sifatida axloq va e’tiqod uyg‘unligiga erishish borasidagi bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
Abu Abdulloh Rudakiyning “Modari may” qasidasidagi ilmning insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, hayotdagi haq va nohaqlikni anglash, adolatli qaror qabul qilish kabi adolat, hikmat – hayotiy tajriba va donolikni shakllantiruvchi vosita kabi hikmatni sayqallovchi kuch, ezgu yo‘lni tanlash, ma’naviy yuksalish, axloqiy komillikka etaklash kabi hayot yo‘lini yorituvchi nur mezonlari hamda madaniy kontekstdagi aql, bilim, ma’rifat, san’atga oid xususiyatlariga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 29-martdagi 04/11-237-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkirning axloqiy qarashlarida insonning kamoloti uchun ilmiy bilishning o‘rni va ahamiyati, faol ijobiy faoliyat sifatida axloq va e’tiqod uyg‘unligiga erishish samaradorligi, mutafakkirning axloqiy qarashlaridagi adolat mezoni sifatida “ilm” va “madaniyat” kategoriyasini ochib berishga xizmat qilgan;
adolat kategoriyasining lirik-ruhiy va ma’naviy-axloqiy tahlili asosida “haq”, “meyor”, “haqiqat”, “burch” kabi omillari hamda jamoa manfaati, tartib-intizom, e’tiqod va ma’naviylik kabi prinsiplari aniqlashtirilgan hamda ulardan ma’rifiy jamiyat barpo etishda adolat tarbiyasining yuksak axloqiy g‘oyalarga sodiqlik, axloqan pok, ma’nan boy, vijdonli, mustaqil fikrga ega bo‘lgan insonlarni etishtirish, milliy iftixor va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashda foydalanish zaruratiga doir ilmiy yangiliklardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 9-yanvardagi 319/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkirning axloqiy qarashlaridagi “haq”, “meyor”, “haqiqat”, “burch” tushunchalari hamda jamoa manfaati, tartib-intizom, e’tiqod va ma’naviylik mezonlari borasida qarashlari belgilangan ma’naviy-ma’rifiy vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.