Ro‘ziev Shuxrat Sharifboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari
faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4563.
Ilmiy rahbar: Toxirov Javlon Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Cho‘ponov San’at Otanazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalarining “operatsion va innovatsion faoliyati”, hudud va tadbirkorlik subektining “resurs” salohiyati, hududning “tashkiliy” omillarini ustuvorlik darajasi asoslangan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari faoliyatini rivojlantirishda subsidiarlik, muvofiqlik, selektivlik, komplekslilik, fraktallik, transversallik tamoyillari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar aniqlangan;
mintaqa hududlari va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘zaro ta’sir etuvchi omillarni, xo‘jalik subektlari iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish funksiyalari sohasini tartibga solish tizimi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati rivojlanishini 2029-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalarining “operatsion va innovatsion faoliyati”, hudud va tadbirkorlik subektining “resurs” salohiyati, hududning “tashkiliy” omillarini ustuvorlik darajasi bo‘yicha taklifi Buxoro viloyati hokimining «Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 27-noyabrdagi 2260-01-05-son maʻlumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rag‘batlantirishga taʻsir etuvchi omillar dastaklarining rag‘batlantiruvchi funksiyasi asosida zamonaviy sharoitda hududning o‘z resurslaridan oqilona foydalanish va ichki salohiyatni oshirishga imkon yaratgan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari faoliyatini rivojlantirishda subsidiarlik, muvofiqlik, selektivlik, komplekslilik, fraktallik, transversallik tamoyillari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlari Buxoro viloyati hokimining «Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 27-noyabrdagi 2260-01-05-son maʻlumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy etish viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturni takomillashtirishga imkon yaratgan;
mintaqa hududlari va xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘zaro ta’sir etuvchi omillarni, xo‘jalik subektlari iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish funksiyalari sohasini tartibga solish tizimi bo‘yicha taklifi Buxoro viloyati hokimining «Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 27-noyabrdagi 2260-01-05-son maʻlumotnomasi). Natijada, mintaqada xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni taʻminlash potensialini aniqlashga imkon bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyati rivojlanishini 2029-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari Buxoro viloyati hokimining «Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2024-yil 27-noyabrdagi 2260-01-05-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan.