Beshimov Baxtiyor Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistondagi jinoyatchilikning ijtimoiy sabab va oqibatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal848
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xajieva Maksuda Sultonovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablarning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini aniqlash va oqibatlarini bartaraf etishga oid takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyatchilikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qasddan va ehtiyosizlik natijasida sodir etiladigan turlari fuqarolar turmush tarzi, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish, ijtimoiy-maishiy muammolarning o‘tkirlashuvi ta’sirida vujudga kelishi sabablari hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga teskari ta’sir qilishi, iqtisodiyotdagi “xufiyona” manfaatlar qo‘shilib ketishiga yo‘l ochishi, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘yish, ishonchsizlik kayfiyatini uyg‘otishi, jamiyat ma’naviy-axloqiy asoslarini zaiflashtirishi kabi oqibatlarining dialektik aloqadorligi asoslangan;
O‘zbekiston sharoitida namoyon bo‘layotgan jinoyatchilikning kelib chiqishiga nosog‘lom turmish tarzi, huquqiy ongning pastligi, bo‘sh vaqtning unumsiz o‘tkazish, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, ijtimoiy tarbiyaning besamarligi, axloqiy e’tiqodning noturg‘unligi, ijtimoiy normalarga bepisandlikning mavjudligi kabi sabablar hamda ularni umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, o‘zaro yordam, mehr-shafqat, adolat, bag‘rikenglik) asosida yuksak madaniyatli shaxsni qaror toptirish va vataparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash (ajdodlar merosiga hurmat hissi, inson huquq va erkinliklarini kamsitmaslik) kabi bartaraf etish imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
korrupsiya, iqtisodiy jinoyatchilik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, narkotik moddalar tarqatish kabi ijtimoiy xavfli huquqbuzarliklar bilan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitning (ishsizlik, kambag‘allik, kasbiy ta’limning sustligi, noqonuniy faoliyat), ma’naviy-axloqiy holatning (axloqiy normalarning buzilishi, oilaviy tarbiyaning zaiflashishi, ruhiy beqarorlik) hamda mamlakat xalqaro imiji (sarmoyalarning kamayishi, sanksiyalar, turistik xavf, taraqqiyot indekslaridagi o‘rni) bilan deterministik aloqadorligi ochib berilgan;
jinoyatchilik darajasini kamaytirishda huquqiy profilaktikani sun’iy intellekt, monitoring tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, interaktiv platformalar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish kabi zamonaviylashtirish mexanizmlari hamda ijtimoiy tarbiya samarasini oshirishning oilaviy tarbiyani kuchaytirish, huquqiy madaniyat darslarini kuchaytirish, sport va madaniy tadbirlarni rivojlantirish, jazolash o‘rniga ta’lim va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash kabi yo‘nalishlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistondagi jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar va ularning oqibatlarini bartaraf etishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
jinoyatchilikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qasddan va ehtiyosizlik natijasida sodir etiladigan turlari fuqarolar turmush tarzi, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish, ijtimoiy-maishiy muammolarning o‘tkirlashuvi ta’sirida vujudga kelishi sabablari hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga teskari ta’sir qilishi, iqtisodiyotdagi “xufiyona” manfaatlar qo‘shilib ketishiga yo‘l ochishi, shaxsiy manfaatlarni ustun qo‘yish, ishonchsizlik kayfiyatini uyg‘otishi, jamiyat ma’naviy-axloqiy asoslarini zaiflashtirishiga oid ilmiy yangiliklar hamda taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqam “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” (2018-2020 yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar hamda nashr etilgan ishlarda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 19-fevraldagi 04/11-2756-son ma’lumotnoma). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotida ayrim ijtimoiy xavfli qilmishlar, ma’naviy-axloqiy tubanlik yoki turli shakllardagi huquqbuzarliklar oldini olish va bartaraf etishda ogohlik maqomini insonparvarlik mezonlari va prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston sharoitida namoyon bo‘layotgan jinoyatchilikning kelib chiqishiga nosog‘lom turmish tarzi, huquqiy ongning pastligi, bo‘sh vaqtning unumsiz o‘tkazish, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, ijtimoiy tarbiyaning besamarligi, axloqiy e’tiqodning noturg‘unligi, ijtimoiy normalarga bepisandlikning mavjudligi kabi sabablar hamda ularni umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, o‘zaro yordam, mehr-shafqat, adolat, bag‘rikenglik) asosida yuksak madaniyatli shaxsni qaror toptirish va vataparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash (ajdodlar merosiga hurmat hissi, inson huquq va erkinliklarini kamsitmaslik) kabi bartaraf etish imkoniyatlariga doir taklif va tavsiyalar va ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida, jumladan, 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlarimiz, halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish, aholida boqimandalik va jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla – yangi ma’naviy makon” mavzusidagi loyihani amalga oshirishda hamda targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 23-dekabrdagi 10/228-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabab va oqibatlarni tahlil etishga, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid faoliyatni samarali tashkil qilishga xizmat qilgan;
korrupsiya, iqtisodiy jinoyatchilik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, narkotik moddalar tarqatish kabi ijtimoiy xavfli huquqbuzarliklar bilan jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitning (ishsizlik, kambag‘allik, kasbiy ta’limning sustligi, noqonuniy faoliyat), ma’naviy-axloqiy holatning (axloqiy normalarning buzilishi, oilaviy tarbiyaning zaiflashishi, ruhiy beqarorlik) hamda mamlakat xalqaro imiji (sarmoyalarning kamayishi, sanksiyalar, turistik xavf, taraqqiyot indekslaridagi o‘rni) bilan deterministik aloqadorligiga oid ilmiy-nazariy xulosa va tavsiyalaridan Buxoro viloyati televideniyasida namoyish etilgan “Korrupsiya-jamiyat kushandasi”, “Jinoyat va jazo”, “Huquq bilimdoni” kabi profilaktik tadbirlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlarning senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 13-avgustdagi 01-09-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizni, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni qonunga itoat, davlat tizimiga hurmat, huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadlarga yo‘naltirilgan bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
jinoyatchilik darajasini kamaytirishda huquqiy profilaktikani sun’iy intellekt, monitoring tizimlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, interaktiv platformalar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish kabi zamonaviylashtirish mexanizmlari hamda ijtimoiy tarbiya samarasini oshirishning oilaviy tarbiyani kuchaytirish, huquqiy madaniyat darslarini kuchaytirish, sport va madaniy tadbirlarni rivojlantirish, jazolash o‘rniga ta’lim va reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash kabi yo‘nalishlarini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 31-avgustdagi 318-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik nizomi”ning 7 va 8-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining 2024-yil 13-apreldagi 26/1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar orasida ijtimoiy-ma’naviy hayot qoidalarini buzish bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, ular xatti-harakatlarini jamiyatda mavjud shart-sharoitlarga moslashtirishga oid fidoiylik, insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi axloqiy me’yorlarni shakllantirishga xizmat qilgan.