Sattarov G‘anijon Azadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda eksport salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari (Xorazm viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4856
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Madraximov Qaxramon Egamberganovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda eksport salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa eksport salohiyatini oshirishda innovatsion, institutsional, resurslar, moliyaviy, infratuzilma, mehnat, ishlab chiqarish va marketing imkoniyatlari asosida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari kesimida “o‘sish nuqta”lari taklif etilgan;
mintaqalar raqobatbardoshligini ta’minlashda hududlar eksport salohiyati reytingi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash taklif etilgan;
hududlar RI indeksini hisoblash asosida raqobatbardoshlik darajasini baholashning algoritmik sxemasi taklif etilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotining eksport tizimi salohiyati asosida rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa raqobatbardoshligini ta’minlashda eksport salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa eksport salohiyatini oshirishda innovatsion, institutsional, resurslar, moliyaviy, infratuzilma, mehnat, ishlab chiqarish va marketing imkoniyatlari asosida raqobatbardoshlikni oshirishning ustuvor yo‘nalishlari kesimida “o‘sish nuqta”lari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-111-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqada eksport mahsulotlarini etishtiruvchi korxonalarda sog‘lom raqobat muhitini yaratish imkonini bergan; 
mintaqalar raqobatbardoshligini ta’minlashda hududlar eksport salohiyati reytingi ko‘rsatkichlarini yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va past (0,1-0,4) darajalarda baholash bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining  2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-111-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqalarda eksport salohiyati reytingi ko‘rsatkichlari asosida turli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish imkonini bergan; 
hududlar RI indeksini hisoblash asosida raqobatbardoshlik darajasini baholashning ishlab chiqilgan algoritmik sxemasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining  2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024 yil 17 dekabrdagi 2-111-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish Xorazm viloyati shahar va tumanlarida eksport diversifikatsiyasi hajmini o‘rtacha 3-5 foizga oshirish imkonini bergan; 
Xorazm viloyati iqtisodiyotining eksport tizimi salohiyati asosida rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarori ijrosi bo‘yicha 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 17-dekabrdagi 2-111-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2030-yilgacha Xorazm viloyatida eksport salohiyati ko‘rsatkichlarini 1,4 baravarga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish