Salimova Yulduz Isakovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4564
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zokirov Saidfozil Saidakbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Urunov Asror Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashtaeva Saida Kaxarovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hududlarida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi manzigohlarida uy-joy qurilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida qurilish-pudrat tashkilotlari “ishonchlilik toifasi” reytingini yuqori (A=65%dan katta), o‘rta (B=35-55%), qoniqarli (C=20-30%) va quyi (D=7%dan kam) darajalar yordamida aniqlash zarurati asoslangan;
Toshkent shahri hokimligi huzurida tadbirkorlik sub’ektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning samaradorligini baholab borish bilan shug‘ullanuvchi investisiya kompaniyasi hamda xususiylashtirilgan er uchastkalari daromadlaridan shakllantirilib, shahar infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga ixtisoslashgan jamg‘arma tashkil etilgan;
aholisi 5500 kishidan ortiq bo‘lgan Qozikent, Uzunnavo, To‘qmang‘it qishloqlarini Qarshi shahriga, aholisi 4200 dan ziyod bo‘lgan Minglar, Gulgunpo‘sht, Jarqo‘rg‘on qishloqlarini Kitob shahriga qo‘shish hamda aholisi 1,43 milliondan ziyod bo‘lgan shahar manzilgohlari ixchamligini va qulay joylashuvini ta’minlash orqali Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini 50 foizga etkazish takliflari ishlab chiqilgan;
yirik qishloq aholi punktlarini shahar manzilgohlariga aylantirish, qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishini ko‘paytirish, o‘rta va yirik shaharlarni kompleks rivojlantirish orqali 2030 yilda O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasini 60 foizga etkazishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatimizda urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
1. Aholi manzigohlarida uy-joy qurilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida qurilish-pudrat tashkilotlari “ishonchlilik toifasi” reytingini yuqori (A=65%dan katta), o‘rta (B=35-55%), qoniqarli (C=20-30%) va quyi (D=7dan kam) darajalar yordamida aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida 699-son Qarori 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil “26” dekabrdagi 05/39-1-3-18379-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilash imkoniyati vujudga keldi.
2. Toshkent shahri hokimligi huzurida tadbirkorlik sub’ektlariga ijara va boshqaruvga berish, ularning samaradorligini baholab borish bilan shug‘ullanuvchi investisiya kompaniyasi hamda xususiylashtirilgan er uchastkalari daromadlaridan shakllantirilib, shahar infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishga ixtisoslashgan jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 iyuldagi “Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 112-son Farmoni 4-6 bandlarini hamda 2-4 ilovalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil “26” dekabrdagi 05/39-1-3-18379-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Toshkent shahri hokimligi muassisligida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati hamda Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.
3. Aholisi 5500 kishidan ortiq bo‘lgan Qozikent, Uzunnavo, To‘qmang‘it qishloqlarini Qarshi shahriga, aholisi 4200 dan ziyod bo‘lgan Minglar, Gulgunpo‘sht, Jarqo‘rg‘on qishloqlarini Kitob shahriga qo‘shish hamda aholisi 1,43 milliondan ziyod bo‘lgan shahar manzilgohlari ixchamligini va qulay joylashuvini ta’minlash orqali Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini 50 foizga etkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni 2-ilovasi 154-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil “26” dekabrdagi 05/39-1-3-18379-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan Qashqadaryo viloyati shaharlari Bosh rejalarini tuzishda, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarini tayyorlashda foydalaniladi.
4. Yirik qishloq aholi punktlarini shahar manzilgohlariga aylantirish, qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishini ko‘paytirish, o‘rta va yirik shaharlarni kompleks rivojlantirish orqali 2030 yilda O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasini 60 foizga etkazish bo‘yicha prognoz xisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani 2040 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini (ID-3338) ishlab chiqishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil “26” dekabrdagi 05/39-1-3-18379-son ma’lumotnomasi). Urbanizatsiya prognoz natijalaridan kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarni kompleks rivojlantirish, shaharlarda quriladigan xonadonlar hajmini oshirish, millionlik-shaharlarni va shahar aglomeratsiyalari sonini oshirish hamda migratsiya jarayonlarini tartibga solishda inobatga olingan.