Ismonalieva Mahbuba Jabarali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi o‘zbek nasrida polvon obrazining badiiy talqinlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2191
Ilmiy maslahatchi: Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc 03/05.05.2023 Fil.60.07 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomova Gulchehra Muxammadievna filologiya fanlari doktori, professor; Rustamova Ibodatxon Ikramovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi polvon obrazi badiiy talqinlari asosida davr adabiyotiga xos jihatlarni aniqlash, hozirgi o‘zbek nasriga qadimiy qahramonlik, alplik xususiyatlarining ta’sirini tekshirish, polvon obrazi badiiy konsept sifatida mavjud davrini anglash uchun asos ekanligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
– hozirgi o‘zbek nasri namoyandalari, xususan, Said Ahmad, Tog‘ay Murod, Luqmon Bo‘rixon, Normurod Norqobilov, Abdulla Ayizov kabi yozuvchilarning ijodida polvonlik, kurash san’ati bilan bog‘liq qadriyatlar ifodasi o‘ziga xos o‘rin tutishi asoslangan;
– adabiy qahramon tushunchasining kelib chiqishi, uning tarixiy-ijtimoiy sharoitga bog‘liq holda shakllanib borishi, ma’no o‘zgarishlari, “inson obrazi” faollashuviga sabab bo‘lgan omillar aniqlangan;
– polvon obrazi faollashuvining ijtimoiy-psixologik omillari, shuningdek, alp-qahramon va polvon obrazi o‘rtasidagi vorisiylik isbotlangan;
– polvon obrazining motiv obraz ekanligi, uni yaratishda folklor motivlarining realistik adabiyot tamoyillari asosida rivojlantirilishi dalillangan;
– polvon obrazi badiiy konsept sifatida ijodkor ongida mavjud jamiyatni anglashning asosi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi o‘zbek nasrida polvon obrazining badiiy talqinlari mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
hozirgi o‘zbek nasri namoyandalari, xususan, Said Ahmad, Tog‘ay Murod, Luqmon Bo‘rixon, Normurod Norqobilov, Abdulla Ayizov kabi yozuvchilarning ijodida polvonlik, kurash san’ati bilan bog‘liq qadriyatlar ifodasidan foydalanib bolalarning dunyoqarashi, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishda, shuningdek, o‘zbek millatining yuksak qadriyatlarini o‘zida jam etgan polvonlik tushunchasi mohiyatidan kelajak avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash maqsadida 2021–2022-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti multimediali elektron platform va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 6-sentyabridagi 04/1-2303 ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyigan, badiiy-estetik ta’siri oshgan;
adabiy qahramon tushunchasining kelib chiqishi, uning tarixiy-ijtimoiy sharoitga bog‘liq holda shakllanib borishi, ma’no o‘zgarishlari, “inson obrazi” faollashuviga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, ijodkor badiiy konsepsiyasi shakllanishini tahlil etishda Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti Chingiz Aytmatov Adabiyot fakulteti Turk dunyosi amaliy va tadqiqot markazi mudirligi Özbekçe ve Özbek edebiyatı derslerinde, Edebiyat Fakültesi Türk Dili ve Edebiyatı Bölümünde TED730 Türk Dünyası, TRE229 Çağdaş Türk Lehçeleri 1, TRE331 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı 1, TRE332 Çağdaş Türk Dünyası Edebiyatı II, TED734 Türkistan Milli Uyanış Edebiyatı darslarida foydalanilgan (Karabuk universitetining 2024-yil 22-oktyabrdagi E-66681339-739.11-261686-sonli ma’lumotnomasi). Natijada turk va o‘zbek adabiyotining o‘zaro mushtarak jihatlari haqida ma’lumotlar olindi, darslar ilmiy-nazariy fikrlar bilan boyitildi;
polvon obrazi faollashuvining ijtimoiy-psixologik omillari, shuningdek, alp-qahramon va polvon obrazi o‘rtasidagi vorisiylik yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. Mazkur ishdagi ilmiy yangiliklar, fikr va xulosalardan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik” nomli eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda (2022–2023-yillarda) foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 13-noyabrdagi 04-36-1693-son ma’lumotnomasi). Natijada soha ilmiy izlanuvchilariga, talabalarga va keng kitobxonlar ommasiga hozirgi o‘zbek nasrida polvon obrazi timsolida qadriyatlarning ifoda etilishi, polvon obrazining shakllanishi, badiiy talqinlari yuzasidan ilmiy xulosalar berilgan;
polvon obrazining motiv obraz ekanligi, uni yaratishda folklor motivlarining realistik adabiyot tamoyillari asosida rivojlantirilishi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Nasr kengashi hisobot yig‘ilishlarida, uyushma qoshidagi ijodiy to‘garak faoliyatida, adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 30-avgustdagi 01-03/792-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarga adabiy qahramon tushunchasi, antik davrdan boshlab uning mazmuniy tadrijida yuz bergan o‘zgarishlarni tadqiq etish, 70-yillar o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, davr ijtimoiy-madaniy sharoiti va uning adabiyotga ta’sirini yoritishda yangi ma’lumotlar topishga va tasavvurlarini kengaytirishga turtki bo‘ladi.