Israil Mukaddas Irgashevnaning
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sotsiolingvistik omillarning til taraqqiyotiga ta’siri (o‘zbek va rus mediamatnlari misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi, (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil814. 
Ilmiy maslahatchi: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Shahlo Mirdjonovna Xamraeva, filologiya fanlari doktori, dotsent. Iroda Abduzuhurovna Siddiqova, filologiya fanlari doktori, professor. Poyon O‘rolovich Bakirov, filologiya fanlari doktori, professor.                            .
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.     Tadqiqotning maqsadi tarixiy va zamonaviy tamoyillar asosida bosma media tilining til taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi asosiy sotsiolingvistik omillarini, tilning ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayonlar ta’sirida taraqqiyot dinamikasini, funksional-ekspressiv-baholovchi omillarini aniqlashdan iborat.  
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi til siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan lingvistik vaziyatni yanada chuqur anglash imkonini beruvchi sotsiolingvistik omillar jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, demografik va madaniy omillarning tilga ta’siri, tezkor axborot almashinuvida til birliklarining voqelanish jarayonini ilk bor tadqiq qilish asnosida tilning barcha imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan gazeta matnining taraqqiyot tendensiyalari aniqlangan; 
til taraqqiyotida mediamatn yaratish jarayoni, axborotni olish, saqlash, o‘zgartirish va uni translyasiya qilish orqali tilning imkoniyatlaridan foydalnishda “voqelik → vaziyat → mahorat” triadasining til dinamik jarayoni hamda adabiy tilning barqarorligi va ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosligini mustahkamlashda muhim omil sifatida xizmat qilishi asoslangan; 
gazeta tilining diaxronik tahlili sotsiolingvistik omillarning, xususan, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda yuz bergan o‘zgarishlarning til taraqqiyotiga ta’siri asosida shakllanishi, leksik-uslubiy o‘zgarishlarni hamda gazeta matnini ochiq baholashga qaratilgan leksik vositalardan foydalanish tilni me’yorlashtirish hamda gazeta-publisistik uslubining demokratlashuviga xizmat qilishi dalillangan; 
gazeta matnida siyosiy leksika voqelanishining global siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, barqaror, dinamik taraqqiyot natijasida ijtimoiy-siyosiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyati tilning taraqqiyotida muhim o‘rin kasb etishi hamda  til taraqqiyoti jarayoni xalq mentaliteti va urf-odatlari bilan bog‘liqligi, siyosiy leksikaning taraqqiyot dinamikasini turli ijtimoiy guruhlarda voqelanish    xususiyatlarning gazeta-publisistik uslubida semantik tranformatsiyasi masalasi, yangi metaforalarning shakllanishida ijtimoiy-madaniy omillarning roli  aniqlangan; til taraqqiyoti bosqichlarini  tarixiy tamoyillar asosida  aniqlash; 
gazeta matnida o‘zlashmalar voqelanishining axboriy qiymatni belgilashdagi o‘rni, yangi tushunchalarning til tizimidagi o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi, tilning xalqchilligi asosida auditoriya tomonidan oson idrok etishga yordam beruvchi universal hodisa hamda tilning taraqqiyot tamoyillarini belgilovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistondagi lingvistik vaziyatni chuqur anglash imkonini beruvchi sotsiolingvistik omillar jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy o‘zgarishlar konteksti tilning barcha imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan gazeta matnining tendensiyalari aniqlanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida filologiya fanlari doktori, professor R.U.Madjidovaning 2020–2022-yillarda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan FZ–2019062034 raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 2-iyuldagi 24/2143-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari mazkur loyiha bo‘yicha milliy-madaniy so‘zlar glossariysini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yonalish va vazifalarini hamda istiqboldagi yo‘nalishlarini belgilashga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari doktori, professor G.I.Ergashevaning 2023–2024-yillarda amalga oshirilgan IL–662204405 “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish (xorijiy til misolida)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada loyiha doirasida yaratilgan moduldagi til taraqqiyotida mediamatn yaratish jarayoni, axborotni olish, saqlash, o‘zgartirish va uni translyasiya qilish orqali tilning imkoniyatlaridan foydalanishda “voqelik → vaziyat → mahorat” triadasining til dinamik jarayoni hamda adabiy tilning barqarorligi va ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosligining til o‘rganuvchilar lisoniy identivligini belgilashdagi imkoniyati, xususan, ularning fonetik kompetensiyasi takomillashuviga xizmat qilishi isbotlangan; 
gazeta tilining diaxronik tahlili sotsiolingvistik omillarning, xususan, ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy sohalarda yuz bergan o‘zgarishlarning til taraqqiyotiga ta’siri asosida shakllanishi, leksik-stilistik o‘zgarishlar hamda gazeta matnini ochiq baholashga qaratilgan leksik vositalardan foydalanish tilni me’yorlashtirish hamda gazeta-publisistik uslubining demokratlashuviga xizmat qilishi dalillanishiga oid ilmiy natijalaridan, dissertatsiya materiallaridagi sotsiolingvistik omillarning til taraqqiyotiga ta’siri tahlillaridan O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish markazida Germaniyaning Deusche Welle Academy va markaz direktori S.R.Sulaymonova tomonidan tuzilgan PA.BZ24AS.24.30.13 raqamli Grant Contractga muvofiq 01.04.2024–30.11.2024-yilda amalga oshirilayotgan  “Media School Uzbekistan” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazining 2024-yil 1-avgustdagi 45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida mediamatnlardagi ijtimoiy-siyosiy leksika tarjimasida muqobillarni topishni o‘rgatuvchi multimediaviy resurslar, tarqatma materiallar tayyorlanayotganida muhim manba vazifasini o‘tagan;
gazeta matnida siyosiy leksika voqelanishining global siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi hamda barqaror, dinamik rivojlanishi natijasida ijtimoiy-siyosiy muhitga moslashuvchanlik imkoniyati tilning taraqqiyotida muhim o‘rin kasb etishiga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023-yillarda amalga oshirilgan SUZ–800-21 GR–381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida tilshunoslikdagi kompyuter lingvistikasiga oid atamalarning, sotsiolingvistik omillarning leksik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 23-iyuldagi 03/2157-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning taklif va tavsiyalari moduldagi matnlarning, sotsiolingvistik omillarning til taraqqiyoti tahlillarini izohlashda muhim manba vazifasini o‘tashiga erishilgan;
gazeta matnida o‘zlashmalar voqelanishining axboriy qiymatni belgilashdagi o‘rni, yangi tushunchalarning til tizimidagi o‘zgarishlarini yuzaga keltiruvchi, tilning xalqchilligi asosida auditoriya tomonidan oson idrok etishga yordam beruvchi universal hodisa hamda tilning taraqqiyot tamoyillarini belgilovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlanishiga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent G.X.Xasanova 2023–2025-yillarda bajarayotgan AL–672205602 raqamli “Ko‘zi ojizlar uchun spelling audio dictionary” audio qo‘llanmasini yaratish”  nomli amaliy loyihasi doirasida audio lug‘atdagi o‘zlashmalar glossariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2024-yil 29-iyuldagi 3/677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari o‘zlashmalarni to‘gri talaffuz qilishni o‘rgatish maqsadida loyiha doirasida audio resurslar, amaliy materiallar tayyorlanayotganida muhim manba vazifasini o‘tashiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish