Hamidov Nurali Shodiyor o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
 “Boburnoma”dagi she’riyat poetikasi” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.2 PhD/Fil2077 
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Husayn Baydemir, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Zahiriddin Muhammad Boburning tarixiy-badiiy asari “Boburnoma”dan o‘rin olgan she’rlar poetikasi va badiiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma”dagi she’rlarning xokisorlik va kibr, saxiylik va xasislik, qanoat, vatan sog‘inchi, xiyonat kabi g‘oyaviy jihatlari ochib berilib, lirik kechinmadagi Fon hukmdori, Vays Shayx, Vays Log‘ariy, Tohir do‘ldoy kabi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq hayotiy asoslari dalillangan;
asardagi voqea-hodisalar bayonida Samarqand, Hirot kabi adabiy muhitda yashab ijod qilgan Abdurahmon Jomiy, Shohg‘arib, Muhammad Solih, Suxayliy, Sulton Ahmad mirzo kabi tarixiy shaxslarning portreti tasvirlanib, ularning ijodi bo‘yicha zohir va botin ulumida, kalomi marg‘ub, yomon aytmaydur, bisyor sust va furudtur singari ta’riflar berilganligi asoslangan;
“Boburnoma”dagi she’rlar voqealar bayonida xulosa sifatida keltirilishi, ularda folklorizmning ustivorligi, mazmunni yorqinlashtirishi, ifodaviy qobig‘i shaklan maqolga tenglashtirilganligi aniqlangan;
asarda keltirilgan she’riy parchalar mualliflarining tanosib, tazod, mubolag‘a kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi so‘z qo‘llash, qofiya tanlash, hasbi hol she’rlarda lirik qahramonning ayni payt ruhiy holatini ifodalashi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilishi. Zamonaviy boburshunoslik sohasida “Boburnoma”dagi she’riyat poetikasi talqinini tadqiq etish hamda uning ilmiy natijalar asosida:
“Boburnoma”dagi she’rlar voqealar bayonida xulosa sifatida keltirilishi, ularda folklorizmning ustivorligi, mazmunni yorqinlashtirishi, ifodaviy qobig‘i shaklan maqolga tenglashtirilganligi aniqlangan ilmiy natijalardan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil, 22-dekabrdagi 505/1-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning, boburshunoslikka doir olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
“Boburnoma”dagi she’rlarning xokisorlik va kibr, saxiylik va xasislik, qanoat, vatan sog‘inchi, xiyonat kabi g‘oyaviy jihatlari ochib berilib, lirik kechinmadagi Fon hukmdori, Vays Shayx, Vays Log‘ariy, Tohir do‘ldoy kabi tarixiy shaxslar bilan bog‘liq hayotiy asoslari dalillangan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil, 14-sentyabrdagi 07-07 – 175-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusidagi xulosalar va takliflaridan Bobur lirikasini merosini chuqur tadqiq etish hamda tasavvuf ta’limotining badiiy timsollarini o‘rganish imkonini bergan;
asardagi voqea-hodisalar bayonida Samarqand, Hirot kabi adabiy muhitda yashab ijod qilgan Abdurahmon Jomiy, Shohg‘arib, Muhammad Solih, Suxayliy, Sulton Ahmad mirzo kabi tarixiy shaxslarning portreti tasvirlanib, ularning ijodi bo‘yicha zohir va botin ulumida, kalomi marg‘ub, yomon aytmaydur, bisyor sust va furudtur singari ta’riflar berilganligi asoslangan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil, 19-sentyabrdagi 01-02-01/191-sonli dalolatnomasi). Natijada “Boburnoma” asari hamda undagi she’riy parchalar poetikasini ilmiy jihatdan o‘rganish zaruriyati bugungi kunning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri ekanligi tadqiqot natijasida tasdiqlangan; 
asarda keltirilgan she’riy parchalar mualliflarining tanosib, tazod, mubolag‘a kabi badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi so‘z qo‘llash, qofiya tanlash, hasbi hol she’rlarda lirik qahramonning ayni payt ruhiy holatini ifodalashi ochib berilganligi yuzasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi to‘garaklari faoliyatida adabiy suhbatlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limining 2023-yil, 17-sentyabrdagi 01-03-13/835-son ma’lumotnomasi). Natijada, asardagi lirik she’rlar badiiyati masalasi, xususan, asardan o‘rin olgan she’rlardagi obraz va timsollar, badiiy tasvir vositalari va muallif mahorati, Boburning nosirlik va adabiyotshunos olimlik, shuningdek, shoirlik iste’dodi talqini tadqiqida ochilgan ilmiy xulosalarni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish