Komilova Gulmira Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Bilingual she’riyatda lingvopoetik  vositalarning qiyosiy tahlili”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1387.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Umarova  Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari  doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bilingual ijodkorlar she’riyatidagi lingvopoetik vositalarning universal va farqli jihatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bilingual she’riyatning tarixiy shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini tavsiflash orqali qiyoslanayotgan tillarda bilingual she’riyatning yuzaga kelishidagi   ishtimoiy-madaniy omillar aniqlangan;
bilingual shoirlar ikki turli madaniyat va tilning ta’siri ostida yaratgan asarlarda milliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lingvopoetik jihatlar mualliflar ijodi poetikasini o‘rganish orqali  ochib berilgan;
bilingual she’riyatda metafora, metonimiya, sinekdoxa, shaxslantirish, tamlama, ramz, alliteratsiya, assonans, ta’rif, o‘xshatish, qofiya, ritm, ironiya, satira singari tasviriy vositalarda bilingual farqlanish isbotlangan;
bilingual shoirlar ijodida o‘z madaniyati va davri bilan bog‘liq she’riy shakllar va uslublar ustuvorligi lingvopoetik vositalar tasviri, g‘oyalar mushtarakligi bilan bog‘liqligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bilingual she’riyatning lingvopoetik vositalari qiyosiy tahlili  yuzasidan olingan natijalar asosida:
bilingual she’riyatning tarixiy shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini tavsiflash orqali qiyoslanayotgan tillarda bilingual she’riyatning yuzaga kelishidagi   ishtimoiy-madaniy omillar aniqlangani xususidagi nazariy mulohazalardan O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-FI-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-fevraldagi 17.01/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi notiqlik sanʼati, nutq ravonligi, turli tizimli tillar doirasida adabiyot va tillararo muloqot, ikki tillilik, ikki tilda ijod qilish, bilingual sheʼriyatda lingvopoetik vositalarning universal va differensial belgilarini tahlil qilish imkonini bergan;
bilingual shoirlar ikki turli madaniyat va tilning ta’siri ostida yaratgan asarlarda milliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lingvopoetik jihatlar mualliflar ijodi poetikasini o‘rganish orqali  ochib berilgani, bilingual she’riyatda metafora, metonimiya, sinekdoxa, shaxslantirish, tamlama, ramz, alliteratsiya, assonans, ta’rif, o‘xshatish, qofiya, ritm, ironiya, satira singari tasviriy vositalarda bilingual farqlanish isbotlanganiga doir xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 7-oktyabrdagi 01/10-2030-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron  platformani takomillashtirishga xizmat qilgan; 
bilingual shoirlar ijodida o‘z madaniyati va davri bilan bog‘liq she’riy shakllar va uslublar ustuvorligi lingvopoetik vositalar tasviri, g‘oyalar mushtarakligi bilan bog‘liqligi dalillangani borasidagi xulosa va takliflardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2022-yil sentyabr oyida efirga uzatilgan “Assalom, Buxoro”, “Munosabat”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-sentyabrdagi 1/229-son ma’lumotnomasi). Natijada teleradiokompaniya ijodiy jamoasining chet tillar doirasida tillararo muloqot qilishi va mulohaza yuritishi uchun zamin yaratishda muayyan darajada xizmat qilib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish