Ullieva Sanobar Haydarovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Badiiy obraz yaratishda lisoniy birliklarning funksiyalari (O‘tkir Hoshimov asarlari misolida) 10.00.01 – O‘zbek tili 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2846  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
  Ilmiy rahbar: Do‘simov Zaribboy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti
IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02
   Rasmiy opponentlar: Gaylieva O‘g‘ilbay Kurbanmurodovna, filologiya fanlari 
    doktori, professor.
    Atajonova Anorgul Jumaniyazovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi badiiy obraz yaratishdagi lisoniy birliklarning vazifalarini O‘tkir Hoshimov qissa va romanlari asosida tadqiq qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: lingvistik tadqiqotlardagi badiiy obrazni lisoniy ifodalashning usullari tahlili asosida lisoniy shaxsni tadqiq qilish so‘zlar, shuur orqali tan olinadigan kognitiv mexanizmlar hamda qahramonlar xarakterini tavsiflashda asosiy tayanch ekani dalillangan;
badiiy matndagi lisoniy shaxsning nutqiy faoliyati fonetik, leksik, morfemik, morfologik, sintaktik sath birliklari orqali shakllanishi va obraz yaratishda bu birliklarining pragmatik, kognitiv, lingvokulturologik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari juda ahamiyatli ekanligi yoritilgan;  
lisoniy shaxsning tarkibiy qismlari, uni ifoda etuvchi til birliklari tavsiflanib, ushbu birliklarning milliy xarakterlar obrazini yaratishdagi o‘rni, mohiyati hamda badiiy matndagi semantik-pragmatik va funksional-stilistik xususiyatlari asoslangan; 
O‘tkir Hoshimov qissalaridagi lisoniy obrazlarning badiiy matnda implisit va eksplisit ifodalanishi, nutqiy portret shakllantiruvchi lisoniy birliklarni qo‘llashning milliy-madaniy va lingvokognitiv omillari hamda obraz yaratuvchi metaforalarning leksik-semantik tizimdagi o‘rni misollar yordamida ochib berilgan. 

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir Hoshimov qo‘llagan badiiy obraz yaratishdagi lisoniy birliklarning vazifalarini tilshunoslikdagi antroposentrik paradigma doirasida tadqiq etish asosida:
lisoniy shaxsning tarkibiy qismlari, uni ifoda etuvchi til birliklari tavsiflanib, ushbu birliklarning milliy xarakterlar obrazini yaratishdagi o‘rni, mohiyati hamda badiiy matndagi semantik-pragmatik va funksional-stilistik xususiyatlari asoslangan xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq  etish” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 22-dekabrdagi №503/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotchining ilmiy-nazariy fikr va ma’lumotlari loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning, roman janri haqida olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini oshirishga nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan;
lisoniy birliklarning milliy xarakterlar obrazini yaratishdagi o‘rni, mohiyati hamda badiiy matndagi semantik-pragmatik va funksional-stilistik xususiyatlari, inson obrazini lisoniy birliklar yordamida ifodalashning usul va yoʻsinlari, badiiy matnda lisoniy birliklarni qo‘llashning milliy-madaniy va lingvokulturologik omillari, adabiy personajlarni lingvistik o‘rganishning o‘ziga xos jihatlari asoslangan xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusida fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2024-yil 16-yanvardagi №151\1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalarning saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
O‘tkir Hoshimov qissalaridagi lisoniy obrazlarning badiiy matnda yashirin va aniq ifodalanishi, nutqiy portret shakllantiruvchi lisoniy birliklarni qo‘llashning milliy-madaniy va lingvokognitiv omillari hamda obraz yaratuvchi metaforalarning leksik-semantik tizimdagi o‘rni ochib berilgan materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli Samarqand viloyatining “STR” davlat telekanalining madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat  teleradiokompaniyasining 2024-yil 04-apreldagi №01-07\82-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘tkir Hoshimov qissa va romanlari mutolaasi badiiy nutqning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi, lug‘at boyligining ma’lum darajada ortishiga xizmat qilishini atroflicha yoritish imkoniyati yaratilgan.
badiiy matndagi lisoniy shaxsning nutqiy faoliyati fonetik, leksik, morfemik, morfologik, sintaktik sath birliklari orqali shakllanishi va obraz yaratishda bu birliklarining pragmatik, kognitiv, lingvokulturologik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, badiiy asar tili badiiy matndagi lisoniy obraz asosida umumlashma hissiy-vizual tasvirga ega bo‘lgan, ushbu voqelikning turli va turfa xususiyatlarini o‘zida jamlagan, assotsiativ-semantik maydon hosil qiluvchi maxsus fonetik, leksik-frazeologik va grammatik vositalar orqali ifodalanadigan birlik ekanligi asoslangan ilmiy xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-avgustdagi №04/1-2135-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusi lisoniy shaxs nutqi, badiiy asar tili, lisoniy obraz yaratuvchi vositalarga aloqador ma’lumotlar bilan boyitilgan hamda bu tavsiyalar grant loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar saviyasi oshishini ta’minlagan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish