Rasulov Saodaddin Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ““Qishloq xo‘jaligida axborot kommunkatsion texnologiyalari” fanini o‘qitishning elektron dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2931.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped 26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yaxyaev Sobir Jumakulovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi “Qishloq xo‘jaligida axborot kommunkatsion texnologiyalari” fanini o‘qitishning elektron dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari ta’limning adaptiv, izlanish va refleksiv bosqichlarga moslashtirish, ta’limni axborotlashtirish, individuallashtirishni transformatsiyalash, hamda kasbga yo‘naltirishning kommunikativ-shaxsiy, dadiktik va gnostik komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda dasturiy-metodik tizimi didaktik (metodik, psixologik) texnik, maxsus (ergonomik, valeologik va estetik) talablarni aniqlashtirish, raqamli ta’lim platformalariga sinxron va assinxron moslashtirish, o‘qitishning tuzilmaviy modelini masafoviy o‘qitishning birlamchi modeliga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda elektron dasturiy ta’minotdan foydalanish metodikasi kurs boshqaruvi, gaymifikatsiya, ijtimoiy ta’lim, aralash ta’lim, hisobot va tahlillar, ko‘p muhitlilik, content yaratish, muvofiqlik va integratsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini elektron dasturiy ta’minot vositasida o‘qitish samaradorligi aniqlovchi, faoliyatli, mazmunli, motivatsion mezonlariga mos yuqori, o‘rta va quyi darajalarni aniqlashtirish, kollaborativ va tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning ta’lim sifatini oshirishdagi resurslar bog‘liqligi, ochiqligi va maqsadga erishish muvofiqligini ta’minlash xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari” fanini o‘qitishning elektron dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari ta’limning adaptiv, izlanish va refleksiv bosqichlarga moslashtirish, ta’limni axborotlashtirish, individuallashtirishni transformatsiyalash, hamda kasbga yo‘naltirishning kommunikativ-shaxsiy, dadiktik va gnostik komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot kommunikatsion texnologiyalari” darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6518/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning axborot kommunikatsion texnologiyalari kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda dasturiy-metodik tizimini didaktik, metodik, psixologik, texnik, maxsus, ergonomik, valeologik va estetik talablarni aniqlashtirishga va raqamli platformalarining sinxron va assinxron moslashtirish, hamda o‘qitishning tuzilmaviy modelini masofaviy o‘qitishning birlamchi modeliga integratsiyalashga oid tavsiyalar “Axborot kommunikatsion texnologiyalar (amaliy va laborotoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha)” Toshkent davlat agrar universitetining barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishlari uchun elektron o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6518/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada “Qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari” fanini o‘qitishni elektron ta’lim muhitida o‘qitish sifatini oshirishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda elektron dasturiy ta’minotdan foydalanish metodikasini kurs boshqaruvi, gaymifikatsiya, ijtimoiy ta’lim, aralash ta’lim, hisobot va tahlillar, ko‘p muhitlilik, content yaratish, muvofiqlik va integratsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Elektron kutubxonalar va ulardan foydalanish” barcha qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6518/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini o‘qitishda qo‘llanilgan metodik resurslar talabalarning raqamli  kompetentligining faollashiga erishilgan;
qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini elektron dasturiy ta’minot vositasida o‘qitish samaradorligi aniqlovchi, faoliyatli, mazmunli, motivatsion mezonlariga mos yuqori, o‘rta va quyi darajalarni aniqlashtirish, kollaborativ va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini oshirishdagi resurslar bog‘liqligi, ochiqligi va maqsadga erishish muvofiqligini ta’minlash xususiyatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Axborot kommunikatsion texnologiyalari” darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-noyabrdagi 11-05-6518/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalari fanini elektron ta’lim muhitida o‘qitish talabalarning kasbiy faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari samaradorligi rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish