Narbaev Farrux Sharafbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishning elektron-didaktik imkoniyatlari”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped5107.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
          Ilmiy rahbar: Nafasov G‘anisher Abdurashidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Eshimov Rahmon Rustamovich,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi elektron-didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    elektron-didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari globallashgan jamiyatda pedagogning shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlarini kompleks va strategik yondashuvlarga mosligini ta’minlash, metodik tayyorgarlikning tashkiliy komponentlarini pedagogik va psixologik xususiyatlariga o‘zaro integratsiyalash, hamda elektron-didaktik talablarga  uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
          bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantiruvchi texnologiyalar intensiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda didaktik va elektron ta’minot komponentlarini bir-biriga moslashtirish hamda talabalarning elektron-didaktik ta’minotidan foydalanishning pedagogik shart sharoitlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
          elektron-didaktik muhitda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli integrativ yondashuvlar (faoliyatli, innovatsion, informatsion)ga ustuvorlik berish, didaktik (moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, mobillilik, qadriyatlilik va baholash) tamoyillarini  elektron-didaktik ta’minot tamoyillariga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
          bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi kontentli boshqaruv tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari, “Flirred-learning” va “Event” texnologiyalari kabi ta’lim texnologiyalarni qo‘llash va integratsiyalashuv elementlarini singdirish hamda o‘qitish samaradorligi resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlik, to‘g‘ri yo‘naltirish, taqqoslashning mantiqiyligini dinamik ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron-didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
elektron-didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari globallashgan jamiyatda pedagogning shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlarini kompleks va strategik yondashuvlarga mosligini ta’minlash, metodik tayyorgarlikning tashkiliy komponentlarini pedagogik va psixologik xususiyatlariga o‘zaro integratsiyalash, hamda elektron-didaktik talablarga  uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10 fevraldagi 11-05-903/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarlikka moslashishining pedagogik imkoniyatlari kengaytirilgan;
boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantiruvchi texnologiyalar intensiv texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalash hamda didaktik va elektron ta’minot komponentlarini bir-biriga moslashtirish hamda talabalarning elektron-didaktik ta’minotidan foydalanishning pedagogik shart sharoitlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10 fevraldagi 11-05-903/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish mezonlari metodik tayyorgarlik omillarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron-didaktik muhitda boʻlajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli integrativ yondashuvlar (faoliyatli, innovatsion, informatsion)ga ustivorlik berish, didaktik (moslashuvchanlik, amaliyot bilan bog‘liqlik, ko‘rgazmalilik, mobillilik, qadriyatlilik va baholash) tamoyillarini  elektron-didaktik ta’minot tamoyillariga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10 fevraldagi 11-05-903/04 raqamli ma’lumotnomasi) .Natijada,kompetentli yondashuvni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishdagi o‘ziga xos nazariy metodologik va amaliy faoliyat jihatlarini aniqlashga erishilgan;
  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi kontentli boshqaruv tizimlari, ta’limni boshqaruv tizimlari, “Flirred-learning” va “Event” texnologiyalari kabi ta’lim texnologiyalarni qo‘llash va integratsiyalashuv elementlarini singdirish hamda o‘qitish samaradorligi resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlik, to‘g‘ri yo‘naltirish, taqqoslashning mantiqiyligini dinamik ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 10 fevraldagi 11-05-903/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, elektron-didaktik ta’minot vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish