Pardaeva Komila Umirzaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7880.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba , pedagogika fanlari doktori, professor; Kenjaeva Muxayyo Otamurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Avloniyning  badiiy-ijodiy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari  ma’naviy-axloqiy,ta’limiy-tarbiyaviy,ijtimoiy-ma’rifiy yondashuvlar, zamonaviy pedagogik shart-sharoitlar(multimedia vositalari,keyslar) hamda ta’lim jarayonida badiiy ijodiy meroslardan foydalanish didaktik bosqich (bilish,tushunish,qo‘llash,tahlil qilish)larining tahlili asosida aniqlashtirilgan;
Abdulla Avloniyning ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy tafakkurni bosqichma-bosqich rivojlantirishning ijtimoiy kompetentlikni tayanch kompetensiyalarga uyg‘unlashtirish  hamda ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
Abdulla Avloniy ma’naviy merosini o‘qitish modeli pedagogik asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid didaktik tamoyillar (hamkorlik, insonparvarlik, tadrijiylik)  hamda ma’naviy mezonlar (motivatsion, kognitiv, refleksiv), poetik maqsad va g‘oyalarning  uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
Abdulla Avloniyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasi ta’limiy komp’yuter dasturlarni va zamonaviy innovatsion metodlarni (Keys-stadi,Kichk guruhlarda ishlash , Munozara,Adabiy qahramon portretiga chizgilar , Step bay step, Aktivator-3,2,1) o‘quv jarayonida ta’lim-tarbiyaga oid tarixiy qarashlarni zamonaviy ta’lim talablariga o‘zaro moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Avloniyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar, pedagogik tavsiyalar asosida:
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasi  ma’naviy-axloqiy, ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma’rifiy yondashuvlarning tarbiyaviy jihatlarini qiyosiy o‘rganish, ijodiy-faoliyatli pedagogik shart-sharoitlarni izchil oshirish hamda badiiy-ijodiy merosning umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro aloqadorligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024 yil 20 noyabrdagi 11-05-6669/04 sonli ma’lumotnomasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i asosida berilgan 302-1292 sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada Abdulla Avloniyning badiiy-ijodiy merosidan ta’lim jarayonida foydalanishning uzviyligi va uzlyuksizligini qiyosiy-tahliliy o‘rganish asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan.
Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish jarayoni modeli ma’naviy-axloqiy tafakkurning ijtimoiy-ma’naviy asoslarini yuzaga chiqaradigan ma’lumotlarni tarbiyaviy jihatlarini tahlil qilish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarni mazmunga mos uyg‘unlashtirish hamda ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tafakkuri va dunyoqarashini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Pedagogika tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024 yil 20 noyabrdagi 11-05-6669/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Avloniyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida foydalanish imkoni yaratilgan. 
Abdulla Avloniyning ma’naviy merosini o‘qitish pedagogik asarlarda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid didaktik tamoyillarning yaxlit mazmunini tahliliy aniqlashtirish hamda ma’naviy mezonlar, poetik maqsad, g‘oyalarning integrativ uyg‘unligini ta’minlash hamda ta’limda andragogik yondashuvning natijadorligiga intensiv ta’sir ko‘rsatisha asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Pedagogika tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024 yil 20 noyabrdagi 11-05-6669/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya uyg‘unligini ta’minlash va tayanch kompetensiyalarni takomillashtirishda Abdulla Avloniy ma’naviy merosining pedagogik ahamiyati ta’lim tizimida ma’naviy barkamol shaxs tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Abdulla Avloniyning ma’naviy-axloqiy qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasi Keys-stadi, Modellashtirish, Bumerang, Ijodiy ish, Munozara, Galereya pedagogik texnologiyalari va Kahoot, Step by step, Aktivato-3,2,1ta’limiy kompyuter dasturlardan foydalanish bosqichlarini faktik aniqlash hamda ta’lim-tarbiyaga oid tarixiy qarashlarni zamonaviy ta’lim talablariga o‘zaro adaptiv moslashtirish tamoyillariga ustivorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Pedagogika tarixi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi TDPUning 2024 yil 20 noyabrdagi 11-05-6669/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini  takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash imkoni yaratilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish