Berdibekova Feruza Abdumannob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abrorxonova Kamola Abrorxon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda akmeologik yondashuvdan foydalanishning didaktik imkoniyatlari asosida kasbiy bilimlarining rivojlantirish komponentlari va bosqichlarining aniqlashtirilganligi, akmeologik ta’lim metodikalari, uni amaliyotga tatbiq etishning qulay didaktik shart-sharoitlari, refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan ta’minlash asosida aniqlangan;
kasbiy tayyorgarlik jarayonida akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy mahoratini rivojlantirish modeli maqsadni shakllantiruvchi, qadriyatga yo‘naltirilgan, motivatsion-mazmunli, hosil qiluvchi komponentlari, akmeologik ta’limning kasbiy-didaktik imkoniyatlari ta’sirchanligi, uyg‘unligi tayanch bilimlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda akmeologik yondashuvdan foydalanish metodikasi asosida o‘zini o‘zi rivojlantirish, kasbiy faoliyatning obektiv-subektiv va dialektik birligini va pedagogik ijodkorlikni muntazam aks ettirish hamda bilim va ko‘nikmalarni diagnostik modellashtirish asosida asoslangan va eksperimental ravishda sinovdan o‘tkazilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari, akmeologik yondashuv asosida kasbiy mahoratini rivojlantirishning maksimal, optimal, zaruriy darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasi mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini rivojlantirish imkoniyatlari kasbiy ahamiyatli vaziyatlarni kognitiv echimini topishning refleksiv-baholash traektoriyasini aniqlashga qaratilgan motivatsion va akmeologik yondashuvlarni o‘zaro adaptiv uyg‘unlashtirish hamda kommunikativ, hissiy-qadriyat yaxlitligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0315 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada akmeologik yondashuv asosida talabalarni kasbiy mahoratini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitish imkoni yaratilgan;
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini rivojlantirish samaradorligi pedagogik ko‘maklashishga tashkiliy-faoliyati ta’sir qiluvchi didaktik omillarni aniqlash, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mutanosibligi prinsipiga ko‘ra tayanch bilimlarni bosqichma-bosqich modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0315 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada kasbiy kompitensiyalarini rivojlantirishga doir nazariy va amaliy materiallar bilan boyitishga sharoit yaratilgan;
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini rivojlantirish jarayoni tashkiliy-didaktik mexanizmlarining innovatsion-interaktiv tuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan kasbiy loyiha va xatti-harakatlar majmuini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda analitik-tashkiliy, faoliyatli-natijaviy bosqichlar ketma-ketligi barqarorligini intensiv aniqlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0315 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik tizimini rivojlantirish mexanizmlari amaliyotda qo‘llash samaradorligi oshirilgan;
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy mahoratini rivojlanishini baholash mezonlari insonparvarlik ideallariga yo‘nalganlik darajasini oshirishga qaratilgan ahloqiy komponentlarning pedagogik mazunini hamda motivatsion-kognitiv, refleksiv-baholovchi komponentlar uyg‘unligini ta’lim maqsadlari bilan bosqichma-bosqich optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 23-0315 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy mahoratini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.