Saidova Dilfuza Ergashovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual hamkorlik muhitida talabalarni obektga yo‘naltirilgan dasturlashga o‘rgatish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.3630. 
Ilmiy rahbar: Xolmurodov Abdulxamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Davronbek Firnafasovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual hamkorlik muhitida talabalarga obektga yo‘naltirilgan dasturlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga virtual hamkorlik muhitidan foydalanib obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatishning individual-psixologik xususiyatlari jamoaviylik, hamkorlik, virtuallik kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida har bir talabaning shaxsiy o‘sishiga xizmat qiluvchi psixologik-barqaror o‘quv muhiti aniqlashtirilgan; 
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli pedagogik vositalar bilan boyitilgan ta’limiy mexanizmlar virtual hamkorlik muhitida talabalarga obektga yo‘naltirilgan dasturlashni samarali o‘rgatish uchun Google Colab, Codebunk, Collabedit bulutli dasturlash platformalarining konvertatsiya qilish imkoniyatini kengaytirish orqali ishlab chiqilgan; 
talabalar bilan ishlashga (auditoriya va auditoriyadan tashqari) doir obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatish modeli “o‘qituvchi-talaba-guruh” tizimining gorizontal (talabalar o‘rtasida) va vertikal (o‘qituvchi-talaba o‘rtasidagi) o‘zaro aloqalari Python dasturlash tili, Internet texnologiyalari, kompyuter, smartfon kabi zamonaviy qurilmalar asosida virtual hamkorlik muhitida takomillashtirilgan;
virtual hamkorlik muhiti (https://www.virtual-hamkorlik.uz/) orqali obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatish mezonlari kompetensiyaviy yondashuv darajasini baholashga qaratilgan produktiv va reproduktiv baholash ko‘rsatkichlari hamda noan’anaviy baholash usullarini raqamlashtirishga ustuvorlik berish asosida dasturlash kompetensiyalarining chuqur va bosqichma-bosqich shakllanishini aniqlovchi baholash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni virtual hamkorlik muhitida obektga yo‘naltirilgan dasturlashga o‘rgatishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarga virtual hamkorlik muhitidan foydalanib obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatishning individual-psixologik xususiyatlari jamoaviylik, hamkorlik, virtuallik kabi kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida har bir talabaning shaxsiy o‘sishiga xizmat qiluvchi psixologik-barqaror o‘quv muhitini aniqlashga hamda talabalar bilan ishlashga (auditoriya va auditoriyadan tashqari) doir obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatish modeli “o‘qituvchi-talaba-guruh” tizimining gorizontal (talabalar o‘rtasida) va vertikal (o‘qituvchi-talaba o‘rtasidagi) o‘zaro aloqalari Python dasturlash tili, Internet texnologiyalari, kompyuter, smartfon kabi zamonaviy qurilmalar asosida virtual hamkorlik muhitiga oid tavsiyalar Qarshi davlat universitetida AIF 2/17 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” (2019-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-sentyabrdagi 11-05-4916/04 son ma’lumotnomasi). Natijada obektga yo‘naltirilgan dasturlashni talabalarga o‘rgatishning kompetensiyaviy yondashuvlarini tahlil qilishga erishilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqamli pedagogik vositalar bilan boyitilgan ta’limiy mexanizmlar virtual hamkorlik muhitida talabalarga obektga yo‘naltirilgan dasturlashni samarali o‘rgatish uchun Google Colab, Codebunk, Collabedit bulutli dasturlash platformalarining konvertatsiya qilish imkoniyatini kengaytirish orqali ishlab chiqilishini asoslashga oid taklif va tavsiyalar “Pedagogik dasturiy vositalardan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrug‘i; 233-0365-son guvohnomasi). Natijada mazkur o‘quv qo‘llanma asosida talabalarga obektga yo‘naltirilgan dasturlashni virtual hamkorlik muhitida o‘rgatish modelining mazmunini boyitishga erishilgan;
virtual hamkorlik muhiti (https://www.virtual-hamkorlik.uz/) orqali obektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘rgatish mezonlari kompetensiyaviy yondashuv darajasini baholashga qaratilgan produktiv va reproduktiv baholash ko‘rsatkichlari hamda noan’anaviy baholash usullarini raqamlashtirishga ustuvorlik berish asosida dasturlash kompetensiyalarining chuqur va bosqichma-bosqich shakllanishini aniqlovchi baholash usullarini takomillashtirishga doir takliflarda bajarilgan OT-Atex-2018-546 raqamli “Android va IOS operatsion tizimlar uchun mobil ilovalar yaratish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihasini bajarilishida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-sentyabrdagi 11-05-4916/04 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning bilim darajasini “Tartibla”, “Test”, “Virtual muhokama” baholash usullariga ustuvorlik berish asosida eksperimental tekshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish