Turganov Yodgor Ismatovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini takomillashtirish”
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped8080
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi o‘zaro shartlangan motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, praksiologik va refleksiv tarkibiy asoslarga muvofiq tarzda mazkur jarayon komponentlari bilan identivlikka ega gnostik, prognostik, tashkiliy, kommunikativ, refleksiv funksiyalarning qayta aloqasi paritentligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirishning diagnostik instrumentariyasi baholash motivatsiyasi, baholi fikrlash, baholash usullarini o‘zlashtirish, hamkorlikda baholash, baholi refleksiya ko‘rsatkichlarining adaptiv, reproduktiv, pragmatik, integrativ darajalarga mutanosib korrelyasiyasini gorizontal va vertikal yo‘nalish bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti avtoritar nazoratning sogʻlikka va ruhiyatga zarar etkazuvchi jihatlarini korreksiyalashga qaratilgan kooperativ baholashning didaktik va diagnostik imkoniyatlarini tadrijiy kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtitrilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish texnolgoiyasi baholashning ichki va tashqi shakllarining kombinatsiyasini amalga oshirish imkonini beradigan o‘z-o‘zi va o‘zaro bir-birini, shakllantiruvchi, mezonli, autentik, portfolioli baholashning adaptiv variantlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish tuzilmasi o‘zaro shartlangan motivatsion-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, praksiologik va refleksiv tarkibiy asoslarga muvofiq tarzda mazkur jarayon komponentlari bilan identivlikka ega gnostik, prognostik, tashkiliy, kommunikativ, refleksiv funksiyalarning qayta aloqasi paritentligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0345 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirishning diagnostik instrumentariyasini baholash motivatsiyasi, baholi fikrlash, baholash usullarini o‘zlashtirish, hamkorlikda baholash, baholi refleksiya ko‘rsatkichlarining adaptiv, reproduktiv, pragmatik, integrativ darajalarga mutanosib korrelyasiyasini gorizontal va vertikal yo‘nalish bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlash asosida hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponentini avtoritar nazoratning sogʻlikka va ruhiyatga zarar etkazuvchi jihatlarini korreksiyalashga qaratilgan kooperativ baholashning didaktik va diagnostik imkoniyatlarini tadrijiy kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0345 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasining diagnostik komponentini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish texnolgoiyasini baholashning ichki va tashqi shakllarining kombinatsiyasini amalga oshirish imkonini beradigan o‘z-o‘zi va o‘zaro bir-birini, shakllantiruvchi, mezonli, autentik, portfolioli baholashning adaptiv variantlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0345 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirishning diagnostik-pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.