Xolbutaeva Muqaddas Mamatmuratovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Phlomoides anisochila (Pazij et Vved.) Salmaki va Phlomoides sogdiana (Pazij et Vved.) Salmakining morfobiologik xususiyatlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V812.
Ilmiy rahbar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; G‘ulomov Rustamjon Komiljon o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Phlomoides Moench turkumiga mansub Ph. anisochila va Ph. sogdiana ning morfobiologik xususiyatlari va kimyoviy tarkibini aniqlash hamda muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laboratoriya va dala sharoitida Ph. anisochila, Ph. sogdiana urug‘larining unuvchanligiga haroratning, ekish chuqurligining ta’siri hamda urug‘larining mahsuldorlik koeffisienti aniqlangan;
Ph. anisochila, Ph. sogdiana ontogenezining boshlang‘ich davr va bosqichlari, fenologik xususiyatlari, sutkalik hamda mavsumiy gullash dinamikasi ochib berilgan;
Ph. anisochila va Ph. sogdiana barglari tarkibidagi aminokislotalar va vitaminlarning turlari hamda oqsil, askorbin kislota va nikotin kislotalarning miqdoriy nisbatlari aniqlangan;
Phlomoides Moench turkumiga mansub kamyob va noyob - Phlomoides anisochila (Pazij & Vved.) Salmaki hamda Phlomoides sogdiana (Pazij & Vved.) Salmaki turlarining geografik tarqalishi bo‘yicha GAT xaritalari yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Phlomoides anisochila (Pazij et Vved.) Salmaki va Phlomoides sogdiana (Pazij et Vved.) Salmaki ning morfobiologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Nurota davlat qo‘riqxonasida tabiiy holda tarqalgan noyob va kamyob Phlomoides anisochila hamda endem tur hisoblangan Phlomoides sogdiana ni populyasiyalarining hozirgi holati, o‘simliklarning tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritalari Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va Nurota davlat qo‘riqxonasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 31 oktyabrdagi 03-03/3-6398-son ma’lumotnomasi). Natijada, Phlomoides anisochila va Phlomoides sogdiana populyasiyalar holatini monitoring qilish, tabiiy populyasiyalarini saqlab qolish, kamayib ketishi sabablarini aniqlash va uning oldini olish hamda muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Jizzax viloyati sharoitida Phlomoides anisochila va Phlomoides sogdiana ning morfobiologik xususiyatlari, urug‘lar unuvchanligi, ontogenezining boshlang‘ich davr va bosqichlari, fenologiyasi, sutkalik hamda mavsumiy gullash dinamikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Jizzax viloyati Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 31 oktyabrdagi 03-03/3-6398-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jizzax viloyati Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi sharoitida Phlomoides anisochila va Phlomoides sogdiana ning dastlabki onalik plantatsiyalarini yaratish hamda resurslardan oqilona foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish