G‘aybullaeva Ozoda Obid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inula helenium L. o‘simligi asosida biologik faol qo‘shimchalar olish va tarkibidagi tabiiy birikmalarning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/B1076.
Ilmiy rahbar: Islomov Akmal Xushvaqovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, DSc.03/05.06.2020.K/V.91.03.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Fozil Axmedovich, biologiya fanlari doktori; Isaev Yusup Tojimamatovich, kimyo fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: madaniylashtirilgan Inula helenium L. dorivor o’simligini ildizini tarkibidagi vitaminlar, flavonoidlar miqdorini va o’simlik ildizi moyli ekstaktining biologik faolligini aniqlash hamda ular asosida BFQ ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Inula helenium L. o’simligini xona sharoitida ko’chat qilib, keyin dala sharoitida ko’paytirilgan va hosildorligi yuqori bo’lishi aniqlangan;
madaniylashtirilgan Inula helenium L. o’simligini bir yillik etishtirilgan ildizi tarkibida B9 vitamini va digidrokversitin, rutin flavonoidlari borligi namoyon bo’lgan, 2, 3 va 4 yillik etishtirilgan ildiz tarkibida C, B1 , B2, B6, B9 vitaminlar hamda, digidrokversitin, lyutionin, rutin, kversitin, salidrozid kabi flavonoidlar mavjudligi aniqlangan;
ilk bor madaniylashtirilgan Inula helenium L. o’simligining 4 yillik ko’chati ildizining tarkibida suvda eruvchi vitaminlar miqdori C (0,249851 mg), B1 (0,031896 mg), B2 (0,950895mg), B6 (0,621359 mg), B9 (1,868852 mg) hamda digidrokversitin (3,25 mg), lyutionin (0,28 mg), rutin (7,28 mg), kversitin (0,15 mg), salidrozid (2,43 mg) flavonoidlarning miqdori aniqlangan;
ilk bor madaniylashtirilgan Inula helenium L. o’simligining ildizi tarkibidagi 56 ta, jumladan alyuminiy (0.8455 mg/kg ), kremniy (1.153 mg/kg ), temir (0.1373 mg/kg), kalsiy (0,5835 mg/kg ), kaliy (1.549 mg/kg), oltingugurt (0.2042 mg/kg) va x.z. elementlar miqdorida borligi aniqlangan, Og‘ir metallardan Pb, Cd, Hg va As ni Sanpin tomonidan ruxsat etilgan miqdordan ko’p emasligi va keltirilgan me’yorlarga mos kelishi isbotlangan;
madaniylashtirilgan Inula helenium L.(Qora andiz) bilan Glycyrrhiza glabra L (shirinmiya) o’simliklarini ildizlarini 2:1 nisbatdagi yig‘masi (BIOINULA TEA) va Inula helenium L. ildizining moyli ekstrakti (INULA OIL) va uning 0,5 grammli yumshoq jelatinali kapsulalari (INULA KAPSULA) shaklida biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqilgan hamda ularni V zaharsiz birikmalar sinfiga kirishi, immunotrop ta’siri va yallig‘lanishga qarshi biologik faolligi aniqlangan;
ilk bor madaniylashtirilgan Inula helenium L. o’simligini ildizini kukuni va ekstrakti in vitro sharoitida 5 xil konsentratsiyada (100, 250, 500, 750, 1000 mg/ml) antioksidantlik faolligi o’simlik ildizining kukunida 36.94 % ni va ekstraktda 35.41 % tashkil etishi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniylashtirilgan Inula helenium L. o’simligi ildizi asosida olingan yangi tarkibli immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi BFQ lar olish hamda ularni qo’llanilishi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Inula helenium L. madaniylashtirilgan o’simligi ildizini kungaboqar moyidagi ekstrakti” (INULA OIL) uchun tashkilot standarti O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 03535693-50:2023). Natijada, “immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi” proflaktika uchun qo’llaniladigan BFQ lar olish imkonini bergan;
madaniylashtirilgan Inula helenium L o’simligi ildizi asosida tayyorlangan “BIOINULA TEA” va “INULA OIL” hamda “INULA KAPSULA” tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo’shilmalari sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklatura bo’yicha 2106909808 xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqildi hamda davlat bojxona qo’mitasi amaliyotiga joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo’mitasining 2025 yil 1 fevraldagi 17/05-25-0145-son ma’lumotnomasi, O’zbekiston Respublikasi O’zbekekspertiza Aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 28 noyabrdagi 17-3808-son xulosasi). Natijada, Inula helenium L. madaniylashtirilgan o’simligi ildizi asosida tayyorlangan biologik faol oziq-ovqat qo’shilmalarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash imkonini bergan.